Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Download 1.54 Mb.
bet8/98
Sana23.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1796280
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasavvuf va badiiy ijod

Muhokama uchun savollar:
1.Tasavvufning islomiy manbalarini ayting.
2. “Qur’on” va uning nozil bo‘lishi haqida nimalarni bilasiz?
3. “Hadis” va uning yuzaga kelishi haqida gapiring.
4. “Sunnat” nima?
4- asosiy masala bo‘yicha darsning maqsadi: Talabalarga “Qur’on” va “Hadis” lardagi axloqiy, ma’naviy fikrlar va ularning ibrat maktabi ekanligini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. “Hadis”larning asosiy qismi nimalarga bag‘ishlanganini tushuntiradi.
2. “Oyat” va “Hadis”larni farqlashni o‘rgatadi.
3. “Ladun ilmi” va ”Zikr” ni tushuntiradi.
4. Sahobalar hayoti bilan tanishtiradi.
4 - asosiy masalaning bayoni:
Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga qaratilgan. Oyat va hadislar: har bir tafakkur va madaniyat tizimi tamalida din va o‘sha dinning muqaddas kitobi yotadi. G‘arb madaniyati va tafakkur ta’limida nasroniylik va uning muqaddas kitobi bo‘lganidek, islom dini madaniyati va tafakkur tizimining muhim qismini tashkil qiluvchi tayanch omil vazifasini Qur’on va hadislar o‘taydi. Tasavvuf madaniyatini tashkil etuvchi unsurlarning barchasi Qur’on va “Hadis”lardan olingan. Ayricha, bir mutasavvifning hayotiga yo‘nalish beruvchi yagona omil yana islomiy hujjatlardir. Tasavvuf madaniyatining asosini tashkil etuvchi ba’zi mavzular asoslangan oyat va hadislarga bir necha misol keltiraylik:
LADUN ILMI: Mutasavvuflar “Biz unga (Xizrga) ladun berdik…” (Kahf - 18:65) oyatiga suyanib, zohiriy ilmdan tashqari yana ladun ilmi (botiniy ilm) ham borligini qabul qilganlar, sezgi va ilhomga tayanadigan bilim nazariya (qoida)larini ushbu tamal asosiga qurganlar. Ularning fikricha, Muso a.s.ga farishta orqali yuborilgan yoki xalqqa tablig‘ etish uchun berilgan diniy bilimlar, zohiriy ilm va shariat ilmi sanaladi. Xizr a.s. ga bevosita va maxsus berilgan diniy bilimlar esa ladun ilmi, haqiqat ilmi yoki botin ilmi sanaladi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling