Mavzu: Tashkilotda o`zaro integratsiyada ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlar


Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi


Download 0.91 Mb.
bet8/12
Sana08.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1659271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Info 101

Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni ko’rish uchun mo’ljallangan o’ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko’rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan veb sahifadagi Giperbog’lanishga sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog’lanishda ko’rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog’lanish barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo’yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o’zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko’plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows operastion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox.







Internet Explorer

Opera

Firefox

WWW tarmog’idagi ma’lumotlardan foydalanish uchun faqatgina brouzerlarning xizmati kamlik qiladi. Ya’ni audio hamda video hujjatlarni aks ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan yoki to’g’ridan - to’g’ri uzatilayotgan audio hamda video hujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real rlayer, Quck rlayer, Cosmo rlayer, Media rlayer dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham Internet texnologiyalarini rivojlanishi natijasida ko’pgina radioeshittirishlarini internet orqali tinglash mumkin. Avvaliga brouzer yordamida kerakli radiokanalning veb saxifasi topiladi va shundan so’ng eshittirish to’g’ridan - to’g’ri internet tarmog’iga uzatilayotgan kanalga bog’lanadi. Shunda operastion tizimda mavjud bo’lgan namoyish dasturlaridan biri ishga tushishi natijasida foydalanuvchi ushbu radiokanalni tinglash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bundan tashqari Internet tarmog’i orqali televizion ko’rsatuvlarni ham tomosha qilish mumkin. Ushbu holatda ham radioeshittirishlar kabi ma’lum veb saytlarga bog’lanish va ular orqali ko’rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. Bunday veb saytlarga mtrk.uz, oriat.uz saytlarini misol keltirish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling