Spetsifik fermentlar


Download 0.61 Mb.
bet1/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1608239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

9.2. Rekognitsiya, yoki aminokislotani tanish


1-bosqich. Aminokislotani tanishdan maqsad shundan iboratki, har bir aminokislotani o’zini tRNK si mavjud bo’lib, tRNK o’zining aktseptor qismidagi SSA–OH guruhi bilan aminokislotaning karboksil guruh tomoni bilan bog’lashdan iborat. Shunday ekan tRNK o’z o’zidan o’zining aminokislotasi bilan boglana olmaydi. Aminokislota faollanishi kerak bo’ladi. Shu maqsad uchun hujayra shirasida, tarjima qilishda “tarjimon” vazifasini bajaruvchi spetsifik fermentlar mavjud.

Spetsifik fermentlar aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqartirilgan ko’rinishi ARS azalar) deb ataladi. Proteinogen aminokislotalarga mos ravishda kamida 20 turdagi ARS azalar mavjud. ARS azalar – yuqori molekulali (molekulyar massasi 100.000-240.000), to’rtlamchi qurilishga ega. Ular tRNK va aminokislotalarni o’ziga xos ravishda taniydi va ularning birikishini quyidagi reaktsiya orqali katalizlaydi:



O

ARSaza //

R-CH-COOH + HO-tRNK + Mg² + ATF→ R-CH -C ~ O – tRNK +AMF+H4P2O7



| |

NH2 NH2


Reaktsiyada ATF (Mg²+ kofaktor vazifasini bajaradi) energiyasi aminoatsil – tRNK da makroergik (~) bog’lar hosil bo’lishida ishlatiladi, ya’ni reaktsiyada bir vaqtning o’zida aminokislotalarning karboksil uchidan faollanishi va tRNKni aktseptor qismidagi (SSA) Sitozin Sitozin Adenozinning erking 3¹- yo’nalishidagi – OH gidroksil guruhiga birikadi. Hujayrada 20 ta tRNK emas, balki taxminan 40-60 ta bo’ladi. Ba’zi hollarda ayrim aminokislotalar uchun spetsifik bo’lgan bir nechta tRNK dan foydalanish mumkin bo’ladi.

Demak, tRNK o’zining tanigan aminokislotasini tashiydi. Har bir aminokislotaning o’zining maxsus tRNKasi mavjud. tRNK o’zini aminokislotasini tanishi, tanlashida spetsifik (ARSazalarni) fermentlarni ahamiyati katta. tRNK o’ziga biriktirgan aminokislotani oddiy diffuziya yo’li orqali ribosomaga tashiydi. Aminoatsil – tRNK lar ko’rinishida ribosomaga kirgan aminokislotalar birin ketin bog’lanishi natijasida oqsil yig’ilishi amalga oshadi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling