Mavzu: Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo'llari. Reja


 O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi


Download 323.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana20.06.2023
Hajmi323.36 Kb.
#1631304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo\'llari(57)

1.2. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi 
iqtisodiy aloqalarning ahamiyati 
Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez 
kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish va 
rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng 
muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va 


17 
madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy 
texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat 
resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. 
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, 
ularning raqobatbardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun 
sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va 
o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab 
qilinadi
1
.. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada 
katta imkoniyatlar mavjud. 
O'zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak 
yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy a loqalar 
olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi 
yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi. 
Endilikda O'zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit 
etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni 
amalga oshirishga qodir. 
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish 
maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy 
banki, bojxona qo’mitasi tuzildi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda 
eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar 
oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda 
tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab 
chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida 
siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to'g'risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining 
1
И.А.Каримов. Узбекистан иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида. - Т.: Узбекистан, 1995. 
102-103-бетлар. 


18 
kafolatlari to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar qabul 
qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat 
sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. 
O'zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan 
iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. 
Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. 
Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy 
etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan 
tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, 
supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda. 
Respublikamiz ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - mafkuraviy taraqqiyotining 
hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat 
mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini 
ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aql- 
zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari 
birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan 
iborat o’z yo’limiz va dasturimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik 
huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, 
uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi, 
tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir. 
Hozirgi kunda yuzlab korxonalar, xususiy firmalar, kichik biznes vakillari, 
fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy 
salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. 
SHuni ham ta’kidlash lozimki, zamonaviy bilimlarsiz, yangi texnika va 
texnalogiyalarsiz bozor sharoitida muvoffaqiyatga erishish mumkin emas. 
SHunday ekan iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashqi 
iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish, jahon va ichki bozor 
kon’yunkturasini tadqiq qilish, talab va taklif munosabatlari, zamonaviy 
menejment va marketing bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni puxta egallash bugungi 
kun talabiga aylanib bormoqda. Bozor munosabatlari har bir ishtirokchisida o’z 


19 
iqtisodiy faoliyatini baholash ko’nikmalarini hosil etish, tashqi iqtisodiy aloqalar 
bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish, hamkorlarni tanlash, xalqaro marketing 
tamoyillaridan o’z faoliyatlarida foydalanish, shular asosida qarorlar qabul qilish, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, jahon bozoriga raqobatbardosh 
mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi. 
Respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va 
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari mustaqilligimizni qo’lga 
kiritish bilan vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy 
majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, aloqalarni yo’lga 
qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikamizning jahon 
iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi. 
O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda. 
Mamlakatimizda chet el firmalari mablag'i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar 
soni 6 mingdan oshib ketdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin 
mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar 
o'rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat 
ko’rsatmoqda. O'zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 
30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
birinchi 
prezidenti 
I.Karimovning 
“O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li”, 
“O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” va “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida tashqi 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan. 
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda 
milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yaratilgan tamoyillarga qat’iy rioya qiladi, 
ularni boyitib va kengaytirib borib, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning 
asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi
4 5

Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida 
respublikamizning kuch va qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro 


20 
mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini 
rivojlantirish, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar 
assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, 
hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari 
hajmi salkam 18 foizga oshdi.
5
2015 yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,3 mlrd. AQSH dollarini 
tpshkil etgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilda 26,286 mlrd AQSH dollariga teng 
bo’lgan. 
Ayni vaqtda, O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash 
hajmida ham bir muncha pasayish 2015 yilda kuzatiladi. Mazkur yilda tashqi 
savdo ko’rsatkichi 9,9 mlrd.ga teng bo’lgan. 2012 yilda esa 12,4mlrd.ni dollarni 
tashkil etgan di. 
Boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil 
etgan holda oldingi yillarga nisbatan bir muncha ortganligini ko’rish mumkin. 
2012 yilda 13,884 milliard dollarni tashkil etgan. 
Ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekiston eksport hajmi 2014 yilga 
nisbatan 5,0 foizga kamayib, yuqorida ta’kidlanganidek 25,3 milliard dollarni 
tashkil etgan, import hajmi esa 11,2 foizga kamaygan va 12,4 mlkd. dollarga 
yetgan. 
Respublikamiz tashqi savdosida nafaqat miqdoriy o’zgarishlar yuz berib 
qolmasdan, balki tarkibiy o’zgarishlar ham amalga oshirildi. Asta sekinlik bilan 
eksport tovarlari tarkibida xom-ashyo emas tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli 
darajada oshib bormoqda, shu bilan birga import tarkibi ham o’zgarib bormoqda. 
Asosiy e’tibor mashina va asbob- uskunalar, yangi texnologiyalar va “nou-xau” 
keltirishga qaratilmoqda 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p tomonlama 
aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning Yaqin 
SHarq va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqinligi va 


21 
chegaradoshligi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida joylashganligi 
tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu eksportga 
ixtisoslashgan qo’shma korxonalarni yaratish, tabiiy resurslardan foydalanish 
bo’yicha chegaradosh xo’jaliklarni tashkil qilish, erkin iqtisodiy mintaqalarni 
shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish 
imkoniyatlari vujudga keladi. Respublikamizning qadimiy “Buyuk Ipak Yo’li” da 
joylashganligi sababli yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko’prik vazifasini o’tashi 
mumkin. Ana shunday ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar, 
ishchi kuchi, madaniy qadriyatlarning harakat qilishi va ayriboshlanishi uchun 
qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin. 
Hozirgi kunda respublikamizda importni o’rnini qoplash va eksportga 
yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xorijiy sarmoyalarni ustuvor 
yo’nalishlarga jadalroq jalb qilish, ularga kafolat va imtiyozlar berish, litsenziya, 
“nou-xau”lar sotib olishda, kadrlarni tayyorlashda valyuta tushumlarini sarflashda 
erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish ushbu sohada boshqaruvni 
takomillashtirish, eng avvalo sanoat korxonalarining boshqarish va iqtisodiy 
rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, 
ularning raqobatga bardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning 
uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa 
kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash 
talab qilinadi
6
. Haqiqatdan ham jahon bozori tovarlarga, ularning sifatiga yuksak 
talab qo’yadi, raqobat kurashida yenga olgan korxonagina o’z tovarini sota oladi. 
4
И.А.Каримов. Узбекистоннинг уз истиклол ва тараккиёт йули. - Т.:Узбекистон, 1992. 24-27 бетлар. 
5
Узбекистан Республикаси биринчи Президент Ислом Каримовнинг “Бош максадимиз - мавжуд 
кийинчиликларга карамасдан, олиб бораётган ислохотларни, иктисодиётимизда таркибий узгаришларни 
изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йул очиб бериш 
хисобидан олдинга юришдир”. // Мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантириш 
якунлари ва 2016 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мухим устувор йуналишларига 
багишланган Вазирлар Махкамаси мажлисидаги маърузаси- Т.: "Халк сузи” газетаси, 2016 йил, 22 январь. 


22 
Umuman olganda, Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy 
sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, hamda zarur 
bo’lgan infrastrukturalarni yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga 
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xorijiy 
sarmoyalar bo’yicha agentlik, “O’zbekinvest” eksport-import sug’urta 
kompaniyasi, AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan “O’zAIG” interneyshnl sug’urta 
kompaniyasi va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va muassasalar 
respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini tezlashtirishda, ustuvor 
yo’nalishlarni aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va konsalting xizmatlari 
ko’rsatishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Natijada esa xorijiy sarmoyalarning 
ulushi yil sayin oshib mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. 

Download 323.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling