Mavzu: Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari
Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari
Download 2.04 Mb.
|
tarmoq taqdimot1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet provayderlari va ularning vazifalari.
Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.
Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga web-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, web-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarda foydalaniladi. WWW tushunchasi. WWW (World Wide Web) – butun jahon o‘rgimchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW–bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud: 1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli); 2. Gipermatn; 3.Hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer); 4. Yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen); Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder–Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder hamda Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar. Internet tarmog‘i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTP (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Internet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal), mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual (hayoliy, faqat kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan) to'plamdan tashkil topadi. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling