Siklogeksimid (aktidion) – Eukariotlarning 80S ribosomalariga ta’sir etadi. U ribosomaning katta subbirligi bilan bog’lanib, translokatsiyani to’rmizlaydi.
Oqsil sintezining ma’lum qismining buzilishi yoki tushib qolishi potologik holatning rivojlanishiga olib keladi, bunda sintez buzilgan oqsilning tabiati va funktsiyasiga bog’liq holda kasallikning spetsifik klinik manzaralari yaqqol namoyon bo’ladi.
10.2. Genetik axborotni ko’chirilishini buzilishi. Mutatsiya va uning turlari
Genetik kodning o’zgarishi. DNKning gen programmasining o’zgarishi mutatsiya deyiladi. 2 xil mutatsiya mavjud:
1.Xromosomali mutatsiya (xromosomalarni sonining o’zgarishi);
2. Gen yoki molekulyar mutatsiya.
Gen mutatsiyaning quyidagi turlari mavjud:
1) Tranzitsiya –ya’ni azot asoslari juftliklarining almashinishi;
2) Deletsiya–bitta juftning yoki asoslar juftlari(nukleotidlari) ning tushib qolishi (ajralish);
3) Vstavka – bir yoki bir nechta asos juftlari (nukleotidlari) ning kirib qolishi (qo’shilishi);
4) DNK ning ayrim qismlarining o’rnini o’zga-rishi (ikkilamchi, uchlam-chi, to’rtlamchi mutant).
Gen mutatsiyalari genetik kodning o’zgarishi deyilib, DNK da nukleotidlar ketma ketligini va transkriptonlar funktsiyasini o’zgarishiga sabab bo’ladi. O’zgarish struktura genlarida sodir bo’lsa, o’z funktsiyasini bajara olmaydigan defekt oqsil hosil bo’ladi. Natijada defekt tRNK va rRNK hosil bo’ladi.
Promotor qismida mutatsiya bo’lsa – RNK polimeraza fermentining birikishi qiyinlashib, oqsilning kerakli miqdorda sintezlanmasligini to’liq to’xtahsiga sabab bo’ladi
Aktseptor qismida mutatsiya bo’lsa–oqsil biosintezining boshqarilishi buziladi.
Struktur genlarda mutatsiya bo’lsa – defekt oqsil sintezlanadi.
Mutatsiyani yuzaga keltiruvchi omillar mutagenlar deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |