Mavzu: tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolligi haqida tushuncha


Download 15.88 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1390164
  1   2   3
Bog'liq
11-SINF ALGEBRA TOIFAGA


MAVZU: TASODIFIY HODISALAR VA ULARNING EHTIMOLLIGI HAQIDA TUSHUNCHA
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolligi haqida tushuncha
Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat, uning har qarich tuprog’ini saqlash, yurtga fidoiy inson qilib tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda fanga oid bilim, ko’nikma, malaka va layoqatlarini o’stirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”, “O’zingni halol bahola” o’yinlari.
Darsning ko’rgazmali qurollari: darslik, testlar, mashqlar to’plami, axborotnomalardan na’munalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; “Ma’naviyat daqiqasi”ni o’tkazish.
O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
Yangi mavzuni yoritish
Radiodan yoki televizordan “ob-havo ma’lumoti” berilganda, ba’zan, “... ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin”, “ertaga ... viloyatda momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor”, degan so‘zlarni eshitib qolamiz. Ob-havo ma’lumotida ertaga yomg‘ir albatta yog‘adi (ertaga yomg‘ir yog‘ish hodisasi albatta ro‘y beradi) deyilmayapti, balki uning yog‘ishi mumkinligi (demak, yog‘masligi ham mumkinligi) aytilyapti, xolos. Yomg‘ir yog‘ish hodisasining ro‘y berishi son jihatdan, miqdoran, 30% mi? 50% mi? 95% mi? “Ertaga” – yomg‘ir yog‘ishiga bizning ishonchimizni son bilan o‘lchash mumkinmi? degan savolni qo‘yish tabiiy. Shu bilan birga, “tavakkaliga 10 ta lotereya chiptasi olgandim, bir emas, ikkitasiga yutuq chiqdi-ya!”, “to‘satdan shu voqea sodir bo‘lib qoldi”, “tajriba uchun 100 ta urug‘ qadagandim, shundan 96 tasi unib chiqibdi” kabi gaplarni eshitgansiz, albatta. Ehtimolliklar nazariyasining muhim tushunchalaridan biri – tajriba. Biz “tajriba” (eksperiment, sinov)ni juda keng ma’noda tushunamiz. 1) Futbol o‘yinida hakam 11 metrli jarima to‘pini belgiladi. Hamma hayajonda. “Xo‘sh, to‘pni tepishga shaylanib turgan o‘yinchi uni darvozaga kirita oladimi yoki yo‘qmi? Shu imkoniyat amalga oshadimi, ro‘yobga chiqadimi yoki boy beriladimi? Qaysi bir hodisa ro‘y beradi? Buni biz muqarrar ravishda, oldindan ayta olmaymiz. O‘yin chi to‘pni darvozaga kirita olishi ham mumkin, kirita olmasligi ham mumkin. Ammo, ma’lum bir ishonch, katta ehtimollik bilan “to‘p darvozaga kiritiladi” deyishimiz mumkin, chunki shunga o‘xshash hollarning ko‘pida to‘p darvozaga kiritilgan. Futbol o‘yini ham – tajriba. Bu tajribada “qaysi komanda yutishi”, “o‘yin qanday natija bilan tugashi” kabi hodisalarni kuzatamiz, ammo tajriba – o‘yin natijasini avvaldan 100% ishonch bilan aytib bera olmaymiz. Bu tajribada biz “o‘yin yoki biror tarafning g‘alabasi bilan, yoki durang natija bilan tugashi muqarrar” deya olamiz, xolos.
2) Idishda (xaltada) radiuslari o‘zaro teng, massalari ham o‘zaro teng va bir xil materialdan yasalgan 10 ta shar bor. Ularning 5 tasi yashil, 5 tasi oq rangda. Idishdan, uning ichiga qaramasdan, sharlarni aralashtirib, bir dona shar olamiz. Olingan shar qanday rang da bo‘ladi? Idishdan shar olish ham – tajriba. Bu tajribada biz “olingan sharlarning rangi qahday”ligi hodisasini kuzatamiz. Ammo taj riba natijasini avvaldan ayta olmaymiz. Olingan shar oq rangli ham, yashil rangli ham bo‘li shi mumkin. Idishda oq va yashil rangli sharlar soni o‘zaro teng bo‘lgani uchun olingan sharning oq rangda yoki yashil rangda bo‘lish hodisasining imkoniyatlari barobar, bir xil. Bunday hodisalarni teng imkoniyatli hodisalar deymiz. 3) Yoqlariga 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlari yozilgan (yoki yoqlarida 1 ta, 2 ta, 3 ta, 4 ta, 5 ta, 6 ta “xoli” bor) kubni tashlashni ko‘raylik. Bu ham – tajriba. Tabiiyki, kub bir jinsli materialdan yasalgan bo‘lishi (yarmi metall, yarmi yog‘och emas!), tashlanganda havoda “yaxshi aylanishi” va tekis joyga tushishi kerak. Bu tajribada tashlangan kubning yuqori yog‘ida “qanday raqam paydo bo‘lishi” hodisasini kuzatamiz. Bunda 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlaridan har birining paydo bo‘lishi imkoniyatlari bir xil, o‘zaro teng.
4) Futbol o‘yinida hakam o‘yin boshlanishidan avval “tanga tashlab”, o‘yinni qaysi taraf boshlashini aniqlaydi. “Tanga tashlash” tajribasida “raqam yozilgan tomon”, “gerbli tomon”ning paydo bo‘li shi, ro‘y berishi, chiqishi hodisalarini kuzatamiz. Bunda “raqamli” va “gerbli” tomonlarning chiqishi – teng imkoniyatli. Tajribani, uning shartlarini o‘zgartirmay, ko‘p marta takrorlash mumkin, deb faraz qilamiz. Xususan, tanga yoki kubni ko‘p marta tashlash mumkin. Natijasi tasodifiy hodisa bo‘lgan tajribalarni o‘quvchining o‘zi ham ko‘plab topa oladi. Shunday qilib: 1) “tajriba” tushunchasi nihoyatda keng qamrovli; har birimizning har kungi faoliyatimizning o‘zi ham tajriba; 2) tajriba ma’lum shartlarda o‘tkaziladi (sharlarning radiuslari o‘zaro teng, massalari bir xilligi, idishdan aralashtirib olinishi; tan ga, kubning bir jinsli materialdan yasalganligi, tashlanganda havo da yaxshi aylanishi va hokazolar); 3) tajriba shart-sharoitlarini o‘zgartirmagan holda uni ko‘p marta, istalgancha takrorlash mumkin.

Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling