Spetsifik fermentlar
Transkriptsiya ingibitorlari
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rifamitsin antibiotiklari
Transkriptsiya ingibitorlari ta’sir mexanizmi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
1-guruh. DNKga qaram RNK-polimeraza ingibitorlari; 2-guruh. DNK matritsani tormozlovchi; 3-guruh. Sintezlangan RNK axborotini bo’g’uvchilar. 1 guruh - preparatlari misolida: -Amanitin – RNK- polimeraza III ni tanlab ingibirlaydi – u mRNK transkriptsiyasiga javobgar hisoblanadi. -Amanitin biokimyoviy tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. Rifamitsin antibiotiklari – yadrochali RNK-polimeraza I va teskari transkriptsiyani (blokirovkalovchi) tormozlovchi hisoblanadi. Rifamitsin bakteriyalarga qarshi preparat sifatida tibbiyot amaliyotida keng qo’llaniladi. Asosan tuberkulyozni davolashda ishlatiladigan antibiotik rifamitsin bakteriyalardagi DNK ga qaram RNK-polimerazani ingibirlaydi. Yaqinda rifamitsinni viruslarga qarshi ta’siri ochilib, u DNK saqlovchi virus chaqirgan traxoma kasalligini muvaffaqiyatli davolanishda qo’llanilmoqda. Bu antibiotik klinik onkologiyada viruslar chaqirgan o’simtalarni davolashda qo’llanilmoqda. 2 guruh – shunday moddalar kiradiki, ular kovalentsiz bog’ bilan bog’langan DNK matritsasi va RNK-polimeraza ishiga to’sqinlik qiladilar. Masalan, biokimyoviy tadqiqotlarda qo’llaniladigan, o’simtalarga ta’sir etuvchi-aktinomitsin D oqsil biosintezini ingibirlaydi. Aktinomitsin DNK ga qaram RNK-polimerazalarni ingibirlab transkriptsiya mexanizmini to’xtatadi. Aktinomitsin jarayonda DNKning kodlovchi zanjiri bilan bog’lanib, so’ng transkriptsiyaga ta’sir qiladi. Sababi DNK sintezi hech qachon o’z o’zidan ingibirlanmaydi. Daunomitsin – DNK sintezini RNK sintezini bir xil yo’sinda ingibirlaydi. Antibiotiklar - olivomitsin, daktinomitsin; O’simlik alkaloidlari – vinblastin va vinkristinlar tibbiyotda shishga qarshi preparatlar sifatida qo’llaniladi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling