Mavzu: Tashkilot va uning tashkiliy tuzilmasi Reja
Download 180.95 Kb.
|
15 Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari
Bo’limlarga ajratish.
Sizning kollejingizda talabalar xizmati bo’limi yoki moliyaviy yordam ko’rsatish bo’limi mavjudmi, bo’lganmi? Siz bu kursni boshqarish bo’limidan olgan bo’larmidingiz? Ijobiy qaror qabul qilingandan so’ng, kim tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi, ish faoliyati guruhlarga umumlashtirilgan bo’lishi lozim, shu tariqa ish komplekslashtiriladi va boshqariladi. Ish joylarining guruhlarga umumlashtirilishi departamentlarga ajratish (bo’limlarga umumlashtirish) deb aytiladi. Departamentlarga ajratishning beshta ommaviy tamoyillari qo’llaniladi, lekin korxona o’zining alohida shaxsiy tizimini ishlab chiqishi mumkin. (Masalan, otellarda mehmonxonalarda ish jarayonlarini ro’yxatga olish, sotuv va umumiy ovqatlanish, tozalikni ta’minlash va kir yuvish, texnik xizmat ko’rsatish bo’limlari bo’lishi mumkin). Aksariyat yirik kompaniyalar ushbu bo’limlarga ajratish kombinatsiyalarini yoki ularning ushbu bo’limlarga ajratish usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Masalan Yaponiyaning yirik elektron kompaniyasi o’zining bo’linmalarini funksional tamoyillarga ko’ra, jarayonning ishlab chiqarish birliklariga, sotuvini ettita jo’g’rofik mintaqa va to’rtta gurux mijozlarga moslashtirib tashqillashtiradi. “Black & Decker”komaniyasi o’zining bo’linmalarini funksional tamoyil-larga ko’ra, jarayonning ishlab chiqarish birliklariga ko’ra, mahsulot sotishni esa barcha jo’g’rofik mintaqa va mijozlar guruhlariga moslashtirib tashkillashtiradi 19. Tashkiliy tuzilma – tashkilotni boshqarishning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu tuzilma bo‘linmalar va tashkilotlar orasidagi maqsadlarni va boshqarish masalalarini taqsimlash bilan belgilanadi. Mazmunan, boshqaruv tuzinmasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha mehnatlarni taqsimlashning tashkiliy shaklidir. Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi deganda, bir – biriga qat’iy bo‘ysunadigan va boshqaruvchi, hamda, boshqariluvchi tizimlararo o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlay oladigan boshqariluvchi zvenolar majmuasi tushuniladi. Tashkilot boshqaruv tuzilmasida quyidagi elementlar ajratiladi: zvenolar (bo‘linmalar), boshqaruv daraja (pog‘ona) lari va vertikal, gorizontal aloqalar. Download 180.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling