Mavzu: Tarix darslarida tafakkur, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish va uning ahamiyati


II BOB.  1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni xosil


Download 384.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi384.39 Kb.
#196286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarix darslarida tafakkur malaka va konikmalarni hosil qilish va uning ahamiyati.

II BOB.  1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni xosil           

qilishda pedagogik tehnologiyalarning ahamiyati. 

            Bugungi  o‘qishga  qiziqishlari  borasida  turlicha  yondoshishlarning  bir  xil 

emasliklari  yaqqol  kunda  mamlakatimizning  bozor  iqtisodiga  o‘tish  munosabati 

bilan o‘quvchilarni ko‘zga tashlanmoqda. YOshlarning o‘rab turgan ijtimoiy muhit 

o‘quvchilar dunyoqarashida o‘z tamg‘alari bilan iz qoldirmoqda. Bunday sharoitda 

tarix  o‘qituvchisining  vazifasi  sinfda  mavjud  bo‘lgan  barcha  o‘quvchilar  diqqat 

e’tiborlarini  ularga  nisbatan  differensiatsiya  usulini  qo‘llab,  bir  vaqtda  ularning 

hammalari  uchun  maqbul  bo‘lgan  tarixiy  materialni  bayon  qilish  bilan,  ikkinchi 

tomondan har bir o‘quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual 

yondoshishga harakat qilmog‘i kerak.  

     Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarix darsining zamonaviy talabi mustaqil 

O‘zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan  mafko‘raviy ishlar 

vazifalariga  mos  kelishi,  tarix  o‘rganishning  turmush  bilan  aloqasini 

bog‘langanligida,  O‘zbekiston kelajagi  buyuk  davlat bo‘lishini  nazariy  va  amaliy 

ishlar bilan bog‘lab olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i kerak. 

  Inson  bilimi  cheksiz  bo‘lmaganidek  tarix  o‘qitish  uslubiyati,  ayniqsa  tarix 

darslari  turlari  ham  jamiyat  taraqqiyoti  va  ilmiy-texnikaviy  inqilob  jarayonida 



 

18 


yangidan  yangi  tur  variantlar  bilan  boyib  borishi  zarurligini,  umuman  ta’lim 

nazariyasi va uslubiyati bir joyda tepsinib turmasdan dialektik harakatda bo‘lishini 

unutmaslik  kerak.  Zamonaviy  tarix  darslarining  turlari  -seminar  darsi,  muammoli 

darslar,  ekskursiya  darslari.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov 

asarlarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  maxsus  darslar,  kollokvium  va  teledarslar 

didaktikaga faol kirib kelayotganligini va dars samaradorligini oshirish bilan birga 

o‘quvchilar  bilim  doiralarini  beqiyos  rivojlantirib  borishda  munosib  hissa 

qo‘shayotganligini ham  tabiiy  bir hol deb  qarash kerak.  SHuni  alohida qayd  etib 

o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tarix darsiga bo‘lgan umumiy pedagogik 

va didaktik talablar asosida zamonaviy dars varianti ekprimental tajribalar asosida 

ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki praktik o‘qituvchining 

ilmiy  izlanish  ob’ekti  bo‘lmagan.  Endilikda,  Respublikamiz  tarixchi-metodik 

olimlari  vazifalari  mavjud  pedagogik  merosdan  tarixning  bugungi  davri  talabi 

asosidan  ilmiy-uslubiy  va  didaktik  yo‘llarini  yuqori  saviyada  ishlab  chiqishdan 

iboratdir. 

    Ilmiy-uslubiy  va  didaktik  jihatdan  to‘g‘ri  tashkil  etilgan  tarix  ta’lim  dars 

jarayonida  samara  beradigan  turli-tuman  shakl  va  usullardan  operativ  ravishda 

foydalanishni  taqozo  etadi.  Tarix  o‘qitish  deganda  faqatgina  o‘quvchini  voqealar 

to‘g‘risidagi hikoyani tinglash - u, kelgusi darsda uni o‘quvchilardan so‘rashgina 

emas,  balki,  tarix  o‘qitish  jarayonida  biz  o‘quvchilarimizni  fikrlash  va  tarixiy 

voqealarni  tahlil  etish  o‘rganilayotgan  tarixiy  material  asosida  xulosalar  chiqarish 

va  ularni  umumlashtirish,  aniq  tarixiy  pozitsiyada  turib  tafakkur  etish, 

o‘rganilayotgan  hamma  mavzular  va  kursning  etakchi  g‘oyalarini  ongli  ravishda 

mustahkam  o‘zlashtirib    olish,  ularni  tarixiy  hujjatlar  va  ayniqsa  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  asarlari,  nutqlari  matni    ustida  mustaqil 

ishlab rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar to‘zishga, ularni 

tahlil  etishga,  qisqacha  ma’ruzalar  tayyorlashga,  tarixiy  xaritalar  bilan  ishlash  va 

to‘g‘ri tarixiy mo‘ljal olishga qunt bilan o‘rgatish jarayoniga aytiladi. Zamonaviy 

tarix darsiga bo‘lgan talab nima bilan belgilanadi? 



 

19 


    Birinchidan:  Prezident  I.  Karimovning  O‘zbekiston  Respublikasi  XV 

sessiyasida  so‘zlagan  nutqida  «Bizning  asosiy  boyligimiz,  rivojlangan  davlat 

to‘zishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz insondir». YUksak malakali 

va  yuksak  ma’naviyatli  insondir.  SHuningdek  «yangi  demokratik  ta’lim 

konsepsiyasini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  lozim  bo‘ladi.  Bunda  o‘zbek 

xalqining  va  respublika  hududida  yashovchi  boshqa  xalqlarni  milliy,  tarixiy  va 

madaniy  an’analari,  ma’naviy  tajribasi  ta’lim  va  tarbiya  tizimimizga  uzviy 

ravishda  kiritilishi  zarur»  degan  konsepsiyalari  pedagoglarimizni  tarix  ta’limni 

davr  talabi  darajasiga  ko‘tarish  yo‘lidagi  muhim  vazifalari  bo‘lmog‘i  kerak.

4

    



Ikkinchidan:  Tarix  ta’limi  davomida  o‘quvchi  yoshlarni  tarixiy  bilim  va 

ko‘nikmalar  bilan  qurollantirib,  ularni  o‘tmishda  va  bugungi  kunimizda  sodir 

bo‘layotgan  ijtimoiy  hodisalarni  to‘g‘ri  baholash  va  xulosalar  chiqarish,  «har  bir 

insonning  ayniqsa  endigina  hayotga  qadam  qo‘yib  kelayotgan  yoshlarni  ongiga 

shunday  fikrni  singdirish  kerakki,  ular  o‘rtacha  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish 

o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g‘ayrat-shijoatiga, 

to‘la-to‘kis  fidokorligiga  va  cheksiz  mehnatsevarligiga  bog‘liq  ekanligini  anglab 

etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnoq topishining asosiy 

shartidir»- degan qatiy xulosaga olib kelsin.  

    Uchinchidan:  Prezident  Islom  Karimovning  O‘zbekiston  Oliy  Majlisining 

1995  yil  30  avgustda  qayd  etib  o‘tilganidek,  «Odamlarimiz,  jamiyatimiz 

mafko‘rasida  Vatan,  yurt  g‘oyasi  ustida  bo‘lmog‘i  kerak».  YA’ni,  «Vatan 

ko‘nglimizda  bo‘lsa,  Alloh  ishimizga  hamisha  madadkor  bo‘lg‘ay»  (I. 

Karimovning chaqirig‘i O‘zb. Res. Oliy Kengashi 12 sessiyasida 1993 yil 6 mayda 

so‘zlagan  nutqidan).  Bundan  muqaddas  g‘oyani  yoshlar  ongiga  aniq  tarixiy 

voqe’liklar  asosida  singdirib  borish  har  bir  tarix  darsi  va  uning  o‘qitadigan 

o‘qituvchining muqaddas va bir vaqtda sharafli burchdir. 

     To‘rtinchidan:  Tarix  o‘qituvchisi  o‘zining  pedagogik  faoliyatida  ilmiy 

bilimlarni  tez  suratlarda  o‘sib  borayotganligini  albatta  hisobga  olmog‘i  kerak. 

Ilmiy texnika inqilobi davrida o‘quvchi yoshlar ham o‘z bilimlarini mustaqil holda 

                                                 

4

 I. A. Karimov. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent. O‘zbekiston; 1992 yil, 23 - bet. 




 

20 


uzluksiz  takomillashtirib  borishlari,  ilmiy  va  siyosiy  axborotlar  oqimida    to‘g‘ri 

xulosa chiqarishga erishmoqlari lozim.

5

 

    Hozirgi  vaqtda  o‘quvchi  yoshlarning  akseleratsiyasi,  ya’ni  bolalar 



rivojlanishining  tez  suratlar  bilan  borishi,  bu  jarayon  ularning  ham  aqliy,  ham 

jismoniy  jihatdan  rivojlanishlarida  yaqqol  namoyon  bo‘layotganligini  alohida 

ta’kidlash  lozim.  Mustaqil  yurt  talablari  yoshligidanoq  radio,  televidenie, 

ro‘znoma, oynoma va turli kitoblar, informatsiya kanallari orqali ko‘p zamonaviy 

ilmiy-texnikaviy  yangiliklardan  boxabar  bo‘lmoqdalar.  Bularning  hammasi 

o‘quvchi  yoshlarning  dunyoqarashlari  qo‘lamini  kengayishiga  olib  kelmoqda. 

O‘quvchi o‘z uyida televidenie orqali, yoki kino-teatrda tarixiy mavzusidagi asarni 

tomosha qilib, uning mazmuni bilan chuqur tanishishga muvaffaq bo‘lgani holda, 

o‘qituvchi dars jarayonida faqatgina darslik material bilangina chegaralanayotgan 

bo‘lsa,  u  holda  o‘quvchida  mazkur  dars  uchun  hech  qanday  qiziqish  paydo 

bo‘lmaydi. Ana shunday inqirozli sharoitdan chiqib ketish uchun o‘qituvchi tarixiy 

ta’limida  emotsional  mahoratini  oshirib  borib,  o‘quvchilarni  mavzuning 

mazmuniga  bo‘lgan  qiziqishlarini  oshirib  borib,  uning  har  tomonlama 

mustahkamlanishiga erishmog‘i kerak. 

     Tarix  darslari o‘quvchi  yoshlarda  shunday  qat’iy  tushunchani  mustahkam 

shakllantirmog‘i kerak, Prezidentimiz  I. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Kengashi  XV  sessiyasida  alohida  qayd  etib  o‘tganidek  «Kelajak  o‘z-o‘zidan 

kelmaydi.  U  bugungi  mashaqqatli  mehnat  bilan  yaratiladi.  Bugun  yaratgan 

narsamiz  kelajakka  ham  o‘tadi.  Agar  bugun  shoshilib  nimanidir  unutsak,  kelajak 

avlodlar  o‘sha  narsadan  mahrum  bo‘ladilar.  Jamiyat  madaniyatimiz,  ma’naviy-

axloqiy  qadriyatlarsiz  yashay  olmaydi.  ularni  pisand  qilmagan  jamiyat  piravardi- 

oqibat tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo‘g‘rilgan bo‘lmog‘i kerak.  

 Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o‘qituvchi tarix fanining 

rivojlanib borishini sistemali ravishda kuzatib bormog‘i kerak. Ayniqsa yuqori sinf 

o‘quvchilarini  tarixdan  chop  etilayotgan  yangi  asarlar  mazmuni  bilan  tanishtirib 

                                                 

5

 I. A. Karimov. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent. O‘zbekiston; 1992 yil, 23 - bet. 



 


 

21 


borishlari  o‘quvchi  yoshlarda  tarix  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  yanada 

o‘sishga olib keladi.  

           Umuman  tarix  darslarida  ta’limning  texnika  vositalaridan  foydalanish 

darsning samorodorligini oshiradi. Texnika vositalari o‘qitish va o‘rganish sifatini 

ko‘tarishga  o‘quvchilarning  o‘quv  materialini  qiziqib  o‘rganishga  va  puxta 

o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. 

          Ekran  ko‘rsatmaliligining  o‘qituvchi  uchun  eng  qo‘laylisi  bu-diafilm  va 

dipozitivlardir. Tarixiy vaqealarni qamrab olish, syujetlarning har xilligi bo‘yicha, 

tasviriy materiallarga boyligi bilan boshqalaridan ustun turadi. 

          

Diapozitivlarni  ko‘rsatish  izchilligini  o‘qituvchining  o‘zi  aniqlab 

beradi. Kadrlarga tayanib o‘qituvchi hikoya qilish, tushuntirish va suhbat utkazish 

mumkin.  Agar  texnik  imkoniyatlar  bo‘lsa  ekranda  ikkita  kadrni  ko‘rsatish 

mumkin.  Bunda  masalan  taqqoslash  uchun,  o‘zgarishlarni  aniqlash  uchun  kerak 

bo‘ladi,  aytaylik  shaharlarning  kurinishida,  mehnat  kurslaridagi  har  xil  tarixiy 

davrlardagi o‘zgarishlar va hokozolarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. 

      

Maktab  amaliyotida  kodoskoplar  foydalaniladi.  U  ekranda  yoki  sinf 



doskasida  matnlarni,  sxematik  rasm,  chizilma,  diagramma  va  h-ni  ko‘rsatishda 

qo‘llaniladi.  Shuningdek,  kodoskop  bilan  ishlashda  xonani  qarong‘ilotmoq  talab 

qilinmaydi.  Bu  o‘quvchilarning  materialni  nafaqat  ko‘rishlarini  balki  matnlardan 

kerakli  joylarini daftarlariga  yozib olishlariga  ham  imkon  beradi.  O‘qituvchi ham 

o‘quvchilar bilan kontaktni yo‘qotmaydi. 

   


Teleeshitirishlar,  kinofilmlar  qisqa  vaqt  ichida  keng  ma’lumot  bera  oladi. 

Ular  orqali  tarixiy  voqealar  qatnashchilarining  (aktyorlar  ijrosida)  jonli  ovozini 

eshita  oladi.  Telekursatuvlar  filmlarga  nisbatan  (aktual)  dolzarblikga  ega.  Ular 

orqali  ayniqsa  o‘quvchilar  yaqin  vaqtlardagi  voqealar  bilan  tanishib  boradi. 

Bularga nisbatan filmlarni ishlashning o‘ziga ancha vaqt ketadi. 

      


Kinofilmni  o‘quvchilarga  ko‘rsatishdan  oldin,  o‘qituvchining  o‘zi  uni 

sinchiklab  ko’rib  chiqishi  va  o‘rganishi  lozim.  Tarix  o‘qitish  tajribasida  o‘quv 

filmlaridan foydalanishning bir qancha usullari bor: 



 

22 


    

a) o‘qituvchi o‘z bayonini o‘quv filmining eng muhim va yorqin sahifalarini 

ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boradi; 

      


b) 10-14 minutda qisqa o‘quv filmlariga bag‘ishlab dars o‘tkaziladi; 

  

v) massus kino darslari tashkil etiladi. 



    

O‘qituvchi  darsda  kinoparcha  yoki  teleko‘rsatuvni  kirgazganda,  ularning 

bilim berish jarayonidagi funksiyasini aniq bilish kerak bo‘ladi. 

  

Murakkab va ma’suliyatlisi, bu kinofilm, teleko‘rsatuvlarni mavzu bo‘yicha 



asosiy bilim manbai sifatida qabul qilish ya’ni amalda buni tele ya’ni kinodars deb 

atashadi. Bunga o‘qituvchi ham o‘quvchilar ham e’tiborsiz qaramasligi kerak va u 

katta  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Dars  oldidan  o‘quvchilarni  ekrandan  qanday 

ma’lumot  olishlari  kerakligini  aytib,  tushuntirilib,  tayyorlanish  ham  yaxshi  usul. 

Unda film (ko’rsatuv) ko‘rish paytida bajarishlari lozim bo’lgan topshiriqlar berish 

mumkin.  Bunga  film  bo‘yicha savollar,  reja  tuzish (ular doskaga  yozib qo‘yiladi) 

kiradi.  O‘quvchilar  javob  izlashi  kerak.  Ko’rish  paytida  bunday  topshiriqlar 

ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilariga beriladi. 

   

Shuningdek,  teleekran  tarix  o‘qitishda  ko‘rsatmalilikning  samaradorligini 



yanada  oshiradi.  Tarix  o‘qitish  tajribasi  teledars  g‘oyaviy-tarbiyaviy  va  didaktik 

jihatdan  boshqa  ko’rsatmali  vositalardan  ko‘ra  ancha  qulay  va  afzal  ekanligini 

isbotladi. 

Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlab qolishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar 

tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy  qismini tashkil etadi.O’qitish usuli deganda 

ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga erishishga qaratilgan 

birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har 

ikkala  faoliyatning  ya’ni  o’qituvchi  tomonidan  o’quvchilarni  bilim,  ko’nikma  va 

malakalar  bilan  qurollantirish,  g’oyaviy  axloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  ularda  ilmiy 

dunyoqarashning  shakllantirish  hamda  o’quvchilar  tomonidan  o’sha  nazarda  tutilgan 

ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni 

o’z  ichiga oladi.

6

 

                                                 



6

 T.Toshpo’latov, Y.G’afforov – Tarix o’qitish metodikasi Toshkent 2002 30-48-bet 




 

23 


Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham 

katta. Avvalo, ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib 

xizmat  qiladi.  Ko’rsatmali  tasvirlar  tarixiy  fakt  va  hodisalarning  tashqi 

ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.Ko’rsatmali 

qurollar  o’quvchilarning  murakkab  tarixiy  hodisalarini,  tarixiy  tushunchalarning 

ma‘nosini   osonroq   tushunib olishlariga yordam beradi. Ko’rsatmali qurollar tarixiy 

tushunchalarni  shakllantirishga,  ularning  nazariy  xulosalar  va  umumlashgan 

yakunlarni,  ijtimoiy  rivojlanishning  ob’yektiv  qonuniyatlarini  o’zaro  aloqalarni 

yaxshiroq  tushunib  olishlariga  yordam  beradi,  shuningdek  o’quvchilarni  estetik 

jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi   bo’lib   ham xizmat qiladi. 

     Tarixni bilish jarayoni tarixiy faktlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi.Tarixiy 

faktlarni  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  ular  hech  qachon  aynan 

takrorlanmaydi.  SHu  bilan  birga  o‘quvchilar  tomonidan  alohida  tarixiy  faktlarni 

bilib  olish-tarixni  o‘zlashtirdi  degan  tushunchani  ifoda  etmaydi.  Faktlar  orasida 

mantiqiy  aloqadorlik  bo‘lmasa,  u  holda  faktlarning  oddiy    majmuasi  bilimlarni 

formallashtiradi  va  tarixiy  materiallarni  ongli  ravishda  o‘zlashtirilishiga  halaqit 

beradi.  SHunday  qilib  tarixni  o‘rganish  jarayonida  faktlar  shunchaki 

o‘rganilmasdan,  balki  ular  orasidagi  zarur  aloqalarni  taqqoslash,  aniqlash  va 

ma’lum darajada sistemalashtirib o‘zlashtirishni ta’min etmog‘i kerak. 

   Tarixiy  faktlar  ikki  xil  xarakterda  bo‘lishi  mumkin.  Birinchidan,  ayrim 

tarixiy  faktlar  yagona  voqeani  aks  ettirib,  tarixda  faqat  ma’lum  sharoitda  bir 

marotaba,  ma’lum  davrdagi  shaxslarning  ishtirokida, qat’iy  chegaralangan  makon 

va zamonda sodir bo‘ladi. 

     Ikkinchidan  tarixiy  faktlar  o‘zlarida  ma’lum  tarixiy  davr  yoki  zamon 

xususiyatlarini aks ettiradi. 

    2.  Tarixiy  bilimlarni  izlashtirib  borish  jarayonida  o‘quvchilar  tafakkuri 

konkretlikdan  umumlashtirilgan  jarayonga,  yana  qaytadan  umumlashtirilgan 

birmuncha  yuqori  darajadagi  bilim  asoslariga  tayangan  holda  konkretlikka  qarab 

harakat  qiladi.  SHuning  asosida  o‘quvchiga  ilgaridan  ma’lum  bo‘lgan  faktlar  va 

ularga  yondoshish,  shuningdek,  tarix  ilmi  taraqqiyoti  munosabati  bilan  kashf 




 

24 


etilgan  yangi  faktlar,  ashyoviy  dalillarga  yondoshish  munosabatlari  yangicha 

tafakkur  etiladi,  asta-sekin  takomillashib  boradi.  Bu  jarayon  o‘zbek  xalqining  o‘z 

istiqloliga erishgan bugungi kunida, ayniqsa, katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat 

kasb etadi.  

    Tarix 

ta’limida  konkretlikdan  umumiylikka  o‘tish  va  aksincha 

umumiylikdan  konkretlikka  o‘tish  oddiy  aylanishgina  bo‘lib  qolmasdan,  balki 

o‘quvchilarni  tarixiy  bilimlarni  hamda  aqliy  kamolotlarini  oddiydan  murakkabga 

qarab muttasil rivojlanib borish jarayonidir. 

         O‘quvchilarda  tarixiy  bilimlarni  shakllantirishda  o‘quvchilarning  o‘quv 

faoliyatlariga  o‘qituvchi  tomonidan  mohirlik  bilan  rahbarlik  qilish  alohida 

ahamiyat kasb etadi. 

    

Tarix  o‘rganish  samaradorligini  oshirish  asosan  o‘quv  jarayoniga  to‘g‘ri 



rahbarlik  qilishdan  iborat  bo‘lib,  bu  jarayon  asosan quyidagi  holatlarni  o‘z  ichiga 

oladi: 


1.O‘quvchilarni  bilish  faoliyatlarini  tarixiy  bilim  manbalari  bilan  ta’minlash. 

O‘quvchilarga tarixiy bilim manbalarining asosiy poydevori va muhim tomonlarini 

ilmiy asosda shakllantirish birinchi galda tarix o‘qituvchisining o‘zini ana shunday 

bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan egallashlarini, shuningdek, ana shu bilimlarni 

o‘quvchilar  ongiga  etkaza  bilishning  optimal  uslublari  bilan  qo‘rollangan 

bo‘lmog‘i kerak. 

  2.O‘quvchilarni  o‘rganiladigan  tarixiy  materialga  nisbatan  ruhiy  holatlarini 

yo‘naltira  bilish,  ularda  tarixiy  bilimlarga  bo‘lgan  qiziqishlarni  faol  uyg‘otib 

borish,  dars  jarayonida  o‘quvchilarni  mustahkam,  barqaror  diqqat-e’tiborlarini 

tashkil  eta  bilish,  nihoyat  ularda  mustaqil  tafakkur  etish  ko‘nikmalarini 

shakllantirish  kasb-hunar  bilim  yurti  o‘quvchisining  pedagogik  faoliyatida  asosiy 

o‘rinni  egallamog‘i  kerak.  Tarix  o‘rganish  jarayonidagi  bu  vazifalar 

o‘rganilayotgan  mavzuga  turli  vositalar  yordamida  yondoshishni  taqozo  etadi. 

Darslik  matndan  tashqari  mavzuga  oid  materiallarni  tanlash,  kurslararo  va 

predmetlararo  aloqa  bog‘lash,  badiiy  adabiyot  va  davriy  matbuot  asarlaridan 



 

25 


maqsadga  muvofiq  foydalanish  o‘quvchilarning  mavzu  yuzasidan  mustaqil 

ishlarini faol tashkil etib borish shular jumlasidandir.  

  3.  Dars  jarayonida  o‘quvchilar  tomonidan  tarixiy  bilimlarni  o‘zlashtirishga, 

idrok  etishga  o‘qituvchining  bevosita  va  sistemali  rahbarlik  qilishi  mazkur 

muammoni  ijobiy  hal  etishning  asosiy  shartlaridan  hisoblanadi.  Mazkur  o‘rinda 

o‘qituvchidan  o‘quvchilarni  dars  jarayonida  o‘rganilayotgan  mavzudagi  asosiy 

(yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bilim) masalani, ya’ni bilishlari shart bo‘lgan tarixiy 

masalani  alohida  qayd  etishi,  darslikda  bo‘lsa  turilicha  yozuvlarda  bayon  etilgan 

materialni, og‘zaki bayon etilgan bo‘lsa intonatsiyani, mavzuni bayon etish rejasini 

to‘zishni,  xaritada  u  yoki  bu  yo‘nalishlarini  aniq  ko‘rsatib  berishni  taqazo  etadi. 

Eng asosiysi o‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchilarning darslik matni ustida ishlashi 

bo‘lmasin, tarixiy hujjatlar, davriy matbuot, va badiiy adabiyot asarlarini mustaqil 

tahlil etishni mustaqil faollashtirmog‘i lozim.  

  4.  O‘qituvchi  o‘quvchilarni  tarixiy  materialni  bilish  jarayonini  hamma 

bosqichlaridagi  tafakkurlariga  mohirlik  bilan  rahbarlik  qilib  bormog‘i  lozim.  Bu 

rahbarlik birinchi galda yangi materialni bayon etishda, uni mustahkamlashda, uy 

vazifasini  bajarish  va  umumiy  takrorlash  darslarida  o‘qituvchining  diqqat 

markazida  bo‘lmog‘i  kerak.  Ayniqsa,  o‘quvchilarning  bilish  tafakkurlarini  idora 

etish  va  boshqarish  ular  tomonidan  nazariy  masalalarni  o‘zlashtirishda  katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  o‘rinda  kuzatilgan  maqsad  o‘quvchilar  tarixiy 

faktlardan olgan bilimlari majmuasidan aniq nazariy xulosa chiqarishga erishsinlar, 

tarixiy  faktlarning  nazariy  ifodasini  mustaqil  sharhlash  imkoniyatiga  ega 

bo‘lsinlar.  

  5.  O‘quvchilar  bilimini  mustahkamlash  uchun  ularni  darsda  va  uy 

vazifalarini  bajarishdagi  faoliyatlariga  rahbarlik  qilishni  tashkil  etish  va  ularda 

tarixiy bilimlarni shakllantirishda alohida o‘rinni egallaydi.  

   6.  O‘quvchilarni  o‘quv  faoliyatini  tekshirish  va  ularga  ma’lum 

o‘zgarishlarni kiritib borish va ular olgan bilimlarnigina o‘z ichiga olmasdan, balki 

ularning 

tarixiy 


bilimlarni 

tafakkur 

etish 

qobiliyatlarini, 



shuningdek, 

dunyoqarashga doir tushunchalarini qanchalik o‘zlashtirib borish darajasini, tarixiy 




 

26 


materiallar  bilan  mustaqil  ishlash  qobiliyatlari,  tarixdan  olgan  bilimlarini  o‘qish 

jarayonida  va  ayniqsa,  kundalik  ijtimoiy  hayotlarida  amaliy  jihatdan  operativ 

ravishda  qo‘llashlarini  idrok  etish  va  boshqarishda  o‘z  ifodasini  topmog‘i  lozim. 

Tarix  o‘rganish  jarayonida  tarixiy  bilimlarni  egallab  borishda  tarix  darslarini 

tematik  rejalashtirish,  o‘quv  dasturi  va  qo‘llanmalari,  darsliklarni  rolini  alohida 

qayd etish lozim.  

   Xulosa  qilib  aytish  mumkinkim,  tarixiy  fakt  va  bilimlarni  aniq  va  o‘z 

o‘rnida  zarur  bo‘lgan  formada  va  usullarda  qo‘llay  bilish  nihoyatda  dolzarb 

vazifasidir.  

  O‘zbekistonning  o‘z  istiqloliga  erishganligi,  tarixchi,  tarixchi-metodist 

olimlarimiz  va  tajribali  maktab  o‘qituvchilari  oldida  O‘zbekiston  va  Jahon  tarixi 

fanlaridan  davrimiz  talabi  darajasidagi  darsliklarni  eksperiment  yo‘li  bilan 

tajribasida  sinab  ko‘rgan,  maktab  yoshlarini  ma’naviy  jihatdan  kamolotgi  etishini 

ta’minlaydigan,  ilmiy-uslubiy  va  didaktik  jihatdan  to‘laqonli  darsliklar  yaratishni 

taqazo etmoqd 

 

 




Download 384.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling