Mavzu Tashqi nafas funksiyasini baholash


-ish.Gench sinamasini bajarish usuli


Download 104.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi104.74 Kb.
#1253722
1   2   3   4
Bog'liq
2-AMALIY MASHGULOT

4-ish.Gench sinamasini bajarish usuli. 
a) Tekshiriluvchi 2-3 marta erkin nafas olib chiqaradi. 
b) So`ng chuqur nafas olib, olingan havoni chiqarmasdan barmoqlari bilan burnini qisib 
turadi. 
d)Tekshiruvchi sekundomerli soatga qarab, vaqtni belgilaydi. 
e)Tekshiriluvchining qancha uzoq vaqt turishi, organizmining shunchalik chiqqanligini 
ko`rsatadi. 
f)Normada bu ko`rsatgich erkaklarda 40-60 sekund, ayollarda esa 30-40 sekundni tashkil 
etadi. 
 
 
 
 
Ko`rish o`tkirligini aniqlash. 
Mashg`ulot turi Laboratoriya 
Mashg`ulot o`tish joyi: Laboratoriya mashg`uloti xonasi. 
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat. 


Mashg`ulot maqsadi:
1.Talabalarning ko`rish analizatori va uning funksiyasi to`g`risidagi nazariy bilimlarini 
mustahkamlash. 
2.Ko`rish o`tkirligini aniqlash va baholash usullarini o`rgatish. 
3.Maktabda ta`lim-tarbiya jarayoni (o`qish, yozish, mehnat darslari)ning ko`rish 
o`tkirligiga ijobiy va salbiy ta`siri haqida tushuncha berish. 
Mashg`ulot uchun jihozlar: 
1.S.S.Golovin yoki A.Sivsov jadvali. 
2.Ko`rsatgich tayoqcha. 
3.Kitob yoki daftar. 
Laboratoriya mashg`uloti xronokartasi. 
1.Tashkiliy qism-5 minut. 
2.O`tilgan mavzu bo`yicha talabalar bilimini aniqlash va baholash (joriy baholash) – 20 
minut.(1-ilovadagi savollarga qaralsin). 
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish – 45 minut. 
a)Yangi mavzuning ahamiyatini qisqacha tusuntirish – 5 minut. 
b)mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish – 20 minut. (2-ilovadagi ishni 
bajarish tartibiga qaralsin). 
d)Mashg`ulotni bajarish tartibi-20 minut. 
- mashg`ulotni bajarish uchun talabalar kichik guruhlarga bo`linadi; 
- har bir guruh mustaqil ravishda ishni bajaradi; 
- guruhlar bajargan ish natijasi nazorat qilinadi. 
4.Mavzuni mustahkamlash-5 minut. 
5.Uyga vazifa – 5 minut. 
a)O`tilgan mavzuni takrorlash. 
b)Kelgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish. 

Download 104.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling