Mavzu: Tarixiy va ritmik cho’ziqliklar. Reja
Download 27.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqTarixiy va ritmik cho\'ziqliklar
Mavzu: Tarixiy va ritmik cho’ziqliklar. Reja: 1. Tarixiy cho’ziqliklar. 2. Ritmik cho’ziqliklar. Fonetikaning tekshirish ob’ekti nutqiy tovish hisoblanadi. Tovushlar yig‘indisi va bu nutqiy tovushlarga xos bo‘lgan ton, urg‘u, pouza kabi rigmin xususiyatlarni tadqiq qilish, o‘rganish to‘g‘ri hulosalar chiqarishga olib keladi. Tovushlar nutqiy faoliyatda doimiy me’yyor hisoblanmaydi. Ayrimo‘rinlarda ozmi-ko‘pmi boshqa hodisalarning o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkun. Nutq tovushlarining o‘zgarishi ritmik hususiyatlarga bog‘liq holda amalga oshadi. Masalan, ikkilamagan jarangsiz undosh tovushlar unli tovushlar o‘rtasida kelsa, ancha kuchsizlanadi. Urg‘u tushgan unli tovushlar miqdor jihatidan aniq va ravshan bo‘lsa, urg‘usiz bo‘g‘inlarda unli tovush qisman yoki to‘liq reduksiyaga uchraydi. Tovushlar urg‘uli va urg‘usizbo‘lgan paytda ham fizik tabiatiga ega bo‘ldi. Nutqiy tovushlarning fizik tomoni esa, asosiy lingvistik tadqiqot manbai bo‘la olmaydi. Ayni paytda tilshunos uchun tovushlarning bajaradigan nutqiy faoliyati, vazifasi, ajratish qudrati, komplekslar ma’nosini aniqlash va chegaralashdan iborat. Tovushlarning ikki tamoni, urg‘uli va urg‘usiz holatlari., vazifasi, fonetik tadqiqotning boshqa-boshqa ikki sog‘asini aniqlab berishga xizmat qiladi. Xususan, bu sohalardangina va fonologiyasini tashkil qiladi. Tilshunoslikda fonetik tadqiqot yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. CHunki bu fonologiyaning maqsadi va vazifalariga to‘liq bo‘ysungan bo‘ladi. Fonologik tadiqiqotning asosiy vazifasi-vazifa bajaruvchi birlikni, ya’ni fonemani tadqiq qilishdan iboratdir. Bu guruhlarnib birlashtirib turuvchi asosiy belgilar sifati va V.K.Met’yus uni tovishlar garmoniyasi (ohangdoshligi), so‘z boshida jarangli undosh tovishlarning mumkun qadar o‘zlashmasligi an’anasi uchun so‘z oxirida qat’iy emasligi, so‘z boshida va oxirida undosh tovushlarning yo‘qligi, undosh tovushlarning cho‘ziqligi va ikkilanishi yo‘qligi, ochiq bo‘g‘inlarning joylashishi kabilar asos asos qilib olindi! E.D.Polivanov morfologiyaning suffiks tipi, doimiy o‘rin (birinchi bo‘g‘inda), urg‘uning ekspirator xususiyati, leksik morfemalarning misdor tarkibidagi o‘xshashlik, singarmonizm hodisasi, fonsikadagi umumiy o‘xshashliklar koreys tilini oltoy tillari guruhiga ancha yaqinlashtiradi. J.Deni “Dunyo tillari” kitobining yangi nashriga tayyorlab bergan turkiy, mo‘g‘ul vatug‘us-majur tillari haqidagi maqolalarning kirish qismida butillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni sanab o‘tadi. 1. Fonetika bo‘yicha: Unli tovushlarning ohangdoshligi, so‘zboshida sonar undosh tovushlarni qo‘llashdan qochishga intilish (xususan turkiy tillarda), yarim unli tovushlarning ahamiyati keyingi davrlarga xosbo‘lgan hodisa), so‘z oxirida n tovushining qat’iy emasligi, o‘zak va negizga undosh tovushlar ikkilanishi (4) (geminatsiya) hodisasining yo‘qligi, so‘z boshinda qo‘sh undoshlarni qo‘llanish xodisasining yo‘qligi, + so‘z oxirida sirg‘aluvchi sonor undosh tovushlardan birining qo‘llanishi (R – ragatsizm, l – lamdanzm); 2. Morfologiya bo‘yicha: Grammatik jins kotegoriyasiningyo‘qligi, grammatik sonning faqat ikki turi (birlik, ko‘plik) ega ekanligi, old qo‘shimchalarining yo‘qligi, juslanishningbir xilligi predmetlarning yo‘qligi (o‘rnida ko‘makchilar) va boshqalar; 3. Inteksis bo‘yicha: Gapda so‘zlarning (gap bo‘laklari) tartibi, bog‘lovchi va nisbiy olmoshlarning to‘liq yo‘qligi; Har uchala guruhga o‘rin-payt kelishigining - ga affikisi, - ki affikisi, qaratqich kelishigining korfiksi umumiy hisoblandi. Xususan, kishilik olmoshlari hamma tillarda deyarlibir-biriga o‘xhsashdir. Huddi shu fikrlarni G.I.Ramstedt va N.N.Popp ham aytishgan. Keyingi yillarda turkiy, mo‘g‘il va tung‘us-manjur tillarining tarixiy aloqalari, ularning o‘xshashligi va ajralishi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda qardoshbo‘lmagan tillarda ham o‘xshash hodisalar uchrab turishi mumkun. Bu esa ularning qarindoshligini isbotlavchi faktor bo‘laolmaydi. Bu ikkinchi tamonidan butillarning juda qadimdan bir-biri bilan doimiy aloqada ekanligini ko‘rsatuvchi omil sifatida qaralish lozim. Turkiy, mo‘g‘il va tung‘is-mantur tillar uzoq yuz yillar davomida bir-birlari bilan aloqada bo‘lgan. IV-VII asrlar (Tabg‘ach turkiy urug‘ining gullab gurkiragan davri 386-535 yillar): VIII asr o‘rtalarigacha turkiylarga vassal bo‘lgan kidaylar. VIII-XII asrlar. Boyko‘l yoqasida turkiylar va mo‘g‘illarning o‘zaro qalin aloqalari, shu bilan birga shimoliymug‘ul elatlarini turkiy xalqlar tamonidan assimilatsiya (o‘ziga singdirishi) qilinishi; XIII-XIV asrlar. Turkiston mintaqalarida uyg‘ur-mug‘ul madaniy aloqalarining kuchayishi. Turkiy tillarbilan mung‘us-manjur tillarining o‘zaro yaqinligi davrlarini aniqlash juda qiyin. Bulardan biri Baxay davlati (698-926 yillar) hukmronligi davrida to‘g‘ri keladi. X-XII asrlarda Lyao kundan imperiyasi davrida mug‘il tillari va tung‘us-manjur tillarining aloqasi juda izchil bo‘lgan. Mug‘ilva manjurlarning qalin ittifoqi tufayli mung‘iz-manjur guruhiga kiruvchi boshqa tillarning o‘ziga xos juda ko‘p belgilariyo‘qolib ketgan. Fonetik tadqiqotning asosiy maqsadi: 1. Ma’lum bir tilning ma’lum davrdagi fonologik tizimini tasvirlab berish, yoki bir qancha qardosh bo‘lgan tillarning bir necha davr fonologik tizimini tasvirlash orqali bobo til deologik tizimini tiklash; 2. Bobo til fonologik birliklarini isbotlovchi tovushlarning taraqqiyotini kuzatish va aniqlash («Tarixiy fonetika»); 3. Fonologik tizimlarning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish (diaxron fonologiya)dan iboratdir; 4. Tadqiqotning uslubiy asoslari qiyosiy, areal va tipologik tekshirish tashkil qiladi. Predmetlar, hodisa yoki harakat bildiruvchi tovushlar yig‘indisi shu hodisalarning mohiyatini anglatmaydi. Masalan, totar tilidagi tash o‘zining ovozidan toshning xususiyatini, boshqa predmetlardan farq qilishni bildirish uchun xizmat qilmaydi. SHuning uchun ham dunyo tillarida toshningnomi turlicha aytiladi. Qiyoslang: rus: kamen, tot. Tash, mug‘. qüri, toj. sang va h. Xuddi shuning uchun ham bir tilning o‘zidagi o‘xshash yoki qisman to‘g‘ri keladigan tovushlar yig‘indisi ko‘pincha boshqa narsa, hodisa va harakat nomlarini bildirishi mumkin. Masalan: tor.tash (kamen), tǐsh (zub), tishǐk (etverstie), tïsh (naruspato). So‘zning fonetik qiyofasi ayrim hollardagina so‘z ma’nosini ifodalash mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi to‘kmәk so‘zi toki to‘qimoq to‘qillatmoq fe’lidan yasalgan. Xuddi shu holatdagi taqlidiy so‘zlardan yasalgan so‘zlar hozirgi zamon tillarida juda kamchilikni tashkil qiladi. Umumiy manba yoki bobo til tushunchalari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Buni hisobga olmaslik tadqiqot natijalarini chippaka chiqarish aniq. Ayni paytda esa ma’lum bir so‘zning o‘z so‘zi yoki qabul qilingan ekanligini to‘g‘ri hal qilish imkoniyatini yaratadi. Turkiy tillar oilasi. Turkiy tillar tasnifi. V.V.Radlov, A.Samoylovich, N.Baskakov tasniflari. Turkiy tillarni tasniflash mezonlari. Turkiy tillarning oltoy tillari orasida tutgan o‘rni. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning joylashish hududlari. Ayrim turkiy tillarda ikkilamchi cho‘ziqlikning paydo bo‘lishi ba’zi tovush guruxlarining qisqarishi natijasidir: ag‘r>a:r (shor, tuva, xakas) ag‘z>a:z (tuva). Uzun a tovushining a (a: > a) o‘tishi keyingi taraqqiyot davomida deyarli barcha turkiy tillarga yoyildi. Buning asosiy sababi tovushning aytilishida fiziologik sarf — harakatning kamaytirilganligidir. Qisqa va uzunligi bilan ajralib turuvchi unli tovushlardagi o‘zgarishlarni shu tarzda taxlil etish, ulardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatish muayyan unlining hozirgi holatini.evoyusiyasini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mo‘g‘ul tilida ham cho‘ziq va qisqa unlilar oppozitsiya hosil qiladi: o‘r (oila) —o‘o‘r '(uya), sas (qor), saas (qog‘oz). Turkiy tillarni o‘rganishda unlilar uyg‘unligi masalasi muhim o‘rin tutadi. Bu xususiyat bobotil davrida ham yaqqol namoyon bo‘lgan. Singarmonizm hodisasi tufayli unlilar odd va orqa qator unlilari tarzida farqlanadigan bo‘ldi. Bu hodisa oldingi bo‘g‘in (o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘tin (yoki bo‘g‘inliklardagi) unlilarning, ba’zan undoshlarning artikulyasiya o‘rni va usuliga nisbatan moslashuvidir. A.M.Shcherbak bir bo‘g‘inli so‘zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo‘g‘inga muvofiqlashuvini ta’kidlagan. Palatal (tanglay) singarmonizmi ko‘rinishi qadimiy bo‘lib, unda boshqa unlilar birinchi bo‘g‘inga qarab moslashadi. [ta-.g‘larda). Tanglay singarmonizmi ko‘p bo‘shnli so‘zlarning keyingi bỳg‘inlarida ỳz kuchini yỳqotishi mumkin ( turkman:bilmaydiran, turkcha-uor-dash chuvashcha-sam qo‘shimchalari). Hozirgi ayrim turk tillarida lab singarmonizmi ham uchraidi. Bunda birinchi bo‘g‘inda lablangan unlshshng borligi tufaili keyingilarida ham lablangan unli keladi-(qirg‘iz koldor, turkcha solu) Bu holat o‘g‘uz va qiiok shevalarida keng tarqalgan. Unlilar tizimi jihatidan chuvash tili o‘z fonetikasi bilan ajralib turadi. Qadimgi davrdan boshlab singarmonizm chuvash tilida uchramaydi. (inezem (sigir); if sem (ish)). Ba’zan tor unlilarning kengayishi uyg‘unlikning buzilshpiga olib kelganligi ko‘rinadi. Masalan,N.K. Dmitriev, qipchoqcha o va u tovushlari orqa artikulyasiyaga egaligini ta’kidlaydi. Turkiy tillarda singarmonizm variantlari ham keng uchraydi. Bunda haggo bir turkiy til doirasida ham unlilar bir xil bulolmasligi, ya’ni ayni bir so‘zning birinchi bug‘ini bir turkii talda yoki shevada old qator unlisi, boshqasida orqa qator unlisi sifatida kela olishi nazarda tutiladi Masalan, ozarcha: okuz-okuz, uyg‘ur: alp-alp qozoq: shai-shay kabilar. Hozirgi o‘zbek tilida tovush uyg‘unligi yo‘kolgan IX asrdan sung uzbek tilida bu hodisaning buzilishi seziladi Bu hodisaning iuqolishnda eroniy tillar va arab tilishgng ta’siri kagga bulganligi ta’kidlanadi. Turkiy tillar orasida unlilar mosligi keng hodisa sanaladi. Masalan, uzbekcha e tovushi tatarcha i ga (xel-kal) ozarbaijoncha a ga mos (kel-gal). CHuvashcha u unlisi boshqa turkii tilidagi a ga mos keladi (alti-ult, bar-pur (bor)) kabi Boshqird tilida 9ta unli bor.Bulardan i unlisining 2 varianti, ya’ni normal va qisqa ko‘rinishlari bor Turkiya turkchadan farqli holda o unlisi o-i-i urtasida tor va qisqa aytila oladi. Boshqird tshshda o urnida i, i urinda o tovushi keladi: op-ip, qoz-rurkus-tos kabi. So‘z boshida e>i ga o‘tadi: men>min, ekmek-ikmak Qozoq tdlidagi 9 ta unlidan bitgasi, ya’ni ochik e tovushi kupgina turkiy tillarda uchramaydi. Birinchi bo‘g‘indagi so‘zlarda o, o:, i, i: unlilaridan so‘ng kelgan I, i unlisi i, i tarzida o‘qiladi: kordi—kordu, uzim—uzum kabi yoki birinchi bo‘g‘indagi a va e unlilari o va o' tarzida aytiladi. Turkman tilidagi 9 ta unlidan e, a unlilari ancha farqlanadi. Bu 9 unlining har birining uzun varianti borligi muximdir. Bu hodisa so‘z ma’nosining farqlanishiga olib kelgan: ot (ot)—ot (olov), du,s (tushmoq) — du:s (tush, hayol). Shunga o‘xshash holat boshqa turkiy tillarda ham uchrashi unlilar tizimida muayyan o‘xshashlik va farqliklar borligini ko‘rsatadi. Turkiy tillar fonetikasi Vokalizm. Unli va undoshlar tizimi. Unlilar tasnifi. Unlilarda variantlilik. Anlautda diftonglashuv. Birlamchi va ikkilamchi cho‘ziqlik hodisasi. Konvergensiya va divergensiya hodisalari. Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan unli fonemalar. Turkiy tillarda urg‘u. Leksik urg‘u. Logik Urg‘u. Bo‘g‘in. Undoshlar tizimi. Undoshlar tasnifi. Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan undosh fonemalar. Turkiy tillarda singarmonizm. Singarmonizmning hozirgi turkiy tillarda saqlanish darajasi. Tovush o‘zgarishlari: tovush almashuvi, tovush tushishi, tovush ortishi, tovush ikkilanishi, tovush moslashuvi. Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari. Turkiy tillar morfologiyasi Turkiy tillarning asosiy grammatik xususiyatlari. Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari. Morfologik ko‘rsatkichlar. Elementar morfologik birliklar. Kompleks morfologik birliklar. Grammatik ma’no. Turkiy tillarda grammatik ma’no ifodalashning asosiy yo‘llari: sintetik, analitik usullar, takror va juft qo‘llash. Agglyutinatsiya turkiy tillarning asosiy tipologik xususiyati sifatida. O‘zak morfema. O‘zak morfema tarkibidagi tarixiy o‘zgarishlar. Affiksatsiya va uning mazmuni. Affiksal morfema tiplari. O‘zak va affiksal morfema tarkibidagi tarixiy o‘zgarishlar. Affiksal morfemalarning tarixiy shakllanishi. Morfologik qayta bo‘linish. So‘z turkumlari Turkiy tillarda so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlari. Turkumga ajratish mezonlari. Mustaqil so‘z turkumlari. Ot. Turlanish. Son kategoriyasi. Birlik va ko‘plik munosabati. Grammatik ko‘plik tushunchasini ifodalash. Ko‘plik qo‘shimchalari va ularning tarixiy shakllari, genezisi. Kelishiklar paradigmasi. Kelishik qo‘shimchalari. Kelishik qo‘shimchalarining ko‘p variantliligi. O‘zbek tilida otlarning vazifaviy shakllari sifatida qaraluvchi ifodalarning boshqa turkiy tillardagi tavsifi. Sifat Sifat darajalari. Sifat turkumining semantik guruhlari. Sifatlarda daraja kategoriyasi. Asliy va nisbiy sifatlar. Son Sonning ma’no turlari. Tartib sonlarning umumturkiy modeli,-i(nchi)qo‘shimchasi variantlari. Numerativlar. Tarixiy va hozirgi numerativlar. Numerativlarning shakllanishi va numerativ vazifasidagi so‘zlar. Olmosh Olmoshning ma’no turlari. Olmoshlar genezisi. Olmoshning o‘ziga xos xususiyatlari. Pronomilizatsiya (olmoshlashish) hodisasi. Ravish Ravishlarning shakllanishi. Ravishlarning ma’no turlari. Fe’l Tuslanish. Zamon kategoriyasi. Nisbat kategoriyasi. Mayl kategoriyasi. Fe’lning vazifaviy shakllari. O‘timli va o‘timsizlik. Turkiy tillarda bo‘lishsizlikning ifodalanishi. Yordamchi fe’llar, ularning grammatizatsiyalashuvi. Yordamchi so‘zlar Ko‘makchilar, ularning vazifalari. Ko‘makchilarning shakllanishi. Ko‘makchilarning turlari. Turkiy tillarda grammatik ma’noni ifodalash usullari. Yrdamchi so‘zlar. Affiksatsiya. Juft va takror shakllar. Bog‘lovchi va uning turlari. Turkiy bog‘lovchilar. O‘zlashgan bog‘lovchilar. Yuklama va uning vazifalari. Hozirgi turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan yuklamalar. Undov so‘zlar. Modal so‘zlar. Taqlid so‘zlar (mimemalar) Undov so‘zlarning gapdagi o‘rni. Undov so‘zlar turlari. Turkiy tillarda modal ma’noni ifodalash. Modal munosabatning shakllanish davri. Sonomimema va videomimemalar. Taqlid so‘zlarning morfologik va grammatik xususiyatlari Turkiy tillar sintaksisi Sintaktik munosabat. Tobelik munosabati. Tobe birikma va uning ko‘rinishlari.Sintaktik birliklar. Turkiy izofa. Qaratqich va qaralmish munosabati. Turkiy tillarda gap qurilishi Gap. Turkiy tillarda gap tasnifi. Gap bo‘laklari. Gap bo‘laklarining odatdagi tartibi. Ega va kesim o‘rtasidagi munosabat. Inversiya va uning ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati. Sodda gap ko‘rinishlari Sodda gapda sintaktik munosabatning ifodalanishi. Sodda gapning ifoda maqsadiga va ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra turlari Qo‘shma gap turlari Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning teng va tobe bog‘lanishi. Sodda gaplarni bog‘lovchi vositalar. Qo‘shma gap tasnifi. Turkiy tillarda so‘z yasalishi So‘z yasash usullari: affiksatsiya va kompozitsiya. Semantik usulda so‘z yasash. So‘z yasovchi qo‘shimchalar.So‘z yasovchi affikslar tarkibidagi o‘zgarishlar. Sodda va murakkab affikslar. Ot yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalar. Fe’l yasalishi. Ravishlarning shakkllanishi.Ot,sifat,olmosh turkumiga oid so‘zlarning ravishga ko‘chishi. So‘z turkumlarida ko‘chish hodisasi. Turkum sinkretizmi. Turkiy tillarning leksik xususiyatlari Turkiy tillarning lug‘at boyligi. O‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam. Lug‘aviy ma’no taraqqiyoti: semantik kengayish va torayish. Hozirgi turkiy tillar leksikasining qiyosiy tahlili. Oltoy xaq o‘g‘iz, qirg‘iz, turkman, sho‘r yoqut tillaridagi unli tovushlar tizimida unlilarni qaramash qarshi – cho‘ziqlik va qisqalik bo‘yicha-qo‘yishlik fanologik jihatid anahamiyat kasb etadi. Bu esa unli tavushlarning cho‘ziqligini nisbiy va cheksiz emasligini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. CHo‘ziq unli tovushlar fonetik jihatdan odatdagi unli tovushdan ikkimartta davomliroq bo‘ladi. Qisqa vacho‘ziq unli tovushlar hamma turkiy tillarda son jihatidan to‘g‘ri kelmasligi memkun. Turkiy tillarda cho‘ziq unli tovushlarni tasnif qilishda birinchi darajali va ikkinchi darajali unlitovushlar deb ajratish ayon bo‘lgan. Birinchi darajali cho‘ziq unli tovushlar esa bobo til hukumronligi davri bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Ayni paytda bu cho‘ziq unli tovushlarning xususiyatlari umumturkiy tillar uchun xos deb qaralishi lozim. Birinchi va ikkinchi darajali cho‘ziq unli tovushlarning xususiyatlari diaxironik-tarixiy tartib jihatidan umumturkiy bosqich tegishli ekanligini uyoki bu til nuqtai nazaridan farqlashlik hollari kuzatilmaydi. Ularning o‘rtasidagi farqni vacheklanishni o‘rganish turkiy tillar fonologik tizimini aniqlashda kattaahamiyatkasb etadi. 2. Ikkinchi darajali cho‘ziq unli tovushlar undosh tovushlarning tushushi, unlitovushlarning taranglashishi istalgan tovushning tushib qolishi oqibatlarida paydo bo‘lgan shubilan birga boshqa tildan qabul qilingan so‘zlarda urg‘uli va urg‘usiz unli tovushlarni farqlash oqibatida yuzaga keldi. Turkiy tillarning hammasida cho‘ziq unli tovushlarningbirinchi darajali guruhlariga kiruvchi cho‘ziqlik uchraydi. Qiyoslang:olt. tŷ, tog‘, (tār); haqo‘g‘iz chār, chaqirish ( CHo‘ziq unli tovushlarning ikkinchi darajali guruhiga tegishli misollarni hokkas va yoqut tillaridangina topishimiz mumkun. Oxirgi guruhga tegishli kuchli unli tovushlar,chuvash tiliga xosbo‘lib, asosan rus tilidan o‘tgan so‘zlar tarkibida uchraydi va bu cho‘ziq unli yoki difton shaklida bo‘ladi. buojlaķ, voylak; pŷk, par; buoķķa, aroq; bo‘t, pud; buxātaj, botir; oruomna, tekis, uoda, ikki, chierbe. Bir qancha turkiy tillarda tabiatan tegishli bo‘lgan ikkinchi darajali cho‘ziqlik bilanbir qatorda suniy holda bo‘lgan arab-fors she’riyatiga oid xol yuzaga kelgan shartli cho‘ziqlik ham uchraydi. Ochiq bo‘g‘inlar qisqa yoki cho‘ziq bo‘lishi mumkun. YOpiq bo‘g‘in esa ڼ bilan tugamasi cho‘ziq bo‘ladi. 2. O.Byotlink tamonidanbirinchi bo‘lib,turkiy tillardagibirinchi darajali cho‘ziqunli tovushlarningborligi yoqut va tatartillaridagi misollar yordamida aniqlangan edi. O‘zbek, yoqut, chuvash tillaridagi cho‘ziq unli tovushlarbilan qisqa unlitovushlarning bir-biriga qarama-qarshi qilib o‘rgangan. E.D.Polivanov dastlabki birinchi darajali cho‘ziq unli tovushlarni umumturkiy ekanligini vabobo turkiy cho‘ziqlikni tiklash uchun turkman va yoqut tillaridagi o‘zaro to‘g‘ri kelishligi asosida ishonchli misollarni keltirgan edi. Bo‘g‘inning ortish bila tomoq unli tovushlarning cho‘ziqligi qisqara boshlaydi. Bu esa cho‘ziqlikning miqdorga nisbatan kamiyishiga olib keladi. Turkman tilida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi cho‘ziq unli tovushlar xuddi bir bo‘g‘inli so‘zlardagi singari ko‘pincha birinchi bo‘g‘inda uchraydi. Āva azoblanmoq, ākga tonga, ädim odim, bāba bobo, bäja boja, bāldїb, qayin singil. YOqut tilida birinchi bo‘g‘inda cho‘ziq unli tovush ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning miqdori unchalik ko‘p emas. SHu bor bulgan so‘zlar ham umumturkiy tillarga tegishlidir. Boshqa turkiy tillarda qadimgi birinchi bosqich cho‘iqlikni hisobga olgan holda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida cho‘ziq unli tovushlar juda kam uchraydi: āra izlamoq, ārї ari. Bir bo‘g‘inli so‘zlarga turli morfologik qo‘shimchalar yordamida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga aylanganda, masalan, turkman tilida birinchi bo‘g‘indagi cho‘ziq unli tovushlar o‘zining dastlabki xususityatini saqlab qoladi. Yoqut tilida esa, turkman tilidan farq qilgani holda yuqoridagi holatda, ko‘p bo‘g‘inli so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi cho‘ziq unli tovushi o‘zgarishi yoki yo‘qolishi mumkin. Ko‘pikcha bu o‘zgarish diftongni hosil bo‘lishiga olib keladi: achchїk och, dener o‘zi haqida gaprmoq. L.N.Xaritonov fikricha, diftonglarning yo‘qolishi bilan cho‘ziq unli tovushlarning o‘zgarishi bir bshg‘inli so‘zlarda so‘zning oxiri undosh tovush bilan tugashi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi natijasida yuz beradi. Aslida ham xuddi shunday fonetik tuzilishni juda ko‘p hollarda ko‘zatish mumkin. SHu bilan birga birinchi bo‘g‘ining ochiq bo‘lishi esa, urg‘uni keyingi bo‘g‘inga tushishiga juda yaxshi sharoit yaratadi. Download 27.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling