Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Tarix” mutaxassisligi II kurs
magistranti Navro’zov Ikrom Nurillayevichning “Tarixiy ong va milliy o’zligini
anglash dialektikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Mustaqillik yillarida haqqoniy, milliy o’zligimiz va ma'naviyatimizni
tiklash, uni rivojlantirish uchun tarix ta’limini mazmun-mohiyatini tubdan
o’zgartirish asosiy muammoli vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Navro’zov Ikrom Nurillayevichning ―Tarixiy ong va milliy o’zligini anglash
dialektikasi‖ mavzusidagi magisrtlik dissertasiyasi II bob, 5 ta savol, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Magistrlik dissertasiyasi hozirgi kunda tarix fanining dolzarb muammolaridan biri
bo’lgan ish asosan tarixiy ong, tarixiy xotira va ularni milliy o’zlikni anglashdagi o’rniga
bag’ishlangan.
Tarixiy ong tarxiy xotirani jahon svilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonida shakllanish
bosqichlariga, uning o’zlikni anglashdagi o’rniga qaratilgan. Ularni milliy o’zlikni
anglashdagi o’rni nazariy va amaliy jihatdan ko’rsatishga harakat qilingan. Dissertant
mavzuni yoritishda mavjud adabiyotlardan unumli foydalanishga harakat qilgan. Har bir
savol atroflicha ochib berilgan. Hamda tarixiy –falsafiy nuqtai-nazaridan qo’yilgan muammo
tahlil qilinib, mustaqil xulosalar chiqarishga harakat qilingan.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarga tarixiy bilim berish bilan birga
ularni ongida o’zligini, milliy o’zligini anglashni singdirish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Ushbu dissertasiya maktabda tarix darszlarini o’tishda zaruriy adabiyot sifatida foydalanish
mumkin. Qaysiki, tarix o’qituvchisi ushbu dissertasiyani o’qigan holda ma’lum darajada o’z
nazariy dunyoqarashini boyitadi. Va tarix darslarida o’quvchilarda o’zlikni anglikni anglashda
metodik adabiyot sifatida foydalanadi. Bizning fikrimizcha, dissertasiyasi qo’yilgan maqsad
amalga oshgan hamda ilmiy asoslangan ilmiy-tadqiqot ishi deb baholash mumkin.
Magistrlik dissertasiyasida ayrim imlo xatolar mavjud. Tugallangan ish sifatida
himoyaga tavsiya etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: