Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги


Tasviriy san`at darsi materiallarini boshqa fan materiallari


Download 103.33 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.33 Kb.
#1521516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tasviriy sa\'nat darslarida fanlararo aloqalari.

1. Tasviriy san`at darsi materiallarini boshqa fan materiallari
Amaliy mashg`ulotlarning asosiy yo`nalishlari bo`lajak tasviriy san`at o`qituvchilarining dars jarayonini tashkil qilish, rejalashtirish va metodik jihatdan mantiqiy ravishda amalga oshirish, sinf taxtasid bo`r bilan tasvir ishlash ko`nikma va maxoratlarini rivojlantirishga qaratilgan. Tasviriy san`atni o`qitish metodikasi fani dasturi asosida quyidagi amaliy ish turlari nazarda tutilgan:
I Umumta`lim maktablarida tasviriy san`at fanini o`tish uchun
1. Bir o`quv yili uchun tasvirli-mavzuli reja tuzish;
2. Tasviriy san`at dars turlari bo`yicha dars bayonlarni ishlash;
3. Tasviriy san`atdars turlariga ko`rsatmali qurollarni tayyorlash;
4. Tasviriy san`at darsining biror turiga namunaviy dars bayonini tuzish va namoyish etish;
5. Darslarni taxlil etish;
Sinf taxtasida bur bilan tasvir ishlash;
7.Tasviriy san`at darslaridan suxbat darsiga "Referat" yozish;
8. Kurs ishi;
9.Malakaviy ishlar talabalar tomonidan o`qituvchi raxbrligida bajariladi.
Akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida tasviriy san`at fanini o`tish uchun
Qalamtasvir – mashg`ulotlari bo`yicha rasm ishlashning asosiy qoidalari, yo`l-yo`riqlari va nazariy, amalaiy bilimlarga ega bo`lish;
2. Rangtasvir—mashg`uloti bo`yicha ranglarni ishlatishda o`ziga xos xususiyatlarini, texnologiyasini, rangshunoslik haqida nazariy va amaliy bilimlarini hamda bosqichma-bosqich qoida qonunlarini bilish.
Amaliy bezak san`ati – bo`yicha xalq amaliy san`atining turlarini o`rganish, har bir turi bo`yicha kerakli ma`lumotlarga ega bo`lishi lozim. Amaliy san`at turlaridan birini mukammal / tarixi, ishlash usullari, kerakl asbob- uskunalar va materiallari/ o`rganib sir usullarini egallash;
Kompozitsiya - qalamtasvirda, rangtasvirda, haykaltaroshlikda va amaliy san`atning har bir turida o`ziga xos yo`sinlar va o`ziga mos mazmunini tashkil qilishni, har bir san`atning turining kompozitsiya usullarini egallash bu o`sha soha xarakterini ijodiy tanlay bilish;
San`at tarixi va san`atshunoslik asoslari – bo`yicha ilmiy va nazariy asoslarini, jahon san`ati tarixiga oid bilimlarni, hozirgi zamon o`zbek rassomlarining hayoti va ijodini bilishlik;
Uslubiy asoslari - qalamtasvir, rangtasvir, amaliy san`at sirlari, haykaltaroshlik, san`at tarixi va san`atshunoslik asosilarida ko`rsatilgan bilim hamda malakalarini uslubiy jihatdan o`rgata olish sirlarini bilishi kerak. Mashg`ulot yoki dars o`tishning turli usul hamda uslublari va o`z ijodiy yondoshishlari. Talabalarga o`quvchi yoshlarga nisbatan mexrli, hamfikr bo`la olish hamda ularning psixologiyasini o`rganib ta`lim berishda to`g`ri yondasha bilish.
Dars – ta`lim tarbiyani amalga oshirishning eng qulay, eng samarali shaklidir. Jamiyatimizning turli jabxalarida bo`layotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ma`rifiy o`zgarishlar barcha fanlar qatori tasviriy san`at darslarida va metodikasiga ham yangi, zamonaviy talabalarni qo`ymoqda. Bu talabalarning asosiylari quyidagilardan iborat:
Darsda ta`limiy-didaktik, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlarni to`g`ri qo`ya bilish va ularni amalga oshirish;
Darsda ta`limning faol usul va uslublarini qo`llay bilish;
Dars jarayonida xalq pedagogikasi an`analarini, jahon pedagogikasi, ruxshunoslik, san`atimiz buyuk ajdodlarimiz o`gitlari hikmatga to`la xodisalarimiz, rivoyatlarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumki keyingi yillarda tajribali metodist olimlar, psixologlar va didaktik shart-sharoitlarga bog`liq ekanligi ko`rsatmoqda. Eng muhim shart-sharoitlar quyidagilardir:
Yaxshi darsliklar, didaktik va metodik o`quv ko`rsatmali qurollar hamda texnik vositalar;
Guruhda yaxshi psixologik muhit bo`lishi;
O`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida o`zaro munosabatlar bo`lishi.
Umumiy pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib, mavzuning didaktik maqsadini to`g`ri tashkil qilinsa darsning sifati yuqori va samarali bo`lishi mumkin.
Tasviriy san`atdan dars bayonini tuzishda pedagogik, psixologik, ilmiy metodik o`quv adabiyotlarni chuqur o`rganish asosida va shu bilan birga akademik litsey va kasb hunar kollejlarining tasviriy san`at dasturlari doirasida hamda o`quv qo`llanmalari orqali bajariladi.
Dars bayonida quyidagilar bo`lishi shart :
darsning mavzuli /turi/ ;
darsning maqsadi: ilmiy, tarbiyaviy, estetik;
darsning mazmuni;
darsning tipi;
darsning rejasi /tuzilishi/;
og`zaki takrorlash uchun savollar;
o`quv materiallarining ketma-ketligi va uning hajmi;
ijodiy ishlarning sifati va bosqichlari;
mustaqil ishlarning mazmuni va usullari;
texnika vositasiva o`quv ko`rsatmali qurollardan foydalanish;
foydalangan adabiyotlar ro`yxati;
sinf taxtasidan unumli foydalanish va pedagogik rasm ishlash;
Talabalarning amaliy mashg`ulot vaqtida o`tkazgan darslari va o`quv tarbiya mashg`ulotlari guruhning barcha talabalari, o`qituvchi ishtirokida tahlil va muhokama qilinadi. Bu muhokama va tahlillar umumdidaktik va metodik tomonlarini birlashtirib amalga oshiriladi.
Tahlil jarayonida eng muhimi talaba o`zini dars o`tkazuvchi o`qituvchi sifatida tasavvur qilib, o`z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to`g`ri baholay bilishdir. Pedagogika amaliyotga chiqishdan oldin talaba o`z safdoshlari oldida tasviriy san`at darsini mashq qilishini, bo`lg`usi o`qituvchilarning serunum professional o`sishiga yordam beradi.
Talablar tomonidan o`tilgan tasviriy san`at darsining yoki tarbiyaviy tadbirlarining gurux tahlili odatda o`zini - o`zi baholashdan, o`zining hisobatini tahlil qilishdan, darsdagi holati va pedagogik taktikasini baholashdan boshlanadi. Bundan bo`lajak pedagog uchun juda zarur bo`lgan sifatlar shakllanadi.
O`rta umumta`lim va maxsuz tasviriy san`t va maktablari hamda turli litseylarda faoliyat kiritayotgan tasviriy san`at o`qituvchilariga estetik tarbiyani olib borish va ijodiy to`garaklarni tashkil qilishi borasida bir qator vazifalar yuklanadi. Ana shu vazifalarini bajara olishlari uchun Siz talabalik davringizda yetarli bilim, malakaga ega bo`lishlaringiz lozim. Albatta, har br maktabdagi o`quvchilar qobiliyat va umumiy qobiliyatiga ega bo`lgan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyatli degan aniq bir soha, shuningdek san`atning biror-bir turiga loyoqatli, ishtiyoqi, qiziqishi kuchliroq va uni eplay olish jihatlariga ega o`quvchi, o`smirlar tushiniladi. Umumiy qobiliyatli o`quvchi o`smirning o`zlashtirish xususiyatlari ko`p qirrali bo`lishi bilan birga u ma`lum bir soxani chuqurroq o`rganishga bir muncha toqatsizroq yoki ko`nikmasi yetarli darajada shakllanmagan bo`lishi mumkin.
Tasviriy san`at sirlarini o`rganish, unga qiziqish har bir o`quvchida o`ziga xos bo`ladi. O`quvchilardagi turli xususiyatlarni hisobga olgan holda tasviriy san`atga o`quv rejalardagi soatlar bilan to`liq maqsadga amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun ham har qanday umum maktab, litsey, kollejlarda tasviriy san`at o`qituvchilari ijodiy to`garaklar tshkil qila olish qobiliyatiga, imkoniyatiga ega bo`lishlari kerak. Chunki maxsus qobiliyatli, shuningdek qiziquvchi o`quvchi va o`smirlarga sharoit yaratib berish orqali ularni ehtiyoji qondirilibgina qolmasdan, kelajakda ma`lum bir mutaxassis bo`lib shakllanishiga ham katta yordam beradi.
Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning hajmi va turlari nihoyatda xilm-xildir. Ana shuning uchun bo`lajak o`kituvchichidan tasviriy san`at soxasining biror bir turini chuqur bilim va saviyaga ega bo`lishi talab etiladi. Tasviriy va amaliy san`atni biror-bir turini mukammal egallagan soxada ijodiy to`garak tashkil etib, uni boshqara olishi mumkin.



Download 103.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling