Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги


Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tasviriy san`at darslarini o`qitish usullari


Download 103.33 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.33 Kb.
#1521516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tasviriy sa\'nat darslarida fanlararo aloqalari.

2.Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tasviriy san`at darslarini o`qitish usullari.
Sinfdan tashqari ishlarni tasviriy o`qituvchisi o`zining ish joyining sharoitiga qarab past balandligini hisobga olib maktab, litsey kollej ma`muriyati bilan birgalikda kelishilgan, davlat tomonidan belgilangan savollarsoatlr majmuasida ish rejalar tuziladi.
Har bir to`garaning turiga qarab, o`quvchi o`smirlarning o`zlshtirishiga qarab mavzular osondan qiyingacha soddadan murakkabiga qarab tuziladi. Ish rejalari asosida asbob uskunalar, har qanday to`garak uchun, tanlangan yoki ajratilgan xonaga joylashtiradi. To`garakka qobil qilish tanlov asosida uyushtiriladi. To`garakning maqsadi tanlangan tasviriy, amaliy san`atning biror bir turini mukammal sir asrorini o`rgatish va kelajakda o`quvchi o`smirga to`g`ri kasb hunarni egallashga yo`llanma berishdan iborat bo`lmog`i kerak.
Bundan tashqari tasviriy san`at o`qituvchisi sinfdan, to`garakdan tshqari tashkiliy ma`naviy ishlarni oib borish uchun ham yillik tadbirlar uyushtirish kerak. Bular sayoxatga olib chiqish, muzeylarga olib borish, har xil uchrashuvlar ma`ruzalar va mavzuli kechalar uyushtirish, sinflararo ko`rgazmalar to`garak ko`rgazmalarni uyushtirish, o`tkazish lozim.
"... Strategik maqsadlarimiz – farovan, qudratli, demokratik davlat,erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo`lmog`i zarur". Yurtboshimiz I.A.Karimovning Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi ma`ruzadagi so`zlagan nutqidan.
Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o`z farzantining baxtu-soadati, fazlu - kamolini ko`rish uchun hech narsa ayamaydi.
Talaba to`g`ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar talaba zuvalasini shakllantradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarni anglaydi his qiladi. Ma`naviyat haqida gap ketar ekan, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etdigan, inson ichki olamini boyitadigan, unin iymon irodasini, e`tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg`atadigan qudratli botiniy kuchli tasavvur qilishi kerak.
Hayotimizning boshqa soxalaridagi axvol, amalga oshirilayotgan isloxatlarimizning boshqa soxalaridagi axvol , amalga oshirilayotgan isloxatlarimizning samaradorligini avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi isloxatlarimiz samaradorligi axvol, amalga oshirilayotgan isloxatlarimizning samaradorligini avvalo xalq manaviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng va chuqur o`rganilishi, an`analarimizning saqlanashi madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji bilan uzviy bog`likdir.
Mamlakatimizda har bir inson jamiyatdagi o`z o`rnini bilishi, o`zini jamiyatning ajralmas qismi deb his etish darkor.
Yoshlar bilan ishlash masalasi alohida e`tiborni talab qiladi.
Biz vatanimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib, voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotga nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishga bog`liq ekanligini hamisha yoda tutishimiz kerak.
Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma`naviy - axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog`lom bo`lish uchun doimo qayg`urishimiz, kurashmog`imiz zarur.
Shunday ekan tasviriy san`at o`qituvchisining o`z sohasidagi savodxonligini yetarli darajada bo`lmasa, u talabalar va o`quvchi yoshlarning – tasviriy san`at borasidagi ehtiyojini qondira olmaydi.
Tasviriy san`at darslarini hozirgi zamon talabi bilan hamoxang qilib o`quvchi, yoshlarga san`at sirlarini ipidan ignasigacha ketma-ket bosqichlarini ilmiy va nazariy tushuntirib, ular ongida ma`naviyatga bo`lgan intilishlarini yanada ortirib, qiziqtirib dars va mashg`ulotlar olib borayotgan bir necha jonkuyar o`z kasbining fidoylarididan ko`plab misollar keltirsak bo`ladi. Bu borada olib borgan tajribalarimiz asosida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini tamomlagan bir qator rassom-pedagoglarning faoliyatini kuzatdik.
Malik Nabiyev, Nemat Hakimov, Abduraxmon Nurqobilov, 26 maktb o`qituvchisi Feruza Jabborovalarning o`qituvchilik va ijodiy faoliyatlari fikrimizning yaqqol dalilidir.
Nemat Hakimov, Abduraxmon Nurkobilovla ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Respublika nafis san`at maktabida ta`lim-tarbiya berayotgan rassom – pedagoglardir. Ular dars berish bilan birgalikda o`quvchi yoshlarga ijod qilishning o`ziga xos xususiyatlarini yelkama-yelka turib, tushuntirish ishlarini olib bormaqda. Tajribali bu rassom -o`qituvchilar mashg`ulotlar olib borilayotgan sinfxonalarida o`quvchi, yoshlar bilan yonma-yon o`tirib, o`zlari ham amaliy namuna ko`rsatadilar.
Shuning uchun ham murabbiy-rassomlarning egallagan maxorat sirlarini amaliy ishlarida o`quvchilar ko`zi bilan ko`rib ruxan his qilar ekan, unda san`atning nozik sirlarini tushunish imkoniyatlari kengayadi.
Har bir rasmni ishlayotganda narsa va buyumlarning tasvirlash yo`l yo`riqlarini professionallik darajasida ko`rsatishga erisha olgan o`qituvchi o`quvchi, yoshlar qalbidan alohida o`rin topa oladi. Ustozning dastgohi eng ishonchli va namunali vosita, undan yoshlar quvonch bilan andoza olishadi.
Tasviriy san`at o`qituvchisining ma`naviy qiyofast uning ijodiy izlanishlari, u yaratgan nafis, go`zal asarlar o`quvchi va yoshlarda Vatanga, san`atga, hayotga chin muhabbatini uyg`otmog`i lozim.
Respublikamizda hayotida yangicha yuksalish amalga oshmoqda.
Bu jarayon jamiyatining barcha jabhalarda, tasviriy san`at ta`limi tizimida ham yangi sifat bosqichiga ko`tarilmoqda.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`quv tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda maktab programmasi asosida o`qitiladigan tasviry san`at mashg`ulotlari narsaning asliga qarab rasm chizish; xotira va tema asosida rasm chizish, dekorativ amaliy san`at, haykaltaroshlik va san`atni fanining turlarini ko`rib chiqamiz.

Narsaning o`ziga qarab rasm chizish.


Rasmning o`ziga qarab rasm chizish maktabda o`tiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlarining asosiy turlaridan biri, hisoblanadi.
Bu mashg`ulot jarayonida o`quvchilar realistik san`at asarlarini chizish, yaratish ko`nikmalarini egallaydilar, bu darslarda ularning narsa va xodisalarining kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini aniqlay bilish, ularning hajmi, formasi, rangini, yorug`-soyasi yordamida tekislikda tasvirlash tushunchalarini egallaydilar, buyumlar nisbatini o`zaro solishtiradilar, ular o`rtasidagi farqini taqqoslash yo`llari bilan topadilar.
Maktabda narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich – bu hajmga ega bo`lmagan perespektiv qisqarishini o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydigan tekis narsalar, ya`ni daftarlar, bayroqcha, papka, o`quvchilar portfeli, bolta, arra, har xil daraxtlar barglari va shunga o`xshash boshqa narsalar rasmini old tomondan, frontal holatda chizdiriladi.
Ikkinchi bosqichda - hajmli narsalar ya`ni mevalar, gul, hayvon, odam, uy, anjomlari, qisqasi 3 o`lchovga ega bo`ladi. (eni, bo`yi va kengligi) geometrik shakllar va narsalarning chizlirishdan iboratdir.


Download 103.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling