Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги
Download 137.5 Kb.
|
Homitova Gulnoza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa………….30 Foydalanilgan adabiyotlar………….31 Kirish
MUNDARIJA: Kirish………………………………………………………………………………..2 1. Tasviriy san`at darsida kompyuter grafikasining o’rni…………………4 2. Texnikumlarda tasviriy san`at darslarida kompyuterdan foydalanish va o`qitish usullari……………………….13 3.Tasviriy san`at va amaliy san`at o`qitish bo`yicha ilg`or rassom-pedagoglarning ish faoliyati bilan tanishtirish…………………………..22 4.Tasviriy san` darslarida kompyuter grafikasidan foydalanishda o`qituvchining oldiga qo`yiladigan talablar…………27 Xulosa………….30 Foydalanilgan adabiyotlar………….31 Kirish Ilm- fan, texnika taraqqiyoti va jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub yangilanishlar, shuningdek, o‘quv axborotlarining mutassil ravishda ortib borayotganligi ta’lim jarayoniga yangicha munosabatda bo‘lishni taqoza etmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga binoan ta’limning yangi modelining yaratilishi o‘qitishining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarga asosan tashkil etish shu kunnning dolzarb masalasiga aylandi. Bugungi kunga kelib ta’lim tizimi katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tmoqda. Ta’lim tizimida komputer texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Kompyuter texnologiyalari ta’lim, fan va ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi. Komyuter grafikasidan ta’lim tizimining barcha jabhalarida keng foydalanilmoqda. Fanlardan elektron darslik, ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilib o‘qituvchilar foydalanmoqdalar. Lekin qishloq joylarda ahvol qanday? o‘qituvchilar kompyuterda nima ishlar bajarmoqda, dars mashg‘ulotlarida kompyuterdan foydalanmoqdalarmi? Bunga sharoitlar yetrlimi? Degan savol tug‘iladi albatta… Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida rasm chizish, kompozitsiya yaratish, chizgan rasmlar dezaynini o‘zgartirish, naqshlarni bosqichlar asosida chizishda kompyuterdan keng foydalanish mumkin. Ayniqsa dekorativ amaliy san’atga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazishda islimiy va girix naqshlarini chizishda kompyuter grafikasidan foydalanish ishning natijadorligini oshiradi. Amaliy bezak san’atining turli bezak sohalarida va memorchilik san’atida kompyuter grafikasi dasturlaridan keng foydalanish mumkin. Hozirgi kunda maktab chizmachilik dasturiga kompyuter grafikasidan foydalanish kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilar kompyuterda to‘g‘ri chiziq chizish, tekis shakllarni chizish, grafik ko‘rinishdagi shakllarni chizish, detall ko‘rinishlarni chizish, detalning fazoviy holatini hamda uning shaklini qisman o‘zgartirishni o‘rganmoqdalar. Bu Tasviriy san`at darsligining samaradorligini oshirish yo`llaridan biri har bir dars materialini maktabda o`tiladigan boshqa fan materiallariga bog`lab o`tishdir. Rasm darslarining geometriya, mehnat, geografiya fanlari bog`lanishi ma`lum. Ko`p yillik tajriba va o`tkaztlayotgan darslar shuni ko`rsatdiki, tasviriy san`at predmeti darslari yuqoridagi fanlardan tashqari fanlardan maktabda o`qitiladigan juda ko`p tabiiy va gumanitar harakterdagi o`quv predmetlari bilan ham bevosita bog`lanadi. Maktabda o`quv pedmetlarini o`zaro bog`lab tushuntirish o`quvchilarning bu fanlarni o`zlashtirishni, albatta asoslantiradi. Rasm o`qituvchisi o`z fanini nazariy jihatdan puxta bilish bilan birga dars olib borishning metodik prinsiplarini ham chuqur bilgandagina tasviriy san`at darsini boshqa fanlar bilan bog`lab o`ta oladi. Predmetlararo bog`lanish darsining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini juda ko`p pedagog olimlar o`z asarlarida ta`kidlab o`tgan edilar. Jumladan, ulug` chex pedagogi Yag Amos Komenskiy: "Buyuk didaktika" kitobida "O`zaro bog`liq narsalarning hammasini doimo birgalikda o`rganish lozim",- degan edi. Predmetlararo bog`lanish dars materialini tushunarli qilib izoxlashda boshqa o`quv materiallaridan ijodiy foydalanish demakdir. Chunki maktabda o`qitilayotgan barcha o`quv predmetlari obyektiv borliqni va uning elementlarini o`rganadi. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling