Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Taqrizchilar: Nasimxon Rahmonov


Download 1.54 Mb.
bet2/98
Sana23.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1796280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

Taqrizchilar: Nasimxon Rahmonov,
filologiya fanlari doktori, professor


Umurzoq O‘ljaboyev,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
.
Mundarija:

Kirish.......................................................................................................................5


Ma’ruza, amaliy, seminar mashg‘ulotlar.......................................................6-122
Test savollari.......................................................................................................123
Mustaqil ta’lim bo‘yicha materiallar..................................................................140
Glossariy..............................................................................................................142
Ilovalar:
Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Xorijiy o‘quv materiallari (elektron shaklda)
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)
Qo‘shimcha didaktik materiallar


KIRISH

«Tasavvuf va badiiy ijod» fani oliy o‘quv yurtlarining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasini oluvchilar uchun mo‘ljallangan.


«Tasavvuf va badiiy ijod» fanini diniy-tasavvufiy qarashlarsiz tasavvur etib va o‘rganib bo‘lmaydi.
Mustaqillikkacha mazkur fan turli mafkuraviy tazyiqlar ta’sirida o‘rganilib kelindi. Istiqlol mafkurasi tufayli adabiyotimiz tarixi namunalarini asli qanday bo‘lsa shundayligicha sog‘lom nuqtai nazar bilan o‘rganishga imkon tug‘ildi.
Odatda, adabiyot dasturida davrning tarixiga nihoyatda muxtasar to‘xtalinadi. Mazkur o‘quv-uslubiy majmuada ham har bir adabiy manba davrning ta’siri va badiiylik talablari doirasida o‘rganildi.
Adabiyotimiz tarixini o‘rganishda tasavvufiy adabiyot namunalariga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, so‘fiylik oqimlari ta’siridagi adabiyot namunalari haqidagi ma’lumotlar tahlili ilk bor majmuaga kiritildi. Shu bilan birga mumtoz adabiyotimiz namunalari matni tahlili yuzasidan ham alohida e’tiborga molik ishlar kiritildi. Bu birinchidan, talaba uchun mumtoz matn tahlili ko‘nikmasini hosil qilishda yordam bersa, ikkinchidan, talabaning ana shu matn yaratilgan davr haqidagi fikrlarining kengayishiga, adabiy manba to‘g‘risidagi ma’lumotlarining yanada ortishiga olib kelishi mumkin.
Dastur olti qismdan: kirish, ma’ruza mavzulari, amaliy mashg‘ulotlar mazmuni, seminar mashg‘ulotlari, talabalar mustaqil bajaradigan ish topshiriqlari va nihoyat informatsion-metodik ta’minotlardan iborat.
Ma’ruza zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga mos ravishda ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o‘quv (darsning) maqsadlari, nazorat savollari, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruza mavzularini tayyorlashda ta’limning ilmiyligi yoki taomilga kirgan ilm orqali bilim egallash tamoyili hamda internetdan olingan materiallardan keng foydalanildi. Har bir ma’ruza mavzusidan so‘ng adabiyotlar ro‘yxati va nazorat savollari berilgan bo‘lib, talabalar ko‘rsatilgan adabiyotlardan o‘zlarini qiziqtirtiradigan savollarga javob olishi mumkin. Nazorat savollari asosida u yoki bu masalada bahs yuritish, o‘zining bilim saviyasini o‘zi sinovdan o‘tkazish imkoni yaratiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartiblari, undan kutiladigan o‘quv maqsadlari, kerakli jihozlar, materiallar, ishni bajarish uslubiyati keng berilgan.
Majmua so‘ngida yakuniy xulosalar, fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar, informatsion-metodik ta’minotlar keltirilgan.
Muallif majmua haqida fikr-mulohazalarini bildirgan shaxslarga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling