Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Download 1.54 Mb.
bet14/98
Sana23.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1796280
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

Rajo – umidvorlik. Qalbning kelajakda Mahbub vasliga yetishidan umidvorligi, xavfdan qutulish umidi. Dilning sog‘inchi, intiqliklari ham shunga kiradi.
Tavakkul – barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, kullan Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e’timodli kishining iymonidir. Bu ma’rifat kamolidan keladigan oliymaqomdagi iymondir. Barcha hollarda va amallarda Ollohga suyanish, o‘zini bir faoliyat asbobi hisoblash, barchani Xudoga topshirib, Xudodan o‘zga narsalar ham xudodan ekaniga chuqur ishonish. Inson juda ko‘p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug‘ Olloh qudrati tufayli, Qudratining namoyon bo‘lishi ekanini anglash shart. Xudoning irodasi bizning irodamizga hokim. «Tavakkul – iymon haqiqatidir» (Koshoniy).
Rizo – qalbdan qabohat-kirlarning ketishi, qazovu qadar hukmiga bo‘ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirishdir. Qazo amriga taslim bo‘lgan qalbning sururi. Lohijiy: Rizo – bandaning o‘z rizosidan chiqib, Mahbub rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarra e’tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu maqomda hech narsadan g‘azab, hayajon, gina-qudrat va xafalanish bo‘lmaydi… Bunday to‘xtovsiz izlanish, ruhiy iztiroblar zamirida kuchli muhabbat, maqsadga yetishish yo‘lidagi bemisl insoniy sidqu vafo, fidoyilik yotardi. Shunday paytda iste’dodli soliklarning qalb ko‘zlari ochilar, beshta tashqi va beshta ichki (xotira, hofiza, aql, taxayyul, tasavvur) hislardan boshqa, yana hayratga soluvchi zehniy va vajdiy (intiutiv) qobiliyatlar paydo bo‘lardi.
Muhokama uchun savollar:
1. Tariqatlarning paydo bo‘lishi va mohiyati haqida gapiring.
2. Tariqatlar qaysi asrlardan boshlab, keng yoyila boshladi?
3. Maqomotning o‘ziga xos jihatlari xususida so‘zlang.
4. Maqomotning to‘qqiz xil ko‘rinishi xususida so‘zlang.


Foydalanilgan adabiyotlar:

        1. Islom tasavvufi manbalari. Toshkent, O‘qituvchi, 2005.

        2. Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, 2009.

        3. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent, 2004.




Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling