uchinchidan: o’tmishda mamlakatimiz madaniy, ma’naviy siyosiy
taraqqiyotida hamda insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga o’zlarini ulkan
hissalarini qo’shgan buyuk vatandoshlarimiz nomlari tiklanib ularning qabrlari
ustiga mahobatli me’moriy inshootlar barpo qilinib ziyoratgohlarga aylantirildi,
hamda ularning bebaho ma’naviy me’ros hisoblangan asarlari chop etilib ilmiy
tadqiq qilina boshlandi. Jumladan: Toshkentda Amir Temur haykali o’rnatildi
(1993 yil 31 avgust), sohibqironning 660 yillik tavalludi katta tantanalar bilan
nishonlandi, Temuriylar muzeyi ochildi. Yunesko qarori bilan 1996 yil Amir
Temur yili deb e'lon qilindi. Parijda buyuk sarkardaga bag’ishlangan xalqaro ilmiy
konferensiya o’tkazildi. (1996 yil, aprel) shuningdek vatanimiz ozodligi
kurashgan buyuk siymo Jaloliddin Manguberdi, olim va davlat arboblari
Ulug’bek, Bobur tavalludlari keng nishonlanishi an’anaga aylandi.
At-Termiziy, Al-Buxoriy, Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Abduxoliq
G’ijduvoniy, Deggaroniy, Motrudiy, Muso al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro,
Burxoniddin Marg’inoniy, Alisher Navoiy va boshqalar kabi olim, dinshunos,
tasavvuf falsafasi namoyandalari tavalludlari nishonlanib, ularning ma'naviy
meroslari keng o’rgaila boshlandi.
Respublika olimlari o’zbek millatining kelib chiqishi o’zbek davlatchiligi
tarixi bo’yicha ko'p tomli ilmiy asarlar yaratishga, sovet davrida ta’qiqlangan
olim, yozuvchi, shoirlar va boshqa O’rta osiyo mutafakkirlarining ilmiy-tarixiy
merosini qayta o’rganishga kirishib, ualrning asarlari xalqqa tuhfa qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |