Mavzu: tarixiy jarayonlarni yoritishda va o’lkashunoslikni urganishda arxiv xujjatlarining o’rni reja
O`zbekiston markaziy davlat arxivi
Download 118.26 Kb.
|
TARIXIY JARAYONLARNI YORITISHDA VA O’LKASHUNOSLIKNI URGANISHDA ARXIV XUJJATLARINING
3.O`zbekiston markaziy davlat arxivi
O`zbekiston Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu bebaho hujjatlar XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning boshlarigacha bo`lgan O`rta Osiyo, shu jumladan, o`zbek xalqlari tarixini, ayniqsa jonajon o`lka tarixini o`rganishda katta manba bo`lib xizmat qiladi. Arxiv ishlari, uni tartibga solish va rivojlantirish faqat 20- yillardan keyingina to`liq amalga oshirila boshlandi. Dastlabki kunlardan boshlab arxiv ishlarini tartibga solish va qayta qurish tadbirlari amalga oshirildi. 1918 yil 1 iyunda sobiq Sovet hukumatining «RSFSRda arxiv ishlarini qayta qurish va markazlashtirish to`g`risida» deb chiqargan dekreti asosida Turkiston ASSRda, so`ng O`zbekiston SSRda ham arxiv ishlari qayta ko`rib chiqildi va markazlashtirildi7. 1931 yil 20 mayda O`zbekiston Markaziy Ijroiya Qo`mitasining qaroriga asosan O`zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi tashkil etildi. O`sha paytgacha 20 — 30- yillarga doir hujjatlar O`zbekiston SSR Markaziy arxiv ishlari boshqarmasining xar xil sektsiyalarida saqlanib kelinar edi. Tarix va madaniyat, yuridik va iqtisodiy bo`limlardagi 122 ta fonddagi 188 710 ta (ed. xr.) ish yoki hujjat 1926 yilga qadar arxiv ishlari boshqarmasining 3 sektsiyasida saqlanib keldi. 1924 yili O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o`tkazilishi munosabati bilan Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Sovet Xalq Respublikalari tugatilib, ularning o`rnida O`zbekiston SSR tashkil topgach, soha arxivlaridagi barcha hujjatlar O`zbekiston Markaziy davlat arxiviga topshirildi va arxiv fondlari shu hujjatlar hisobiga boyidi. SHundan so`ng, O`zbekiston SSRning barcha tashkilotlaridagi hujjatlar muntazam ravishda Markaziy arxivga kela boshladi. Ministrlar Sovetining 1958 yil 20 noyabrdagi 750- sonli qaroriga asosan Markaziy Davlat arxivi qayta tuzilib, uning fondlari asosida o`lkani industrlash bo`limi tashkil qilindi. 1959 yilning 1 yanvariga kelib bu bo`limdagi fondlar soni 1527 taga va undagi hujjatlar soni 503 604 taga etdi8. Bu esa O`zbekistonda arxiv ishlarining nihoyatda rivojlanib ketayotganligidan darak beradi. Hozirgi kunda juda ko`p sonli hujjatlar tartibga solingan, chiroyli qilib tematika asosida batartib taxlab qo`yilgan har bir fonddan xech qiynalmay foydalanish mumkin bo`lgan ko`rsatkichlar, har bir mutaxassislik bo`yicha maxsus sistematik kataloglar tuzib chiqilgan. Har bir fondga obzorlar berilgan. Xullas, arxivda saqlanayotgan juda ko`p va turli-tuman sohalarga, tarmoqlarga bo`lingan bu xujjatlardan kerakligini osongina topib foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu bo`limda Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalari va O`zbekiston SSRning tashkil topgan davrdan boshlab to hozirgi kungacha bo`lgan, davlat, jamoat va kooperativ muassasalari, respublika ahamiyatiga molik bo`lgan tashkilotlar: sud va prokuratura organlari, ilmiy-tadqiqot, o`quv-tarbiya, madaniy-maishiy, ma`rifat va maorif, kasaba soyuz va jamoat tashkilotlari hamda ayrim shaxsiy fondlar ham mavjud. Bu hujjatlar 1917 yil fevral’ oyidan to hozirgi kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Markaziy arxiv fondlaridan joy olgan bu hujjatlar faqat o`zbek xalqining tarixinigina emas, balki turkman, tojik, qirg`iz, qozoq va boshqa qardosh xalqlar tarixini ham chuqur va har tomonlama o`rganishda katta ahamiyatga egadir. O`zbekiston Markaziy davlat arxivi fondlarida ham tadqiqotchilarning qo`li tegmagan Turkiston xalqlarining 1918—1920 yillarda olib borgan milliy ozodlik va erk uchun kurashlari. Turkiston Sho`rolar hukumatining Turkiston muxtoriyatini tan olmaganligi, uni ag`darib tashlagani va yo`q qilganligi, milliy mustaqillik uchun kurash olib borgan Qo`qon, Andijon, Marg`ilon, Namangan kabi shaharlar aholisining sho`rolar tomonidan shafqatsizlik bilan qirib yuborilganligi, milliy siyosatni amalga oshirishda sho`rolar hukumatining yo`l qo`ygan xatolari natijasida birgina Farg`ona vodiysida 180 dan ortiq shaharlarning shafqatsizlik bilan yo`q qilib yuborilganligi haqida juda qimmatbaho hujjatlar mavjud9. O`zbekiston Markaziy arxivi CHilonzor ko`chasidagi to`rt qavatli hashamatli binoda joylashgan. Bu bino arxiv saqlashga moslab qurilgan o`ning arxiv hujjatlari saqlanayotgan xonalaridan tortib, to o`quv zaligacha hozirgi zamon talabiga javob beradigan qilib jihozlangan. U erda arxiv ishini yaxshi biladigan malakali kadrlar ishlashadi, qanday material so`rasangiz aytgan vaqtingizda muhayyo qilishadi. Uning o`quv zali bilimga tashna bo`lgan odamlar bilan har doim to`la. Arxiv hujjatlari asosida juda ko`p ilmiy ishlar qilindi. Hozirgi kunga qadar shu materiallar asosida 200 dan ortiq dissertatsiya yoqlandi10. O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarmx va arxeologiya instituti ilmiy xodimlari to`rt jildli «O`zbekiston SSR xalqlari tarixi»ni arxiv hujjatlari asosida yaratdilar. «O`zbekiston xalqlari tarixi» ning uch jildligini yaratishda ham arxiv hujjatlaridan keng foydalanadilar. Nashrdan chiqqan ko`pgina yirik ilmiy ishlar shu arxiv hujjatlaridan foydalangan holda maydonga keldi. O`tgan davrda o`zbek xalqi erishgan yutuq va kamchiliklar haqida ma`lumotlar olishda arxiv materiallaridan juda ko`p foydalanildi va yirik ilmiy ishlar qilindi11. Arxiv hujjatlaridan foydalanish va o`rganishga bo`lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Hozirgi kunlarda pedagogika institutlarining tarix fakul’tetlariga «O`lkashunoslik» kursining kiritilishi talabalarning arxiv hujjatlarini o`rganishga bo`lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Ko`pgina talabalar o`zlarining kurs ishlari va diplom ishlarini mana shu arxiv materiallari asosida yozmoqdalar. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida «Ko`rsatkich» (Putevoditel’)lar nashr qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning ma`no va mazmunini ochib beradi, hujjatlarni o`rganuvchilarga qulaylik tug`diradi. Ko`rsatkich 8 bo`limdan iborat bo`lib, ular tarmoqlar va sohalarga moslashtirilgan. Har bir bo`lim va boblarda voqealar tartib bilan tavsiflangan va xronologiyaga asoslangan. Ko`rsatkichda ayrim fondlarning ilmiy jihatdan muhimligigni aks ettiruvchi individual xarakteristikalar ham berilgan. Har bir individual xarakteristika to`rt qismdan, ya`ni fondning nomi, fond haqidagi spravka-ma`lumotlar, fondning tashkil qilingan vaqti va materiallarning sahifalari, fond materiali haqida annotatsiya qismlardan iborat. Ma`lumotnomadan fondning raqami, fondi saqlanayotgan ishning hdjmi, hujjat yozilgan yil, ilmiy-axborot apparatlarining hammasi ko`rsatkichga kiritilgan. Annotatsiyalar fond materiallarining asl mohiyatini, qisqacha mazmunini, faolligini ochib beradi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining «Turkiston ASSRning tashkil topishi» degan bo`limidagi fondlarni, shu davr uchun nashr qilingan Ko`rsatkich bo`yicha ko`rib va tanishib chiqamiz. Ko`rsatkichning birinchi bo`limi «Turkiston hududida Muvaqqat hukumatning tuzilishi va ishchi-soldat deputatlari Soveti (oktyabrgacha») deb nomlangan. Bunda Vaqtli hukumatning Turkiston Qo`mitasi xdqidagi hujjat (1760-fondda) va Turkiston o`lka soldat va ishchi depuuatlari Soveti (1-chaqirig`i) haqidagi hujjatlar (1613-fondda) saqlanmoqda12. «Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari» deb nomlangan ikkinchi bo`lim ham o`z navbatida 5 bobdan iboratdir. Birinchi bob — Turkiston ASSRning davlat organlari va davlat boshqarmalari deb atalgan hujjatlar (17, 13, 16, 25, 20, 18, 111, 39, 621, 38, 35, 606, 34, 208, 33, 37, 337, 29, 182, 184, 215, 41 va 21- fondlarda); II bob — «Buxoro Xalq Respublikasi davlat organlari» (46, 47, 48, 49, 50, 1616, 56, 57, 61, 63, 58, 62, 51, 52, 68- fondlarda saqlanmoqda); III bob — «Xorazm Xalq Resiublikasi davlat hokimiyati organlari va boshqarmalari»ga doir hujjatlar (71, 72, 73, 74, va 75- fondlarda); IV va V boblar — «O`zbekiston Davlat organlari va davlat boshqarmalari faoliyati»ga doir hujjatlar (87, 86, 225, 837, 1807, 85, 95, 81, 2027, 1, 9, 11-fondlarda); Adliya va sud organlari» deb nomlangan uchinchi bo`lim hujjatlari 904, 344, 343, 354, 345, 1713 va 1714- fondlarda asralmoqda. «Xalq xo`jaligi tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining faoliyati»ga doir to`rtinchi bo`limning o`zi xam 7 bobga bo`linadi. Birinchi bob — «Planlashtirish va statistika» deb ataladi (88, 10 va boshqa fondlarda); «Moliya» deb nomlangan ikkinchi bobdagi hujjatlar 93, 1680, 335, 634, 2086, 430, 333, 332, 436- fondlarda; «Sanoat» degan uchinchi bobdagi hujjatlar 89, 283, 103, 1977, 2117, 109, 2113, 87, 132, 1867, 1023, 2097, 2105, 2106 va 2038- fondlarda; «qishloq xo`jaligi» deb nomlangan to`rtinchi bobdagi ma`lumotlar 90, 611, 233, 226, 674, 218, 756, 473, 301-fondlarda saqlanmoqda; «Savdo, ta`minot va tayyorlov tashkilotlari» deb atalgan beshinchi bobdagi materiallar 91, 274, 320, 701, 141, 272, 1753, 293 va 1943- fondlarda; «Transport va aloqa» bobi 233, 608, 2, 235, 244, 2085 va 5 fondlarda va nihoyat ettinchi — «Loyihalash va qurilish» bobidagi xujjatlar 169, 170, 610, 114, 2061, 2048, 2092 va 1956- fondlardan joy olgan. Beshinchi bo`lim «Madaniy va maishiy tashkilotlar» deb ataladi va bunga oid hujjatlar ham 4 bobdan iborat. Birinchi bob — «Xalq maorifi va fan», bundagi materiallar 94, 368, 375, 374, 633, 414, 364, 632, 631, 630, 361, 2091, 2082, 743, 394, 412, 1876- fondlarda va «Matbuot» deb nomlangan boblar esa 402, 431, 155, 405, 404, 403, 408, 409- fondlarda saqlanadi. «San`at» bobidagi hujjat lar 2087, 2062, 2088, 2089 va 417- fondlarda; «Sog`liqni saqlash» sohasidagi to`rtinchi bobga doir hujjatlar 131, 350 va 2096-fondlardan joy olgan. «Mehnat va Download 118.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling