Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha sohaning «portretini» to’zib, so’ng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. 3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi . «GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan: 1.Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat. 2.Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi. 3.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi. 4.Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. 5. Xaridorlarni o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. Bu tahlil korxona mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay imkoniyatlar va xavf‑xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin:
- tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
- talabning shart‑sharoitlari;
- tarmoqqa kirish tusiqlarning balandligi.
4. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi Korxonalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat19: 1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |