Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги


Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tasviriy san`at darslarida kompyuterdan foydalanish va o`qitish usullari


Download 137.5 Kb.
bet4/7
Sana14.02.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1196300
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Homitova Gulnoza (2)

2.Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tasviriy san`at darslarida kompyuterdan foydalanish va o`qitish usullari..

Rasmning o`ziga qarab rasm chizish maktabda o`tiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlarining asosiy turlaridan biri, hisoblanadi.


Bu mashg`ulot jarayonida o`quvchilar realistik san`at asarlarini chizish, yaratish ko`nikmalarini egallaydilar, bu darslarda ularning narsa va xodisalarining kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini aniqlay bilish, ularning hajmi, formasi, rangini, yorug`-soyasi yordamida tekislikda tasvirlash tushunchalarini egallaydilar, buyumlar nisbatini o`zaro solishtiradilar, ular o`rtasidagi farqini taqqoslash yo`llari bilan topadilar.
Maktabda narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich – bu hajmga ega bo`lmagan perespektiv qisqarishini o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydigan tekis narsalar, ya`ni daftarlar, bayroqcha, papka, o`quvchilar portfeli, bolta, arra, har xil daraxtlar barglari va shunga o`xshash boshqa narsalar rasmini old tomondan, frontal holatda chizdiriladi.
Ikkinchi bosqichda - hajmli narsalar ya`ni mevalar, gul, hayvon, odam, uy, anjomlari, qisqasi 3 o`lchovga ega bo`ladi. (eni, bo`yi va kengligi) geometrik shakllar va narsalarning chizlirishdan iboratdir.
Birinchi-ikkinchi bosqich o`qitiladigan rasm darslarida o`quvchilar yoshi hisobga olinibgina qolmasdan balki dars jarayoni chiziladigan narsalar o`quvchilarni qiziqtiradigan bo`lishi kerak. Bu boshlang`ich davrda faqatgina emotsional ta`sir etibgina qolmay, estetik idrok etishda ham muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilar dars jarayonida birinchidan rasm chizishning asosini o`rgansalar, ikkinchidan ijodiy qobiliyatlari o`sib, estetik jihatdan tabiyalanib boradilar. I-II bosqichlarda o`ziga qarab rasm chiziladigan narsalarni to`g`ri kirishga asosiy shakilga bo`yining eniga nisbatini, qog`oz yuziga kompozitsion jihatdan to`g`ri joylashishini, bo`laklarning nisbiy o`lchovini ko`rsatib ularning bir-biriga bog`lanishini, ranglarini to`g`ri aniqlash va ularning o`ziga xos xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. I-II bosqichlarda talabalar tasviriy san`at darslarida tik, yotiq , qiya chiziqlarni to`g`ri chiza olishni kvadrat, to`g`ri burchakli, to`rtburchak, uchburchak,doira va boshqalarni to`g`ri chiza bilish va to`g`ri aytilishiga hamda chiziqlarni ko`z chamasida teng bo`laklarga to`lish qobiliyatlarini o`stirib bermoq kerak. Chizilgan rasmni akvarel, guash, bo`yoqlari bilan bo`yashdan oldin uning rangni to`g`ri aniqlab olish va shu rang nomini to`g`ri aytishga o`quvchilarni o`rgatib borish talab etiladi.
Buning uchun o`qituvchi maxsus tayyorlangan ranglik plenka, oyna yoki polietilen (sariq, qizil va zangori asosiy ranglar) materiallari orqali ko`rsatmali qurol tayyorlab o`quvchilar bilan savol-javob yordamida tanishilib chiqilsa yaxshi natijalarga erishadi. I-II bosqichlarda chiziladigan narsaning maxsus nusxasi katta o`lchovda bo`lib, yaxshi ko`rinadigan joyga o`rnatiladi. Agar chizdiriladigan narsa mayda o`lchovda bo`lsa (har xil barglar, gullar, boshqalar) ularning har bir partaga bittadan tarqatib chiqish lozim bo`ladi. I-II bosqichlari o`quvchilar narsani o`ziga qarab rasm chizganlarida chiziladigan predmetlar ular oldida shunday qo`yilmog`i kerakki, ya`ni prespektiv xodisalarni ular tasvir etmaydigan bo`lishlari kerak.
I-II bosqichlarda ko`z bilan chamalanadigan perespektiva xodisalarining elementar qoidalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, hajmli narsalarni qalam, akvarel, guash bo`yoqlari bilan yoriq-soya yordamida qalam, akvarel, guash bo`yoqlari bilan yorug`-soya yordamida qanday ko`rinsa shunday tasvirlash vazifasi qo`yiladi. 1-2 sinf o`quvchilari narsalarni faqat frontal (oldi ko`rinish). holatda chizgan bo`lsalar, III-IV va yuqori sinflar o`quvchilari narsalarni frontal holatda, burchak ostida kuz "ko`rigi" balandligida va undan pastda, yoki kuz ko`rigidan yuqorida qo`yib rasam chizadilar.
I bosqich o`quvchilari narsalar shaklini, yorug`lik manbaini hisobga olgan holda, ularning sirtda yorug` va soyalarning joylashuvi, narsa rangining yorug`lik tushushiga qarab o`zgarishi to`g`risidagi ma`lumotlarni oladilar. Shu maqsadda sabsavod va mevalarni alohida va to`p holdagi rasmlari chizdiriladi. Shuningdek, narsalarning shakli va nisbatlari proporsiyalarini o`zgarishini tasvirlay olish va ularning malakalarini o`stirish maqsadida oddiy geometrik shakllarini eslatadigan uy jihozlarini o`ziga qarab rasmini chizadilar.
I bosqichda esa to`g`ri to`rtburchak bilan chegaralangan narsalarni tuzilishini o`rganish, chiziqli perespektiva haqida tushunchalarni kengaytirish va o`stirish, hajmli narsalarni yorug` soya yordamida tasvirlab olishda o`rgatish maqsadid, o`quvchilar nisbatan burchak ostida stolga qo`yilagn kitob, yashik, korobka, qush uyasi va geometrik shakllar rasmini chizdiriladi.
I-II bosqichlarda narsaning o`ziga qarabrasm chizish darslari tasviriy san`at predmeti kursida yakunlovchibosqich hisoblanadi.
Shuning uchun bu sinflarda o`tiladigan darslar o`kuvchilarni faqatgina nazariy mashg`ulotlarini boyitibgina qolmasdan, sistematik ravishda amaliy mashg`ulotlarni o`tb ularning bilim malakalarini takomillashtirib bormoq ham kerak.
I-II bosqichlrda o`tiladigan darslar o`quvchilrga oddiydan murakkabga borish usulida nazariy va amaliy bilimlar beriladi.
Perespektiva qoidasi va uni qo`llash usullarini faqat narsalarning o`ziga qarab rasmini chizish darslaridagi emas, balki xayoldan, tasavvurdan rasm chizish dars jarayonida rassomlar haqida suxbat o`tkazish mashg`ulotlarida ham o`qo`vchilarga o`rganib, tushuntirib borish katta ahamiyat kasb etadi.
I – bosqich o`quvchilar chiziqli perespektiva bo`yicha surat tekisligi, markaziy ko`rish nuri, maydoni haqida bilimlar oladilar, va bir yoki undan ortiq kesishish nuqtasiga ega bo`lgan ufq chizigi haqida olgan stolga ma`lumotlarini yanada kengaytiradilar. I-bosqich o`quvchilar oldiga qo`yiladigan vazifalar orasida narsalar shaklini nazariy jihatdan to`g`ri kurish masalasi asosiy o`rinni egallaydi. Lekin chiziqli perepetivaning puxta o`zlashtirmasdan turib maqsadga erishish qiyin.
Narsaning o`ziga qarab rsm chizish jarayonida o`quvchilarga odam, hayvon shuningdek qushlar tulumining o`lchov nisbatlari, umumiy o`lchovlar: kalla, qo`l, oyoq, toz va boshqa plastik anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura haqida ma`lumot berib boriladi, masalan, yuzi g`adir-budur bo`lgan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo`lgan shishali, sirli narsalarning shakli chiziladi. Shuningdek, chizilayotgan narsani o`ziga o`xshatish, harakterini topa bilish bilan birga uning fakturasini ham ifoda etish talab etiladi.
Narsaning o`ziga qarab chizilgan tasvirini estetik tomonigaa ko`proq ahamiyat beriladi. Narsaning o`ziga qarab chizish darsi jarayonida har bir o`quvchi temaga oid tasviriy san`at asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy san`at asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqidagi chizilayotgan narsalarga taqqoslab ko`rsatsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu orqali o`quvchilar faqat narsaning o`ziga qarab rasm chizishdagi malakalari oshib bormasdan balki san`t asarlari namoyandalari (namunalari) bilan ham tanishib boradilar.
Masalan: biror bir sabzavot va mevalardan tashkil topgan natyurmortni o`quvchilr chizayotgan bo`lsalar shunga mos yoki shu temada bor narsalardan chizilgan O`zbekistonlik rassomlarning asarlaridan rangli reproduksiyani o`quvchilarga ko`rsatish samaralidir. Masalan: M.Nabiyev. Z.M.Kovalevskiy, N.K.K.ashina, Z.Inog`omov, A.Abdullayev rassomlarning asarlari reproduksiyalar shunga qo`l kelishi mumkin.
(reproduksiyalar vkladishi) Xayoldan va narsaning o`ziga qarab rasm ishlashda o`quvchilardan bevosita kuzatishni, predmetlar, ekran vositalari (kinofilmlar, slaydalar), kitobga ishlangan illyustratsiyalar, hujjatli materiallari talab etadi va bular badiiy obrazni yartishda o`quvchilarga katta yordam beradi.
Mavzu asosida rasm chizish darslari tasviriy san`at fanining qiziqarli mashg`ulotlaridandir. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilar o`zlari bilgan ta`sirlangan voqea va xodisalarni xayoldan tasavvur qilib tasvirini ishlaydilar. Ayniqsa o`quvchilarning kollej, kollejdan tashqari hayotlaridan olingan mavzular, hayvonlarning hayotiga oid mavzular, adabiy asarlar (ertak, masal, hikoya, she`r) tematik rasm darslarining manbai bo`lib xizmat qiladi. Tematik rasm ishlash darslarida bolalarning fantaziyasi va tasavvuri aktiv faoliyatga aylanadi.
Mavzu asosida rasm ishlash mashg`ulotlarining oldida turgan maqsad va vazifalari pedagogikaning didaktik prinsiplar va psixologiyasini ilmiy asoslari bilan belgilanadi.
Kompozitsiya yaratishning tayyorgarlik bosqichida o`quvchilar narsaga qarab rasm chizish perespektiva, rangshunoslik yuzasidan olgan bilimlaridan keng foydalanishlari kerak. O`qituvchi vazifani tushuntirishda o`quvchilarga mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish lozim.
Birgina temani tur xil mazmunda, har birining o`ziga xos ko`rinishda talqin qilgan holda tasvirlash mumkin. Masalan: "Bizning qurilishlarimiz" mavzusida o`quvchilar kuzatishlar asosida turli boshlang`ich sinflar tematik rasm chizish bolalar yosh xususiyatini e`tiborga olgan holda eng sodda bo`lgan temalar tavsiya etiladi. Bunda yil fasllariga mos keladigan temalar "Tog`da kuz", "Kuzgi ishlar", "Yangi yil archa bayrami", "Qishki o`yinlar", "Maktab bog`ida", "Navruz", "Mustaqillik kuni", kabi.
Yuqori bosqichlarda esa programma asosida quyi bosqichlariga nisbatan ancha murakkab ya`ni "Hosilni yig`ib- terib olish", "Kollej tajriba uchaskasida", "Bahor kelmoqda", "Molxona", "Hayvonat bog`ida" "Mustaqillik bayrami", "Respublikamiz mehmonlari" va boshqalari kabi mavzular bilan bir qatorda badiiy asarlarga, ertak, hikoya, masallariga illyustrativ rasmlar ham chizadilar. Konstruksiyadagi zamonaviy uylarni, har xil mashinalarni, turli ishlarni bajarayotgan odamlarni tasvirlashlari mumkin.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, o`qituvchi mavzuni qanchalik keng va to`liq tushuntirsa bolalar rasmlari shunchalik mazmundor va sifatli chiqadi. Har bir mavzuni chizishdan oldin o`quvchilar bilan ma`sul vaqtga ekskursiyalar o`tkazish mavzu asosida ishlagan asarlarni tahlil qilish hol maqsadga muvofiqdir.
Rasm chizish jarayonida chizish qiyin bo`lgan obrazlar masalan, odam, hayvon, murakkab texnika va x.kni chizish yo`llar haqida ma`lumot berish, sxematik tasvirini chizib ko`rsatadilar.
Dekorativ rasm darsi.
Dekorativ rasm darslarida o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashni imkoniyatlari ancha kattadir. Chunki bunday darslarda o`quvchilar xalq amaliy – dekorativ san`atining asl nusxalari bilan tanishadilar, uning ustalari kabi bolalar ham shu soxada ijod qiladilar. Amaliy san`atdagi ritm, rang simmetriya kabi ifodalilik vositalar haqida fikr yuritadilar. Dekorativ rasm chizish darslarida bolalar har qanday mashqning asosan tevarak-atrofdagi narsa va xodisalardan olinganligini anglashlari lozim. O`quvchilar naqsh namunasidan ko`chirish darslarida naqsh chizishning o`ziga xos xususiyatlari bilan chamalashni o`rganadilar. Tasviriy san`at xalq amaliy san`ati va badiiy hunarmandchilik an`analari bilan hozirgi zamon texnika estetikasi va badiiy bezash asoslari bilan bog`lanadi. Naqsh bilan bezatilgan buyumlarni o`qiy olishga o`rgatish boshlang`ich sinflarda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biridir. Naqsh namunasidan ko`chirma va mustaqil naqsh chizish, xalq ijodiy namunalaridan ko`rsatish, naqsh san`ati asarlaridan ko`chirish va taxlil qilish orqali o`quvchilarning badiiy didi o`stiriladi. Mustaqil naqsh chizish orqali bolalarni ijodiy qobiliyati, fantaziyasi, tafakkuri rivojlantiriladi.
O`quvchilarga o`zbek xalq amaliy – dekorativ san`ati va uning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida tushuncha berish va ularning estetik idrok etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida suxbatlar o`tkazish maqsadida muvofiqdir. Suxbatda talabalarni e`tibori turli idishlar, har xil bezatilgan kiyimlar ajoyib ishlangan o`yinchoqlar va boshqalarga qaratiladi.
Dekarativ grafik ishlarining vazifasi o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish dars jarayonida olgan bilim va malakasini hayotda amaliy faoliyat dprslari tasviriy san`at predmetining tekislikda tasvirlash, plastilin bilan ishlash, san`atni idrok qilish, kompozitsion faoliyat va boshqalarga tayangan holda o`tiladi.
Haykaltaroshlik.
Tasviriy san`atning yana bir turlaridan biri haykaltaroshlik bo`lib, u ham boshqa tasviriy san`at turlari qatori real aks ettiradi, dunyoni bilishda insonga yordam beradi, uni g`oyaviy va estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Haykaltaroshlik, jumladan, dumaloq haykal rassomlik san`atidan shunisi bilan farq qiladiki, haykalni har tarafdn ko`rish, ishlash mumkin, bu uning ifodaligini oshiradi. O`quvchilar bu darsda tekislikda tasvirlash va dekorativ amaliy faoliyat darslarida olgan bilimlari asosida ishlashadi. Bolalar yoshligidanoq haykaltaroshlik sirlari bilan tanishadilar. Shuning uchun ham maktablarda tasviriy san`atning bu turi lepka (plastilin bilan ishlash) bo`yicha dars o`tish programmalashtirilgan. Bu o`quvchilarning badiiy didlarini san`atga bo`lgan qiziqishlarini ortiradi, tabiatga insonlarda bo`lgan individual xususiyatlarini tezda anglab olishga katta yordam beradi.
Kasb-hunar kollejlarida, umumta`lim maktablarida o`quvchilar san`atning muhim turi bo`lgan haykaltaroshlikning elementlar asoslari bilan tanishadilar. Bu darsda o`qituvchi bolalarga haykaltaroshlikning mohiyati, ahamiyati haqida, haykal ishlashning o`ziga xos tomonlari haqida ma`lumot beradi.
Maktabda haykal ishlashda loy, plastilin, qisman va tabiiy shakllardan foydalanadi. Masalan, yong`oq po`chog`i, dub daraxtning mevasi, turli xil shoxchalar va hakozo.
Loy va plastilindan haykallar yasash ayniqsa boshlang`ich sinfda qo`l keladi. Bolalar loy yoki plastilinda, har bir buyumni konstruktiv tuzilishi, hajmini chuqurroq his etadi. Bolalardan tashqari bu mashg`ulotlarda bolalarning qo`l barmoqlari mushaklari rivojlanadi, fantazitsiyasini yanada kengayishiga xizmat qiladi.
San`atni idrok qilish.
Idrok etish bo`limi 1 bosqichdan 4 bosqichga asta-sekin kengayib boradi. Bu esa o`quvchilarning amaliy ishlarida borliqdagi va san`atdagi go`zallikni idrok etishga ongli ravishda yondoshish imkonini beradi. San`atni idrok qilish darslarida tasviriy san`atning tur va janrlari haqida suxbat o`tkazish mashhur san`atkor va ularning yetuk asarlarini tahlil etish, bolalarning badiiy didini o`stirishga, go`zallikni sevish va tushunishga yordam beradi.
Umumta`lim maktablarida tasviriy san`at bo`yicha suhbat o`tkazish uchun maxsus soatlr ajratilmaydi. Suhbat darslari tasviriy san`at turlari tekislikda tasvirlash, plastilin bilan ishlash, dekarativ amaliy faoliyatdarslari bilan qo`shib o`tiladi.
Bu auditoriyada suxbat uchun ajratilgan vaqt 45-minutdan oshmasligi lozim. Suxbat darslarining temasi har xil bo`lishi mumkin. Rassomlar, haykaltaroshlarning ijodlari, tasviriy san`atning tur va janrlari to`g`risida suxbatlar o`tkazilishi mumkin.
Suxbatda o`quvchilar rassomlarning hayti va ijodini asarlarini taxlil qilishga o`rganadilar. San`at asarlarini idrok etish bo`limida o`zbek, rus, jahon xalqlari hayoti va ijodini aks ettiruvchi asarlarga ko`proq vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy san`atga asarlari bilan o`quvchilarni tanishtirishda, ularga yaqin va tevarak atrofdagi hayotdan olingan temalar asosida o`tkaziladi.
Bular tabiat manzarasini aks ettirgan iste`dodli o`zbek rassomlarining O`zbekiston tabiatining go`zal manzarasi, kukupar toglari, keng quloch yoygan yam-yashil dalalarini qurilish inshoatlarini rang-barang yorqin bo`yoqlarda ifoda etilgan asarlar orqali tanishtirish mumkin.
Dars jarayonida o`zbek va boshqa xalqlar tasviriy san`atini taqqoslash usulidan qo`llab ko`rsatish maqsadga muvofiq. Agar biz O`zbekiston manzarachi rassomlar U.Tansikboyev, N.Koraxon, R.Temurovlarning chizgan rasmlari bilan tanishayotganimizda rus manzarachi rassomlari I.Levitan, A.Savrasov va I.Shishkinlarning asarlarini taqqoslab ko`rsatishimiz lozim. Bolalarni suratlarda tabiatda go`zaligini, kishilarning qadimiy va hozirgi hayotini kelgusi porloq hayotga bo`lgan ishonchini ko`rib biladilar. Badiiy obrazlar bolalarga nihoyat kuchli ta`sir ko`rsatadi, ularda turli fikr va hislar uyg`otadi.
San`atning idrok qilish bo`limining vazifasi bolalarda badiiy madaniyati idrok qilishni baholash jamiyat va kishilar orasida san`atning ahamiyatini tushunishdan iborat. Badiiy asarning o`rgatish san`atining idrok qilish ko`nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi
Tasviriy san`at haqidagi suxbatlarni o`tkazishda o`qituvchi asarlarining kompozitsion tuzilishiga, ranglar gammasiga o`quvchilar diqqatini tortish lozim. Tasviriy san`at asari haqidagi suhbat, savol-javob va hikoya qilib berish tarzidaamalga oshiriladi. Berilgan savollar bolalarni aktiv fikr yuritishga, diqqatini rassom asari mazmunining muhim tomonini idrok qilishga majbur etsin.
O`quvchilarda sportga, fantastikaga oid zo`r qiziqish uyg`otadi.
Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi ko`p jihatdan reproduksiyalar ko`rsatishning to`g`ri yo`lga qo`yilishiga bog`liq. Suratlar rangli, sifatli, hamda hamma bolalarga aniq ko`rinadigan bo`lishi kerak.
Suhbat o`tkazishda texnika vositalari (filmoskop, epidoskop, videomagitafon, diproyektor) katta yordam beradi. Bu apparatlar yordamida eng kichik hajmdagi reproduksiyalar va dioprazitivlari kattalashtirib ko`rsatish mumkin.
San`at asarlarini tahlil qilish bolalarda badiiy idrok etish masalalarini rivojlantiradi, san`at tarixidan maxsus termin va tushunchalarni o`zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Suxbat shunday tashkil etilishi kerakki, u asar mazmunini ochib beribgina qolmay, rassom jonli obraz yaratishda qanday vositalardan foydalanganligini bilib olishlariga imkon bersin. Borliq haqida suxbatlar ba`zi bir hayot xodisalarini kengroq bilib olishlariga yordam beradi, narsalarning shakli, konstruksiyasini elementar tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatlarini hamda kuzatuvchanligini o`stirish imkonini beradi.
Me`morchilik va qurish ishlari, shahar va qishloq manzarasining o`ziga xosligi va go`zalligi, me`morchilik tabiat bilan bog`likligini, binolarni turlicha obrazlar bilan tanishish, o`quvchilarni badiiy, ijodiy faoliyatlariga samarali ta`sir ko`rsatadi.



Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling