Eksport operatsiyalarini olib borishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar
Mamlakatimiz eksportni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tashqi savdo siyosatini olib bormoqda, bu bilan so’ngi yillarda eksport hajmi juda tezlik bilan o’smoqda, mamlakatimiz to’lov balansida muammolar umuman ko’zga tashlanmayapti. Ammo shu bilan bir qatorda eksport operatsiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi, ekspotni yanada tez sur’atlar bilan o’sishiga yo’l qo’ymaydigan bir qancha muammolar ko’zga tashlanib turibdi.
2008-yilda mamlakatimiz bo’ylab eksport operatsiyalarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlar a’zolari o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalari bunga ancha aniqlik kiritib berdi. Bunday muammolar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Importni cheklashga qaratilgan tashqi savdo siyosati
Importni cheklash natijasida nafaqat tayyor mahsulotlarning balki xom-ashyoning ham mamlakatimizga kirib kelishi sekinlashadi. Bu esa ichki ishlab chiqarishni rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi
Importni cheklash natijasida mamlakatimiz ichida chet el valyutasiga talab kamayadi, bu esa milliy valyuta qadrini oshishiga va o’z navbatida eksport hajmini pasayishiga sabab bo’ladi
Importga cheklovlar natijasida mamlakatdagi ichki narx jahon narxlaridan oshib ketadi, bu esa noqonuniy importni rag’batlantirishi va resurslarning samarasiz taqsimlanishiga sabab bo’lishi mumkin
Transaksion xarajatlarning yuqoriligi
Transaksion xarajatlar sifatida eksport qilinayotgan mahsulotlarga hujjatlar tayyorlash, moliyaviv va vaqt bilan bog’liq muammolar bojxona oformleniyalari, mahsulotlarni uchinchi davlat chegarasidan olib o’tish muammolari, eksportga soliqlar undirish jarayonlari, eksportga 100% oldindan to’lov muammolari va boshqalar kiritilgan.
Bu muammolar ichida eng kattasi eksportga 100% oldindan to’lovning mavjudligi bo’lib bu eksport jarayonini sekinlashiga yoki umuman mavjud bo’lmasligiga asos yaratadi. Eksport operatsiyalarini rivojlntirishda hujjatlar tayyorlash va ularga ruhsatnomalar olish vaqtini qisqartirish ham ancha katta rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |