Mavzu: Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati
Download 127.42 Kb.
|
Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiy-hozir.org
Uzoq muddatli davrda
4. ichki ishlab chiqarishga yangi va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilib bo’lganimizdan keyin, milliy iqtisodiyotimiz real sektori rivojlanganidan keyin sekin-astalik bilan importga ham keng yo’l ochib berish, mavjud to’siqlar darajasini kamaytirish tashqi savdo siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lishi kerak. Bu albatta iqtisodiy rivojlanganlik darajasi ma’lum darajaga yetganidan keyin qilinishi kerak bo’lgan masaladir 5. infrastruktura va transport tizimini yaxshilash, bunga erishish maqsadida davlat byudjeti daromadlaridan foydalanish. Bevosita importdan tushayotgan mablag’larni aynan shu maqsadlarda sarflash keyinchalik eksport operatsiyalariga ketadigan xarajatlarni bir necha barobarga kamayishiga sabab bo’ladi 6. banklarning tashqi savdo siyosatida faol qatnashishini rag’batlantirish. Bunga asosiy zaruriyat shundan iboratki deyarli barcha tashqi savdo operatsiyalari banklar ishtirokida bo’ladi, shunday ekan bank tizimi tashqi savdo operatsiyalarining qay darajada tez va samarali bo’lishiga ta’sir qiladi 7. eksport va import operatsiyalariga ko’maklashuvchi yangi tuzilmalar, logistika markazlari, maslahatxonalar, marketing izlanishlarini olib boruvchi tashkilotlar tashkil qilish tashqi savdo rivojiga va undagi noaniqliklar bo’lmasligining asosiy omilidir. So’ngi tahlillar shuni ko’rsatdiki mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan va eksport bilan shug’ullanishi istagi bo’lgan ko’pchilik iqtisodiy sub’yektlar asosan quyidagi savollarga javob topishga qiynalishadi: eksport operatsiyalarini tashkil qilishning huquqiy asoslari qandayligi, chet el bozoridagi vaziyat, mahsulot narxi hamda raqobatchilar shuningdek chet mamlakatdagi ta’minotchilar vaziyati haqida aniq ma’lumotlarga ega emas. Bu esa eksport holatin ma’lum darajada cheklaydi. 8. sanoatning qo’shilgan qiymat ko’p bo’lgan sohalarini rivojlantirishga, mahsulotlar turini diversifikatsiya qilishga, ularning tayyotrlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan chora tadbirlar ko’rish, loyihalar ishlab chiqish 9. bojxona siyosati, bojxona nazorati hamda tariflar hqida qo’shni mamlakatlar bilan shartnomalar imzolab ular ijrosini ta’minlash, hududiy integratsiyalar tashkil qilish 10. erkin savdo-iqtisodiy zonalarini tashkil qilish, bunday hududlarga investitsiyalar kirishiga qulay sharoitlar yaratib berish, bu bilan aholi bandligi ta’minlash hamda mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish. Bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda, Navoiydagi Erkin Iqtisodiy Savdo Zonasini tashkil qilish ishlari boshlab yuborilgani so’zimiz isbotidir. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ustuvor vazifalar bajarilsa, mamlakatimiz iqtisodi hamda tashqi savdosi rivojlangan mamlakatlar darajasiga sekin-astalik bilan yetib oladi. Keyinchalik mamlakatimiz XST larga a’zo bo’lish masalalari, integratsiya masalalari bilan aktiv shug’ullana oladi. Faol tashqi savdo siyosati mamlakatimizdagi yuqori sur’atli o’sishni ta’minlab turishga, aholi bankligini oshirishga, tashqi savdo musbat balansiga bu bilan xalqaro rezervlar oshishiga, investitsiya oqimlari o’sishiga xizmat qiladi. Download 127.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling