Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Tarix” mutaxassisligi II kurs
magistranti Navro’zov Ikrom Nurillayevichning “Tarixiy ong va milliy o’zligini
anglash dialektikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Milliy o’zligini anglash, qayta yuksalish, milliy mustaqillik davlatchilikning
mustahkam poydevorini yaratishning qirralaridan biri -milliy tarixiy ongni tiklash
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Tarixiy xotira va millatning tarixiy shonli o’tmishi har bir kishinmg ijtimoiy
ongida milliy g’urur va milliy faxrni mustahkamlaydi, o’tmish ajdodlar qahramonona
faoliyat oldida milliy tuyg’u kuchayadi.
Magistrant Navro’zov Ikrom Nurillayevichning ―Tarixiy ong va milliy o’zligini
anglash dialektikasi‖ mavzusidagi magisrtlik dissertasiyasi II bob, 5 ta savol, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib magistrlik dissertasiyasi hozirgi kunda tarix
fanining dolzarb muammolaridan biri bo’lgan ish asosan tarixiy ong, tarixiy xotira va ularni milliy
o’zlikni anglashdagi o’rniga bag’ishlangan.
Tarixiy ong tarxiy xotirani jahon svilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonida shakllanish
bosqichlariga, uning o’zlikni anglashdagi o’rniga qaratilgan. Ularni milliy o’zlikni anglashdagi
o’rni nazariy va amaliy jihatdan ko’rsatishga harakat qilingan. Dissertant mavzuni yoritishda
mavjud adabiyotlardan unumli foydalanishga harakat qilgan. Har bir savol atroflicha ochib
berilgan. Hamda tarixiy –falsafiy nuqtai-nazaridan qo’yilgan muammo tahlil qilinib, mustaqil
xulosalar chiqarishga harakat qilingan.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarga tarixiy bilim berish bilan birga
ularni ongida o’zligini, milliy o’zligini anglashni singdirish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Ushbu dissertasiya maktabda tarix darszlarini o’tishda zaruriy adabiyot sifatida foydalanish
mumkin. Qaysiki, tarix o’qituvchisi ushbu dissertasiyani o’qigan holda ma’lum darajada o’z
nazariy dunyoqarashini boyitadi. Va tarix darslarida o’quvchilarda o’zlikni anglikni anglashda
metodik adabiyot sifatida foydalanadi. Bizning fikrimizcha, dissertasiyasi qo’yilgan maqsad
amalgam oshgan hamda ilmiy asoslangan ilmiy-tadqiqot ishi deb baholash mumkin.
Magistrlik dissertasiyasida ayrim imlo xatolar mavjud. Tugallangan ish sifatida himoyaga
tavsiya etish mumkin.
Taqrizchi
Navoiy viloyati konchilik instituti dots. X. Raupov.