Mavzu: Tarmoqli modellari
Ma`lumotlar modellariga doir qo`shimcha tushunchalar
Download 167.5 Kb.
|
tarmoqli modellar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statik xususiyatlar
4. Ma`lumotlar modellariga doir qo`shimcha tushunchalarAvtomatlashtirilgan tizimlarda qo`llaniladigan ma`lumotlar modellarining ko`pchiligi kuchli tiplashtirilgan modellar hisoblanadi. Ma`lumotlar modeli ma`lumotlar tuzilmasi qurilishini belgilab beruvchi qoidalardan iborat. Biroq tuzilma bo`yicha belgilashlar ma`lumotlar semantikasining talqini va ulardan foydalanish usulini to`liq ifodalash imkoniyatini ta`minlab bera olmaydi. Bundan tashqari, ma`lumotlar ustida bajariladigan amallar uchun ham belgilashlar zarur bo`ladi va ular odatda ma`lumotlar tuzilmasi bilan birga keltiriladi, deb hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan, MB uchun boshqacharoq ta`rif berish mumkin, ya`ni tuzilmasi muayyan tarx (sxema)ga mos keluvchi ma`lumotlar jamlanmasiga ma`lumotlar bazasi deb ataladi.1 Ushbu atama berilgan ma`lumotlar jamlanmasining muayyan holatiga hamda bu holatdan kelib chiqadigan boshqa holatlari uchun ham kuchga ega. Gap shundaki, ma`lumotlar modeli tomonidan ko`zda tutilgan amallar MBni bir holatdan boshqa holatga o`zgartiradi. O`zgartirishlar natijasida hosil qilinadigan ma`lumotlar bazalari ketma-ketligini ham MB deb nomlashadi. Ma`lumotlar modellarining turfaligi ularning qo`llanilish sohalari va foydalanuvchilar kontengentining xilma-xilligiga mos keladi. Ma`lumotlar modellari uchun umumiy bo`lgan qator tushuncha va ta`riflarni qarab chiqaylik. Xohlagan ma`lumot ob`ekti va u tasvirlaydigan xususiyatlarni olib qaraydigan bo`lsak, ob`ekt xususiyatlari asosan ikki sinfga: statik va dinamik xususiyatlarga bo`linadi. Statik xususiyatlarga vaqt bo`yicha o`zgarmas, invariant bo`lgan xususiyatlar kiradi. Dinamik xususiyatlar esa tashqi dunyoning evolyutsion tabiatiga mos keladi. Bundan kelib chiqib, ma`lumotlar modeli M ni vujudga keltirish qoidalari G va bajariladigan amallar O to`plamlari tarzida belgilash mumkin. Vujudga keltirish qoidalari to`plami ma`lumotlar modelining statik xususiyatlarini ifodalaydi va ma`lumotlarni ifodalash tili sifatida qo`llaniladi. Ma`lumotlarni ifodalash tili vositalari yordamida ma`lumotlarning tuzilmasi, ob`ektlari, aloqalari hamda ularni amalga oshirishning mumkin bo`lgan variantlari belgilanadi. Ma`lumotlar tuzilmasini aniqlash vujudga keltirish qoidalarini qanoatlantiruvchi, mos toifalar uchun qabul qilingan belgilashlar yordamida amalga oshiriladi. Muayyan ma`lumot toifasi uchun mazkur belgilashlar, ma`lumot toifasining atributlari tarkibi va har bir atributi uchun ma`lumot formatlariga qo`yiladigan belgilashlardan iborat bo`ladi. Ob`ektlar qabul qilishi mumkin bo`lgan qiymatlarini yoki aloqalarning mumkin bo`lgan variantlarini belgilash, ma`lumotlarning har bir toifasi uchun ko`rsatiladigan butunlik cheklovlari yordamida amalga oshiriladi. Bunga misol tariqasida soliq to`lovchining qayd raqamini ko`rsatish mumkin. Mazkur raqam har bir xodim uchun betakror (unikal) bo`lishi hamda uni qaytarilmasligini ta`minlash zarur. Ba`zi ma`lumotlar modellarida vujudga keltirish qoidalari G ni ikkiga bo`lishadi: tuzilmalarni vujudga keltirish qoidalari – Gs va cheklovlarni vujudga keltirish qoidalari – Gc. Bunga mos tarzda S tarx ham ikki qismdan: tuzilmalar Ss bo`yicha belgilashlar va oshkor ko`rsatilgan cheklovlar Sc bo`yicha belgilashlardan iborat bo`ladi. «Xodim» tipli mohiyatning «Xodim qayd raqami» atributini kalit (identifikator) ekanligini ko`rsatish oshkor ko`rsatilgan cheklovga misol bo`ladi. Bu – «Xodim» tipli mohiyatda bironta qayd raqami ikki yoki undan ortiq kortejlarda bir xil qiymatga ega bo`lishi mumkin emasligini belgilaydi. Ma`lumotlar modellarida oshkor cheklovlar bilan bir qatorda, modelning tuzilma qismi (Ss)da keltiriladigan ichki cheklovlar ham qo`llaniladi. Bu cheklovlar ob`ektlar va aloqalarga xos bo`ladi. Masalan, ma`lumot ob`ektlari orasidagi aloqalar shajara ko`rinishidagi tuzilma bilan chegaralanishi mumkin. Download 167.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling