Mavzu Tashqi nafas funksiyasini baholash


faoliyatiga ta`sirini baholash


Download 104.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi104.74 Kb.
#1253722
1   2   3   4
Bog'liq
2-AMALIY MASHGULOT

faoliyatiga ta`sirini baholash mavzusi bo`yicha savollar: 


1.Dozali jismoniy mashq deganda nimani tushunasiz? 
2.Tomir urushi (puls) qanday sanaladi va yoshga qarab normasi qancha bo`ladi? 
3.Arterial qon bosimini o`lchash usuli qanday bajariladi? 
4.Arterial qon bosimi yoshga qarab qanday o`zgaradi? 
5.Normotonik reaksiya nima? 
6.Gipotonik va gipotonik reaksiyalar deganda nimani tushunasiz? 
7.Distonik reaksiya qanday izohlanadi? 
8.Zinapoyali reaksiya qanday maqsadlarda qo`llaniladi? 
Ilova-2 
1-ish.O`pkaning tiriklik sig`imini aniqlash. 
Ishni bajarish tartibi: 
a)Tekshirilivchi spirometrga yaqin borib, tikka turadi. 
b)Ikki marta chuqur nafas olib, nafas chiqaradi. 
d)Uchinchi marta chuqur nafas olib o`pkasidagi havoni sekinlik bilan spirometr nayiga 
puflaydi. 
e)Shu payt tekshiruvchi spirometr strelkasi yoki chizig`i orqali raqamlarga qarab
o`pkaning tiriklik sig`imini aniqlab daftarga yozadi. 
f)O`pka tiriklik sig`imining o`rtacha normasi erkaklarda 3000-3500 ml, ayollarda 2500-
3000 ml. 
2-ish. Rozental sinamasni bajarish usuli. 
a) Tekshiriluvchi har 15 sekundda chuqur nafas oladi va spirometr nayiga puflaydi. 
b) Bu 5 marta takrorlanadi. 
d) Har bir puflagandagi spirometr ko`rsatgichi daftarga yozib boriladi. 
e) Ko`rsatgichlarning oshib boorish yoki bir xil turishi tekshiriluvchi organizmining 
chiniqqanligini ko`rsatadi. 
3-ish.Shtange sinamasini o`tkazish usuli.
a) Tekshiriluvchi 2-3 marta erkin hafas olib chiqaradi. 
b) So`ngra chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi. 
d) Nafasni chiqargach burunni barmoqlari bilan qisib, nafas olmay turadi. 
e) Tekshiruvchi sekundomerli soatga qarab, vaqtni belgilanadi. 
f) Tekshiriluvchi uzoq vaqt nafas olmay tursa, uning organizmi shunchalik sog`lom va 
chiniqqan bo`ladi. 
j) Normada bu ko`rsatgich erkaklarda 40-60 sekund, ayollarda esa 30-40 sekundni 
tashkil etadi. 

Download 104.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling