Mavzu: Tarmoqli modellari


Download 167.5 Kb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1355269
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarmoqli modellar

3. Ma`lumotlarni modellash


Ma`lumki, ma`lumotlarning talqini bilan birga ular orasidagi munosabatlarni tasvirlash imkoniyatlari ham ta`minlanishi zarur. Ma`lumotlarni berilgan talablarga mos tarzda talqin etilishning intellektual vositalariga ma`lumotlar modeli deyiladi. Ma`lumotlar modeli – bu ma`lumotlarni abstraktlash vositasidir. U ma`lumotlarning muayyan qiymatlarini emas, balki ularning axborot mazmunini tasvirlash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, ma`lumotlar modeli o`rmonni alohida olingan daraxtlar tarzida emas, balki yaxlit o`rmon tarzida tasvirlash imkoniyatini taqdim etuvchi vositadir.
Mavjud modellar tashqi dunyoning turli qirralarini tasvirlashga mo`ljallangan. Fizik modellar fizik xususiyatlarni o`rganish, matematik modellar matematik ifoda va formulalar yordamida ifodalash, iqtisodiy modellar iqtisodiyot an`analarini tasvirlash va uning taraqqiyotini bashorat qilish imkonini beradi. Ma`lumotlar modellari esa ma`lumotlarning xususiy semantikasini tasvirlash imkonini beradi hamda bizni tashqi dunyo haqidagi o`ziga xos bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.
Ma`lumotlar modeli tushunchasini oydinlashtirish uchun modellashning elementar ob`ektlariga, taxminan bo`lsada, aniqlik kiritish zarur. Buning uchun, ma`lumotlarning elementar birligi hisoblangan, <ob`ekt nomi, ob`ekt xususiyati, xususiyat qiymati, vaqt> tarzida ifodalanadigan kortejni qaraylik. Odatda hodisa (yoki g`oya) biron ob`ekt (ob`ekt nomi) va uning qandaydir xususiyatiga (ob`ekt xususiyati) bog`liq holda ro`y beradi, bunda ob`ekt xususiyati ma`lum bir vaqtda (vaqt) muayyan bir qiymatga (xususiyat qiymati) ega bo`ladi.
Ushbu to`rt xususiyatdan «vaqt»ni hisobga olish ko`pincha qiyinchilik tug`diradi. Ko`pgina hollarda ma`lumotlar qayd etilishining vaqtini ko`rsatmasdan, ularni tartibini keltirishning o`zi kifoya yoki eng so`nggi ma`lumotlarnigina taqdim etish yetarli bo`ladi. Shuning uchun ko`pchilik ma`lumotlar modellarida boshqa xususiyatlar kiritilishi yoxud ob`ektlarni tartibga solinishi evaziga vaqt unsuri chiqarib tashlanadi.
Vaqt unsuri e`tiborga olinmagani holda ma`lumotlarning elementar birligini quyidagicha tasvirlash mumkin: <ob`ekt nomi, ob`ekt xususiyati, xususiyat qiymati>. Ushbu ifoda turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu esa ko`plab ma`lumotlar modellarining yaratilishiga sabab bo`lgan. Elementar ma`lumotlar va ular orasidagi aloqalarni tasvirlashning usullaridan biri tarmoqli tuzilma hisoblanadi. Bunda graf cho`qqilari ma`lumotlar elementlariga, yoylari esa ular orasidagi aloqalarga mos keladi.

Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling