Mavzu: Tarix va falsafa mushtarakligi


Download 175.04 Kb.
bet2/5
Sana29.01.2023
Hajmi175.04 Kb.
#1138946
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix va falsafa mushtarakligi.

Falsafa:

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri bo’lib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini “filosof” deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa “filosof” deb atalgan. Keyinchalik “filosof” soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha “philosophia” soʻzi arabchaga “falsafa” boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni “hikma” deb atashi, ruschaga “filosofiya” tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

Ikki fan mushtarakligi yaratgan mustaqil fanlar:

Tarix falsafasi.

Falsafa tarixi.

Tarix falsafasi:

Tarix falsafasi – tarixni falsafiy sharlash va baholash. “Tarix falsafasi” atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.


Download 175.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling