Mavzu: tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolligi haqida tushuncha


Download 15.88 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1390164
1   2   3
Bog'liq
11-SINF ALGEBRA TOIFAGA

1-ta’rif. Tajriba natijasida ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa tasodifiy hodisa deyiladi. Kubni otganda 5 raqamining chiqishi, tanga tashlanganda gerbli tomon tushishi, idishdan olingan sharning oq rangda ekanligi – bularning hammasi tasodifiy hodisalardir. Tasodifiy hodisalar, odatda, A, B, C, ... harflari bilan belgilanadi.
2-ta’rif. Tajriba natijasida har gal albatta ro‘y beradigan hodisa muqarrar hodisa deyiladi. Kubni tashlaganda 1 dan 6 gacha qandaydir raqamning paydo bo‘lishi muqarrar hodisa. Muqarrar hodisani U harfi bilan belgilaymiz.
3-ta’rif. Tajriba natijasida sira ham ro‘y bermaydigan hodisa ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisa deyiladi. Kubni tashlaganda 7 raqamining yoki 0 raqamining paydo bo‘li shi ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisadir. Ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisani V harfi bilan belgilaymiz. Tasodifiy hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganish, tasodifiylik olamini tadqiq qilish, uning qonuniyatlarini kashf qilish, bu qonunlarni, xulosalarni amaliyot masalalarini yechishga qo‘llash bilan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani shug‘ullanadi. Aziz Vatanimiz O‘zbekistonning buyuk olimlari Vsevolod Romanovskiy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Sa’di Sirojiddinov va ular yaratgan ilmiy maktabning chuqur tadqiqotlari jahonga mashhur.
Mavzu yuzasidan mashqlar ishlash.
60. Tasodifiy, muqarrar, ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisalarga 4 tadan misol keltiring.
61. Quyidagi hodisalardan qaysi biri: tasodifiy, muqarrar, ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisa:
1) sotib olgan lotereyangiz yutuqli;
2) siz grossmeyster bilan shaxmat o‘ynab, uni yutasiz;
3) Quyosh Sharqdan chiqadi;
4) Quyosh Janubga botadi;
5) dushanbadan so‘ng chorshanba keladi;
6) berilgan sharoitlarda piyolani to‘nkarsangiz undagi suv to‘kilmaydi;
7) sportloto o‘yinida 8, 12, 17, 22, 29, 38 sonlari yutuqli bo‘ladi;
8) payshanbadan so‘ng juma keladi;
9) 20-iyul kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘adi;
10) 10-mart kuni Farg‘onada yomg‘ir yog‘adi;
11) 1 dan 6 gacha raqamlangan o‘yin kubi tashlaganda 9; 0; 14 sonlari chiqadi.
Mustahkamlash.
62. Ikkita tanga baravar tashlandi. Bunda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni (hodisalarni) yozib chiqing.
63. Ma’mura basketbol to‘riga (savatiga) 30 marta otgan to‘pidan 20 tasini, Manzura esa 28 marta otgan to‘pidan 18 tasini tushirdi. Kim merganroq?

Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling