b) Protsessing va mRNK transportining ingibitorlari.
Oqsil sintezini ingibitorlari bu bosqichda yadro ichidagi RNKaz, RNK-ligazalar hisoblanib, mRNK yetilishining turli fazalariga ta’sir qiladi.
v) Translyatsiya ingibitorlari.
Keng doirada qo’llaniladigan antibiotiklar kiradi.
Xloramfenikol – bakteriyalarning 70S ribosomalariga ta’sir (80S ribosomaga ta’sir qilmaydi) qiladi. Eukariotlarning mitoxondriya, xloroplastlariga ta’sir qiladi. Xloramfenikol ribosomaning 50S subbirligi bilan bog’lanib, peptidiltransferazali reaktsiyani to’rmizlaydi. Natijada sintezlanadigan polipeptid zanjirni muddatdan oldin uzilishiga olib keladi. Demak Xloramfenikol - ribosoma subbirligi bilan birikib peptid bog’ini hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Linkomitsinning – ta’siri xloramfenikol singari bo’ladi.
Eritromitsin – 50S bakterial subbirlikning, umuman A-qismidan P-qismiga peptidil-tRNK ning translokatsiyasini ingibirlaydi. Translyatsiya mexanizimida elongatsiyaning 3-qadamini (translokatsiyasini) blokada (tormizlaydi) qiladi.
Tetratsiklinlar – Ribosomalarga ta’sir etadi. 70S ribosomalarga ko’proq tanlab ta’sir qiladi, 80S ribosomalarga nisbatan. mRNK va aminoatsil-tRNKni ribosomadagi 50S subbirlikdagi aminoatsil markazi bilan bog’lanishini tormozlab, 70S ribosomadagi oqsil biosintezini ingibirlaydi.
Streptomitsin'>Streptomitsin bakteriyalarning 70S ribosomasiga ta’sir (80S ribosomalarga ta’sir qilmaydi) qiladi. Kichik subbirlikning oqsili bilan spetsifik bog’lanib, mRNK ning to’g’ri o’qilishiga to’sqinlik qiladi. Sintez bunda to’xtaydi. Defekt oqsil hosil bo’ladi. Hozirda bu antibiotik tuberkulyozga qarshi qo’llanilmoqda. Streptomitsin va neomitsin mRNKning translyatsiyasi vaqtida xatolarni vujudga keltiradi masalan: UUU kodon fenilalanin o’rniga leytsinni polipeptid zanjiriga biriktirishi natijasida anomal oqsil hosil bo’lib, bakteriyalarning halok bo’lishiga olib keladi.
Oleandomitsin – ribosomadagi translyatsiya vaqtida ishtirok etuvchi translokazani faolligini tormozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |