Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish. Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur Tekshirdi: Ganiyev A. A toshkent 2023 Reja


Davlat boshqaruvi idoralari (DBI)


Download 0.79 Mb.
bet30/44
Sana16.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1501578
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
5-mustaqil ish AXXBK

Davlat boshqaruvi idoralari (DBI) bir necha darajalar bilan beriladilar:

  • markaziy hukumat - siyosiy jarayonlar natijasida tashkil qilingan yuridik shaxs, u qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bo'ladi;

  • hokimiyat idoralari va mintaqalar boshqaruvi;

  • hokimiyatning mahalliy ijroiya idoralari.

Markaziy hukumat daromadlarining kuyidagi turlarini oladi: soliqlar, bojlar, qarz mablag'lari, xususiylashtirish, har xil jamg'armalar va boshqalardan olinadigan mablag'lar.
Markaziy hukumatning xarajatlarida quyidagilar kiradi:

  • jamoaviy foydalanish xizmatlarini taqdim etish (mudofaa tashkiloti, huquqni muhoqaza qilish, sog'liqni saqlash, fan va ta'lim va h.k.);

  • uy xo'jaliklarini imtiyozli ta'minlash (turar-joy, kommunal xo'jaligi xizmatlari, non, sutning arzon navlari va h.k.);

  • ayrim kategoriyalarga transfertlar(subsidiyalar, yordamlar, imtiyozlar), shu jumladan nafaqalarga qo'shimchalar, nafaqaxo'rlar, talabalar, maktab o'quvchilari yo'l haqi qiymatining yarimi to'lash va h.k.

Oraliq iste'mol uchun tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi nokorparativ korxonalar (davlat bosmaxonalari, hisoblash markazlari, hukumat aloqasi) boshqaruvning ularni tashkil qilgan idoralari tarkibida ko'rib chiqiladi.
Notijorat muassasalar, (NTM) - bu iqtisodiy fao liyatning foyda olish maqsadini ko'zlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan sub'yektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • korporativ korxonalar, davlat boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga jamoaviy xizmat ko'rsatish;

  • aholining ma'lum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash.

NTM har xil institutsional birliklar (korporativ korxonalar, DBI, tomonidan tashkil qilinishi mumkin.
NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar bo'ladilar.
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shug'ullanishlari mumkin:
a) bozor NTM - o'z xarajatlarini to'liq yoki qisman qoplaydilar.
Ular bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar bunday NTM ga quyidagilar
kiradilar:

  • pulli universitetlar, kollejlar, kasalxonalar;

  • korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy-ta'qiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyalari va boshqalar)

b) nobozor NTM-moliyalashtirishning boshqa manbalariga
mo'ljalantirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish).
Bunday NTM ga quyidagilar kiradi:
- istemolchilar assotsiatsiyalari, uyushmalar, siyosiy partiyalar, ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning shaxsiy a'zolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan shakllantiriladi;

  • hayriya faoliyati bilan shug'ullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar, hayriya mablag'lari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;

  • hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, sog'liqni saqlash va ta'lim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling