Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Download 1.54 Mb.
bet9/98
Sana23.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1796280
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

ZIKR: Tasavvufiy hayot tarzining asosiy unsurlaridan biri bo‘lgan zikr ko‘plab oyatu hadislar orqali musulmonlarga buyurilgan va tavsiya qilingan. “Parvardigorimizning nomini (mudom) yod eting va unga butunlay berilib, (chin ixlos bilan bandalik qiling!)” (Muzammil – 73:8), “Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar!” (Azhob – 33:41) kabi oyatlar va “Parvardigorini zikr qilmagan tirik bilan o‘lik orasidadir”, “Bir qavm o‘tirib Allohni zikr qilsa ularni farishtalar o‘rab oladi, rahmat qoplaydi, ular uzra huzur, fayz inar va Alloh ularni o‘z huzuridagilar yonida zikr zikr qiladi”, “Jannat bog‘lari qanday?” deya so‘radilar, “zikr majlislari” deya javob berildi. “Yo‘llarda kezib, zikr ahlini izlab yuruvchi Allohning farishtalari bor, ular zikrulloh bilan band bo‘lganlarni ko‘rganlarida bir-birlariga “biz izlayotganlar bu erda ekan!” deydilar” hadislari tasavvuf va tariqatlarning ayrilmas qismi bo‘lgan zikrning manbaini tashkil etadi.
Muhammad alayhissalom va sahobalarining hayot tarzi: Muhammad a.s. payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin ko‘p vaqtlar tafakkurga tolgani, ba’zan Hiro g‘orida uzlatga chekinib, Alloh huzurida yakkama-yakka qolib, uning sifat va tajallilarini idrok etganlari ayni haqiqatdir. Shu xususiyati tufayli arablar unga o‘sha paytlar “Muhammad Parvardigoriga oshiq bo‘ldi”, der edilar. Yillab davom etgan ushbu tafakkur va riyozat, uni oxirgi payg‘ambar vazifasini olishga tayyorlagan va ruhini ilohiy xitobni eshitadigan darajada poklangan. Payg‘ambarimizning shaxsiy hayoti haqida hikoya qiluvchi “Shamoyil” kitoblarida yozilishicha, Allohning eng sevimli bandasi va elchisi bo‘lishiga qaramay kundalik tirikchilikda ul zot el qatori kun kechirganlar. Hatto junli kiyimlar kiyganlar, liboslariga yamoq solingan, ammo hamisha yuvilgan ozoda bo‘lgan. Qo‘y sog‘ib, xizmatkor bilan ovqatlangan. Bir xurmo bilan siylaydigan kishilarnikiga ham boraverganlar.
Islom tasavvufining paydo bo‘lishidagi yana bir unsur – sahobalarning hayot tarzlaridir. O‘zlariga har jihatdan Rasulullohni o‘rnak deb bilgan sahobalar ham zuhdu taqvo yo‘lini tanlaganlar. Imom Buxoriy “Sahih”idagi hadislarning birida aytilishicha, “Farishta Jabroilni ko‘rgan, Qur’on o‘qiganda farishtalar tinglab turganlarini ko‘rgan sahobalar bor edi”. Ular Muhammad a.s. bilan birga bo‘lib, uning ma’naviy iqlimidan nafas olganliklari bois, moddiy dunyoga iltifot qilmas, oxiratni va Alloh roziligini qidirishdan boshqa narsani o‘ylamas edilar. O‘ta nozik qalbli, Qur’on o‘qilganda ko‘z yoshlarini to‘xtaolmaydigan hazrati Abu Bakr jang chog‘ida butun borlig‘ini jangga bag‘ishlaydigan zohid – darvesh zot bo‘lib, hamisha oxirat azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rqib yashagan. Shu sababli “Koshki hayvonlar eydigan o‘t bo‘lsaydim-u, oxirat azobini, hisob-kitob kunining qayg‘usini chekmasam edi”, degan ekanlar. Buyuk sahoba va xalifa hazrati Umar ham dunyo ne’matlariga aslo e’tibor bermasdi: “Dunyo qadar oltinim bo‘lsa, Allohning azobidan qutulish uchun sadaqa qilgan bo‘lardim”, degan ekan.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf islomiy manbalar, ya’ni “Qur’oni karim va “Hadis”lar asosiga qurilgan. Tasavvuf shu islomiy manbalar hosilotidan, mazmunidan ozuqa olgan hamda oladi va ular bilan hamohanglikda, bir-biridan ajralmagan holda taraqqiy etgan, taraqqiy etadi, deb aytish mumkin.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling