Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Tarix” mutaxassisligi II
kurs magistranti Navro’zov Ikrom Nurillayevichning “Tarixiy ong va milliy o’z-
o’zini anglash dialektikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar
xulosasi
―Tarix‖ mutaxassisligi II kurs magistranti Navro’zov Ikrom Nurillayevichning
―Tarixiy ong va milliy o’z-o’zini anglash dialektikasi‖ mavzusidagi magistrlik
dissertatsiyasi rejasi kirish, ikkita bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyada hozirgi kunda eng dolzarb
muammolardan bo’lgan tarixiy ong va milliy o’zlikni anglashni mushtarakligi
muammosi ilgari surilgan.
Tarixiy ong uning genezisi, milliy o’zlikni anglash va uni shakllantirishda tarixiy
ongni o’rni atroflicha tahlil qilingan. Har bir savollar mantiqan izchillikda hozirda
mavjud bo’lgan manba va adabiyotlardan foydalangan holda ochib berilgan hamda
disertant har bir savolni ochib berish bilan birga o’z fikrini ilmiy asoslagan holda
bayon qilishga harakat qilgan. Tarixiy ong, milliy o’zlikni anglash kabi tushunchalar
umum e’tirof etgan olimlarning qarashlari asosida ochib berilgan.
Dissertatsiyani bayon qilishda magistrantning ilmiy dunyoqarashi ma’lum
darajada shakllangani, mustaqil ilmiy fikr yuritish qobiliyati ko’rinadi. Ilmiy ishda
ayniqsa Prezidentimizning mustaqillik davrida amalga oshirgan milliy qadriyatlarni
tiklash sohasidagi bunyodkorlik ishlarini milliy o’zligimizni anglashdagi o’rni ilmiy
asoslab berilgan.
Xulosa qilib aytganda, dissertatsiya mavjud talablarga mos holda to’liq
tugallangan ish deb aytish mumkin va uni himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |