Mavzu: tarixiy ong va milliy o’zlikni anglash dialektikasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy ong va milliy ozlikni anglash dialektikasi
birinchidan: millatimizning davlatchilik tarixi, yoki siyosiy tarixi,
madaniyat tarixi, ma’naviyat tarixini tiklash uchun o’tmish tariximizni xolisona o’rganish boshlandi. Prezidentimizning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q‖ asari tarixchilarni bu yo’nalishda jadal tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun o’z vaqtida berilgan metodologik qo’llanma bo’ldi. O’tgan yigirma yil ichida tariximizni noyob yozma manbalari o’rganildi va ko’pchilik e’tiboriga havola qilindi. Xalqimizdan yashirilgan va unitib yuborilgan noyob tarixiy asarlar o’zbek tiliga tarjima qilindi. Tarix fanini o’qitishda tub o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, eski umrini o’tab bo’kgan marksistik metodologiyadan voz kechildi. Yangi darslik va o’quv qo’llanmalari chop etilib tarix ta’limi tizimiga joriy qilindi, chop etilgan ushbu o’quv qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari asosida yaratildi. Shuningdek tarix fani mazmun mohiyati umumjahon miqyosida e’tirof etilgan tarixiy konsepsiyalar, ya’limotlar bilan boyitildi. O’tmish tarixni o’rganishda tarixiy haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy
1
Sharq yulduzi. 1996 y. 1-son 3-9 betlar
tadqiqotlarning me’zoniga aylandi. Prezidentimizning tarixchi olimlarimiz bilan uchtashuvdagi aytgan quyidagi so’zlari hozir ham dolzarb bo’lib qolmoqda. ―Tarix fani, uning bugungi ahvoli, istiqboli haqida gapirar ekanmiz, men yana bir masalaga e’tibor qaratishni istardim. Agar biz tarixchilarni taroziga solsak, bugungi kun nuktai nazaridan baholasak, talabga javob beradiganlari juda kamchilikni tashkil etadi 1 ‖ . Haqiqatdan ham keyingi ikki o’n yillikda taniqli tarixchi olimlarimiz B. Axmedov, A. Ziyo, A. Asqarov, Q. Rajabov, R. Shamsiddinov, M. Islomov, A. Xojayev va qator boshqa olimlar sayi-harakati bilan tarixiy haqiqatni yuzaga chiqaradigan juda ko’p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tarixchi Q. Rajabov, E. Ochilov, Z. Ishoqova, G’. Boboyorov, A. Otaxo’jayev va boshqalarning ―Tarix va taqdir‖ ruknidagi buyuk ajdodlarimizga bag’ishlangan tarixiy risolalari, R. Shamsiddinovning ―Sovet davlatining qatag’on siyosati‖ mavzusidagi ilmiy tadqiqotlari va boshqa olimlarning ishlari e’tiborga molik
2 . Ammo shu bilan birga hozirgi kunda ham o’tmish tariximizni yoritishda ayrim tadqiqotchilar qandaydir tor g’arazli manfaatlarni ko’zlab noxolisona yondoshuvlarga yo’l qo’yish hollari uchraydi. Bu hol haqiqatan ham bizni o’zligimizni anglashimiz saviyasi pastligi millatimizni ulug’vorliliga putur yetkazadigan noqisliklardan xoli emasligimizni ko’rsatadi. Hozirgi kunda ham o’z umrini o’tab bo’lgan metod va metodologiyaga asoslangan adabiyotlardan foydalanish statistic ma’lumotlarni buzib ko’rsatish, ko’rinib turgan haqiqatdan ko’z yumish yuzaki asosiz xulosalar chiqarish va uni ilmiy haqiqat darajasiga ko’tarish hollari uchrab turadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling