Mavzu: tarixiy jarayonlarni yoritishda va o’lkashunoslikni urganishda arxiv xujjatlarining o’rni reja
Oʻlka tarixini oʻrganishda arxiv xujjatlarining axamiyati
Download 118.26 Kb.
|
TARIXIY JARAYONLARNI YORITISHDA VA O’LKASHUNOSLIKNI URGANISHDA ARXIV XUJJATLARINING
Oʻlka tarixini oʻrganishda arxiv xujjatlarining axamiyati
Oʻlka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv xujjatlaridan foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbik kilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim shaxslarning kup yillik faoliyatlari xaqida ma`lumot va xujjatlar saklanadi. Oʻlka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bo`lgan arxiv xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga ega. Arxiv ishlarini o`rganish maktab va Oliy oʻquv yurtlarida jonajon vatanimiz tarixidan ukilayotgan lektsiya va seminar mash-gulotlarida faktik material bo`lib xizmat kiladi va maktab o`lkashunoslik muzeyini tashkil kilishda yordam beradi. Xozirgi kunda O`zbekiston respublikasida juda kup arxivlar mavjud bulib, ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshkaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshkalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari xaqida joriy arxivlar mavjud. Bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma`lum muddat saklanadi. SHu boisdan bu arxivlarda saklanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda saklanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida saklanadi. Xujjatlarning saklanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan boglikdir5. Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tu-zilishi nizomida tashkil kilingan. Respublika davlat arxivlari tizismiga kuyidagi arxivlar kiradi. 1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning joylardagi organlari. 2. Respublika markaziy davlat arxivlari. Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarkand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg`ona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib kelmokda. Farg`ona viloyat davlat arxivi fondlari, Farg`ona viloyati va Farg`ona shaxar tarixini kisman bir vaktlar Farg`ona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Qoʻqon shaxarlarida Farg`ona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi uchta arxiv kiradi. 1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi. 2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan). 3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan) Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saklanayotgan kimmat baxo xujjatlarning soni va moxiyati jixatidan Oʻrta Osiyo respublikalari MDA ichida eng yirigidir. Unda 19 asrning ikkinchi yarimidan boshlab to xozirgi kunimizgacha bo`lgan juda kup sonli xujjatlar saklanmokda. Arxivda Turkiston general gubernatorligiga qarashli xozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, Kirgiziston, Tojikiston va Kozogiston teretoriyasidagi viloyat-lar uezdlar, volostlar muassasa va korxona xamda xamda tashki-lotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha xujjatlar manashu markaziy arxivda mujassamlashtiladi. Bu xujjatlarda Turkiston-da chor xukmmatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, O`rta Osiyo xalqlarning sotsial iktisodiy axvoli tarixi xaqida ma`lu-motlar uchraydi. Arxivda turkiston ulkasidagi chor xukmatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir xujjatlar tulaligicha saklanib turibdi. Akademik V. V. Bartolvning aytishicha bosib olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv xujjatlarni saklab kolish uchun xech qanday tadbirlar kurilmagan. Ular O`rta Osiyo xalqlarining madaniyat va tarixiy yodgorliklarini saklab kolishga etarli axamiyat bnrmaganlar. XIX asrning boshlaridan oldingi arxiv fondlari saklanayotgan xujjatlar uchun tuzilayotgan kursatkich 8 bulimdan iborat. I bo`lim «Davlat ma`muriy boshqaruv organlari» deb ataladi. U etti bobdan iborat. Birinchi bob — «Turkiston viloyati Boshqaruv organlari» haqidagi hujjatlar (336-fondda). Ikkinchi bob — «O`lka tashkilotlari, ya`ni Turkiston general-gubernatori kantselyariyasi, uning Soveti. Ulug` knyaz’ Nikolay Konstantinovich Romanovning Boshqaruv ishlari, general-gubernatorlikdagi diplomatik — chinovliklar bo`limi, Buxorodagi imperatorning «siyosiy agentligi»ga oid hujjatlar (arxivning 1- fondida). Uchinchi bob — «Xon hokimiyati organlari: Xiva xonligi kantselyariyasi, Buxoro qushbegisining boshqarmasi » hujjatlar i (126-fondda). To`rtinchi bob — Sirdaryo viloyati boshqarmasi. Zarafshon okrugi boshlig`i, Samarqand viloyati boshqarmasi, Farg`ona viloyat harbiy gubernasi kantselyariyasi Boshqarmasi, davlat dumasiga saylov o`tkazish komissiyasi Sirdaryo viloyati bo`limi, qochoqlarni ishga joylash Farg`ona viloyati qo`mitasi kabi hujjatlar (17, 5, 18, 276, 19, 284, 274, 525-fondlar). Beshinchi bob— shahar uezd, rayon va uchastka tashkilotlari deb nomlangan, unda Toshkent shahar boshqarma boshliqlari, Sirdaryo viloyati Qurama uezdi boshqarmasi, Jizzah Samarqand, Andijon, Qo`qon, Namangan, Skobelev, CHimyon va Uchqo`rg`on uezdlarining har xil hujjatlari (36, 360, 24, 21, 22, 20, 25, 300, 329, 23, 15, 349, 296, 172, 299, 320-fondlar). Oltinchi bob — Jandarm-politsiya nazorati organlari» deb nomlangan va unda Turkiston rayonlarini himoya qilish bo`limlari, Ettisuv viloyati posyolkasidagi Vernan qidiruv punkti, Temir yo`l jandarm-politsiya bo`limi, Toshkent eski va yangi shahar politsiya bo`limlari, Andijon va Jizzax politsiya pristavlari haqidagi xujjatlar (461, 467, 677, 468, 462, 463, 464, 465, 620 va 531-fondlar). Ettinchi bob — «Qamoqlar va qamoq qo`mitalari haqida» bo`lib, u materiallar 80, 270, 325, 75- fondlarda saqlanmoqda. II bo`lim «O`z-O`zini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalar» deb nomlangan. Unda Toshkent shahar dumasi, shahar boshqarmasi, shahar umumiy xo`jalik boshqarmasi, Samarqand va YAngi Marg`ilon xo`jalik boshqarmasi va Toshkent meshchanlar oqsoqoli tashkilotlariga doir hujjatlar (Markaziy arxivning 718, 37, 472, 473, 277, 286 va 79- fondlarida) joylashgan. III bo`lim «Sud va prokuror fondlari» deb ataladi. Bu bo`lim o`z navbatida 3 bobdan, ya`ni birinchi bob — oblast’ sudlari, ikkinchi bob — okrug sudlari va uchinchi bob—uezd sudlari, sud ijrochisi, janjallik ishlari komissiyasi, xalq sudlari, qozilar, notariuslar haqidagi xujjatlar (127, 134, 353, 178, .122, 504, 592, 593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150 va 505 fondlar)dan iborat. IV bo`lim «Xo`jalik-iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxonalar» deb nomlanadi va etti bobdan iborat: birinchi bob — moliyaviy bo`lim (87, 88, 89, 108, 13, 497, 475, 281-fondlar); ikkinchi bob — sanoat bo`limi (41, 241, 113 va 100- fondlar), uchinchi bob — qishloq xo`jaligi (7, 356, 104, 29, 16, 163, 614, 14, 42, 9, 78 va 12- fondlar); to`rtinchi bob — savdo-sotiq bo`limi (469, 264, 90,99, 97, 93, 98" va 214-fondlar); beshinchi bob — boj olish bo`limi (471, 121, 46, 187, 306, 185-fondlar); oltinchi bob — transport bo`limi (33, 39, 538, 102, 101 va 560- fondlar) va, nihoyat, ettinchi bob — aloqa va statistika ishlari haqidagi hujjatlar (557, 43, 44, 266, 249, 269-fondlar). V bo`lim «Ilmiy va madaniy muassasa va tashkilotlar» deb nomlangan. O`rta Osiyo ilmiy jamiyati haqida 591-fondda; Toshkent ximiya laboratoriyasi 73-fondda; 1878 yili Toshkentda tashkil qilingan qishloq xo`jaligi va sanoati ko`rgazmasi materiallari (575-fondda); Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyati (103-fondda); Turkiston Harbiy okrugi qoshidagi astronomiya va fizika rasadxonasi xaqidagi ma`lumotlar (70- fondda); Turkiston arxeologiya havaskorlari to`garggi (71-fondda); rus imperator geografik jamiyati Turkiston bo`limi (69-fondda); imperator SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limi (361-fondda); Turkiston entomolog stantsiyasi haqida (231- fondda;; polkovnik Serebrennikovning Turkiston o`lkasi haqida to`plagan hujjatlari (715-fondda); Turkiston o`lkasidagi oliy va o`rta maktablarni boshqaruv haqidagi hujjatlar (47- fondda); Sirdaryo viloyati xalq o`quv yurti direktori haqida (48- fondda); Toshkentdagi 8 yillik erkaklar gimnaziyasi (50- fondda); Toshkentdagi real bilim yurti (64-fondda): Toshkent harbiy gimnaziyasi (51-fondda); Toshkent savdo bilim yurti (56-fondda); Toshkentdagi birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi (52-fondda); Toshkentdagi rus-tuzem maktabi (61-fondda); Toshkentdagi birinchi razryadli quyi qishloq gidrotexnika maktabi (65- fondda); O`rta Osiyo temir yo`l Bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yo`l bilim yurti (254- fondda); Samarqand xotin-qizlar gimnaziyasi (55-fondda); Skobelev xotin-qizlar xalq kutubxonasi (267- fondda) va Turkiston xalq muzeyi haqidagi hujjatlar Markaziy arxivning 72- fondida saqlanmoqda. VI bo`lim «Jamoat tashkilotlari» deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279- fondlarda saqlanmoqda. VII bo`lim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan. Bu haqdagi ma`lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda6. Ko`rsatkichga ilova sifatida VIII bo`limda geografik va shaxsiy ko`rsatkichlar, sharq tillaridagi ayrim so`z va terminlarga izohlar ham berilgan. Download 118.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling