Mavzu: Tavakkalchilik koeffitsentining tasiri va aniq ko'rinishi


Download 90.57 Kb.
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi90.57 Kb.
#1162312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3514

Ko`rsatkichlar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1

Aktivlar

149 151 126

216 066 544

428 924 412

2

Majburiyatlar

119 775 333

182 123 126

317 980 409

3

O`z kapitali

29 375 838

33 927 443

110 944 003

3-jadval

Yillarga nisbatan foiz korinishida ko`payishi yoki kamayishi





Ko`rsatkichlar

2021-yil 2019-yilga nisbatan

2021-yil 2020-yilga nisbatan

2020-yil 2019-yilga nisbatan

1

Aktivlar

187,58%

98,51%

44,78%

2

Majburiyatlar

164,47%

74,58%

52,07%

3

O`z kapitali

277,67%

227,00%

15,49%

4-jadval

Jadval malumotlariga qaraganda «Hamkorbank” ATB ning moliyaviy xolati yildan yilga barqarorlashayotganini ko`rishimiz mumkin.


2021-yili aktivlari 2019-yilga nisbatan 187,58%ga, 2020-yilga nisbatan 98,51%ga, 2020-yil aktivlari esa 2019-yilga nisabatan 44,86%ga ko`paygan.
2021 majburiyatlari 2019 yil majburiyatlariga nisbatan 164,47%ga, 2020-yilga nisbatan 74,58%ga, 2020 yil majburiyatlari esa 2019-yilga nisabatan 52,07%ga ko`paygan.
2021-yili o`z kapitali 2019-yilga nisbatan 277,67%ga 2020yilga nisbatan 227,00% ga, 2020 yil o`z kapitali esa 2019-yilga nisbatan 15,49%ga o`sgan.

«Hamkorbank” ATB ning foyda va zarar haqidagi moliyaviy ko`rsatkichlari.








Ko`rsatkichlar

2019 yil

2020 yil

2021 yil




1

Foizli daromadlar

12 458 962

18 351 425

34 948 921




2

Foizli xarajatlar

6 542 301

7 625 041

15 504 539

3

Operatsion xarajatlar

11 312 789

17 977 878

25 759 044




4

Foizsiz daromad

32 154 996

42 899 360

22 509 108




5

Foizsiz xarajatlar

18 978 421

24 814 628

5 507 491




6

Soliq to`languncha foyda

4 744 636

6 013 722

6 780 094




7

Jami yil foydasi

2 871 700

4 840 191

4 907 138




5-jadval
Yillarga nisabatan foiz ko`rinishida ko`payishi yoki kamayishi



Ko`rsatkichlar

2021yil 2019 yilga nisbatan

2021 yil 2020 yilga nisbatan

2020 yil 2019 yilga nisbatan

1

Foizli daromadlar

180,51%

90,44%

47,29%

2

Foizli xarajatlar

139,99%

103,34%

16,55%

3

Operatsion xarajatlar

127,70%

43,28%

58,92%

4

Foizsiz daromad

-30,00%

-47,53%

33,41%

5

Foizsiz xarajatlar

-70,98%

-77,81%

30,75%

6

Soliq to`languncha foyda

42,90%

12,74%

26,75%

7

Jami yil sof foydasi

70,88%

1,38%

68,55%

6-jadval

Jadval ma`lumotlari qaraganda, «Hamkorbank” ATB ning moliyaviy ko`rsatkichlari:


2021 yili foizli daromadlar 2019 yilga nisbatan 180,51%ga, 2020 yilga nisbatan 90,44%ga, 2020 yil foizli daromadlar esa 2019 yilga nisbatan 47,29%ga ko`paygan.
2021 yili foizli xarajatlar 2019 yilga nisbatan 136,99%ga, 2020 yilga nisbatan esa 103,34%ga, 2020 yili foizli xarajatlar 2019 yilga nisbatan 16,55%ga ko`paygan.
2021 yili operatsion xarajatlar 2019 yilga nisbatan 122,70%ga 2020 yilga nisbatan 43,28%ga, 2020 yil operatsion xarajatlar esa 2019 yilga nisbatan 58,92%ga ko`paygan. 2020 yili yillik sof foyda 2019 yilga nisbatan 70,88%ga 2020 yilga nisbatan 1,38%ga, 2020 yil yillik sof foyda esa 2019 yilga niisbatan 68,55%ga ko`paygan. Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda «Hamkorbank” ATB samarali faoliyat yuritib, moliyaviy holat barqaror holatga aylangan. Shuning uchun Axbor-reyting milliy reyting agentligi tomonidan barqaror deb topilgan.
Xulоsa va Takliflar
Tavakkalchilik va zahira fondini tashkil etish bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo'ladi. Bu o'zaro bog‘liq bir tomondan material xarakterga ega bo'lsa, ikkinchi tomondan hisob-kitob xarakteriga ega bo‘ladi. O‘zaro material bog'lanish - zahira foydalarini real yaratishni belgilaydi, hisob-kitob bog‘lanish to‘g‘risida gap borsa shuni ta’kidiash joiz, tez-tez tavakkalchilik koeffitsenti, samaradorlik hisob-kitobiga kiritilib boriladi. Tavakkalchilik xislatli qaysi bir tomonini tahlil qilmang unda tavakkalchilik xarajat omili shaklida bo‘lib pirovard natijada u kutilayotgan foyda shaklini omili yaqqol namoyon bo’ladi. (Bu masalalaiga biz tashkilot darajasidagi tavakkalchilikni qarab chiqishda qaytamiz). Ma’lum-ki, xalq xo‘jaligi darajasida barcha ko'rinishdagi tavakkalchilikni hisobga olish kerak, ayniqsa uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash bilan bog‘liq tavakkalchilikni, shuningdek muvaqqat va hududiy (obyekt) tavakkalchilikni ta’sirini hisobga olish lozim. Tashkilotning tavakkalchilikka moyilligini shakllantirish-bu o'z-o'zidan maqsad emas, balki faoliyatning ustuvor yo'nalishlarini yoki strategik sohalarini aniqlashning va boshqa strategik bo'lmagan biznes turlaridan voz kechishning zarur shartidir. Amalda, bu qarorlar eng qiyinidir, chunki ma'lum hududlar rahbarlari amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega deb hisoblashlari mumkin, ayniqsa, agar ular ushbu faoliyat turini davom ettirishdan moliyaviy manfaatdor bo'lsa. Xavfni hisobga olgan holda, faoliyatning barcha ko'rib chiqilgan sohalari daromadli bo'lgan taqdirda, lekin ularni bir vaqtning o'zida amalga oshirish korxonaning maqbul ko'lamini hisobga olmaganda mumkin bo'ladi.Yuqori rahbariyat tomonidan tasdiqlangan chegaralarda qarorlar bo'lim boshliqlari tomonidan qo'shimcha ruxsatisiz qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, tarmoq menejerlarining asosiy maqsadi - tavakkalchiliklar xavfi (xavflar, xususan, o'z sarmoyasi chegaralari) ostida maksimal foyda olish. Menejmentning eng past darajasida, mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi menejerlar bu nisbatni individual bitimlar, mijozlar va xizmat turlari doirasida maksimal darajada oshiradi. Xavf profilidagi farqlar, shuningdek, zaxira kapitalining miqdoriga har xil talablarni keltirib chiqaradi.
Tavakkalchilik — ehtimollik toifasiga qilgani uchun ham tavakkalchilik darajasini miqdordan aniqlash va noaniqlikni baholash jarayonida ehtimollik hisob kitoblardan foydalaniladi. Oldin aytib o'tganimizdek, tavakalchilikni miqdoriy baholashda ancha keng tarqalgan usullaridan biri — bu statistika usullaridir. Tavakalchilikni hisoblashdagi statistika usulini quyidagilar kiradi: — o'rgatayotgan tasodifiy miqdomi o'rtacha qiymati (qandaydir xatti-harakati oqibati masalan foyda, daromad va h.z.) — dispersiya; — standart (o‘rta kvadratik) og‘ish; — variatsiya koeffitsenti; — o'rganilayotgan tasodifiy miqdor uchun ehtimollikning taqsimoti statistika nazariyasidan ma’lumki, miqdoming chegaralangan (n) sonli sodir bo’luvchi qiymati uchun uning o'rtacha qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. Bu yerda Xi-tasodifiy miqdor qiymati Pi-tasodifiy miqdomi sodir bo'lish ehtimoli. O'rtacha miqdor - kutilayotgan natijaning umumlashgan miqdoriy tavsifni ifodalaydi. Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan natijalar o’lchamini belgilovchi muhim tavsif-bu o'rtachadan haqiqiy natijalarning kvadratik og'ishini o'rtacha o'lchami bo'lgan dispersiyadir. b2 = m(x-mx)2 Shuningdek bunga juda yaqin bog'liq bo'lgan va quyidagi ifoda bilan aniqlanuvchi o'rta kvadratik og'ishB=V b2 Dispersiya va o'rta kvadratik og'ishlar absolyut tarqoqlikning o'lchami bo'lib xizmat qiladi va variatsiyalangan belgilari o'lchanuvchi kattaliklar bilan o’lchanadi. O'zgaruvchanlik darajasini tahlil qilish uchun ko'p hollarda (o'rta arifmetikdan o'rta kvadratik og'ishni ifodalovchi va olingan qiymatlardan og'ish darajasini ifodalovchi variatsiya koeffitsentidan foydalaniladi.
Variatsiya koeffitsenti nisbiy miqdori hsoblanadi. Shuning uchun ham uning yordamida turli xil o‘lchov birliklarida ifodalangan belgilar tebranishini taqqoslash mumkin. Ma’lumki kutilayotgan natijalami (masalan daromad miqdorini) shakllanishi uchun, juda ko‘plab tasodifiy omillar ta’sir etadi, tabiiyki ular tasodifiy miqdor bo‘ladi. X tasodifiy miqdoming yana bir xislati uning ehtimoliyatining taqsimot qonunidir. Taqsimot tunning xislati o'rganilayotgan ko‘rsatkichlar (ariatsiyasiga ta’sir etuvchi xususiyatlar hodisalar tabiati va mohiyatidan kelib chiquvchi umumiy sharoitlami ifodalaydi.) Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaqi ijtimoiy-iqtisodiy taqsimot tavsifi uchun ko‘proq me’yoriy taqsimot qo‘llanilmoqda. Aksariyat xo‘jalik faoliyatning natijalari (daromad, foyda va h.z.) tasodifiy miqdor sifatidan qandaydir me’yorga yaqin qonuniyatga bo’ysunadi, iqtisodiy tavakkalchilikning miqdoriy baholash muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda keng qo‘llaniladi. (16, 38, 30) Shu narsa ma’lum-ki, me’yoriy taqsimot qonuniyati sodir bo'lishi, bir qancha o‘zaro bog'liq bo'lmagan omillar ta’sirida bo‘lib va bu omillarning birorta ham ustunlik qiliuvchi ta’siriga ega bo’lmagan holatidagi hodisalar taqsimoti uchun xarakterlidir. Haqiqatda iqtisodiy hodisalar, me’yoriy taqsimoti asl holda kam uchraydi, lekin, agar to‘planish bir xilligiga rioya etilsa, ko‘p hollarda haqiqiy taqsimot me’yoriga yaqin bo‘ladi.
Amaliyotda qabul qilingan taqsimotning asosli ekanligini tekshirish uchun kelishuvining turli mezonlari (empirik kuzatish va nazariy taqsimot aro) qo‘llaniladi-ki, uning oqibatlarida taqsimot qonuniyatlari to‘g‘risidagi gepotezani qabul qilish yoki inkor etish mumkin bo‘ladi. Ehtimoliyat nazariyasi va matematika statistika kursidan ma’lumki, normal tasodifiy miqdoming taqsimoti uzluksiz bo’lmadi va uning taqsimlangan differensial funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi. Bu yerda u=f (X)-har bir X nuqta uchun taqsimot ehtimoli zichligini aniqlaydi. Normal me’yoriy taqsimot fimksiyasi grafigi normal egri chiziq bo'ladi. (Guasse egri chizig'i) normal taqsimot differensial funksiyasining grafigini muhim xossasi shuki, unda normal egri chiziq va X o‘qi bilan chegaralangan maydon har doim birga teng. taqsimot zichligi funksiyasidan foydalanish tasodifiy miqdomi sodir bo‘lish tebranish (ehtimoliyati)ni hisoblash imkoni paydo bo'ladi. Ma’lum bir oraliqda tasodifiy miqdoriga tushish ehtimoliyatini baholash uchun F (X) ehtimoliy zichlikning integral funksiyasidan foydalaniladi
Umumiy holda Xoj va X* va X** o'ziga mos kelishi mumkin deyishga zarurat yo‘q. demak kutilayotgan (rejalashtirilayotgan, istalayotgan) qiymat o‘rtachadan farq qilishi mumkin. Umumiy holda chegaradagi sodir bo’lishi mum kin bo'lgan o‘zgarishlar kutilayotgan rejalashtirilayotgan qiymatga nisbatan assimetrik joylashadi. Taqsimot zichligi funksiyasi mohiyatidan kelib chiqib, o’rganiluvchi natijalar ehtimoliyati (Rl) faraz qilingan chegarada yotishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
bu yerda f(x) o'rganilayotgan karb chiqilayotgan miqdor taqsimot zichligining funksiyasi. Shunday qilib olingan ehtimoliyat R l ni kutilayotgan (rejalashtirilayotgan) natijasiga erishish ehtimoliyati darajsi deyiladi. Tabiiyki darhol faras qilingan R2 chegaradan tashqariga Xoj qiymatni tushunish ehtimoliyati qanday bo'ladi degan savol tugiladi. Normal taqsimot egri chizig'i xarakteristikasi (xossasidan) kelib chiqib quyidagini taqsimlaymiz. Normal egri chiziq bilan chegaralangan, X o‘qidagi intervalda qiymatlami qabul qiluvchi tasodifiy qiymat aniq bo'ladi, ya’ni uning ehtimoliyati 1 ga teng bo‘ladi. U holda:
Qoidaga ko'ra, kutilayotgan natijani chegrasi munosabat tomoniga (yo'nalishiga) o'gzarishi aniqlanmagan, shuning uchun R2 tarifdan aksariyat hollarda suz faqatgina R2qR
Haqiqatdan ham nisbatan sodda hollarda tavakkalchilik darajasini baholash uchun manfiy natija (R2)ni olish ehtimoli miqdoridan foydalanish mumkin.
Shuningdek biz qarab chiqqan tavakkalchilik tarifidan bu yerda tavakkalchilik tushunchasining muhim omillari hatto ko‘tarilmaganligi kelib chiqadi.
Keyingi mulohazalarimizni tasdiqlash va namoyon etish uchun quyidagi oddiy misolni keltiramiz: O’zimizni ma’lum bir enlikdagi ariqdan sakrovchi kishi deb faraz qilamiz. Agar ariq tor bo‘lib sakrovchi kishi yaxshi sportchi bo‘Isa, tavakkalchilik to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emas. Agar ariq keng bo'lib, yaxshi sportchilaming 80% sakrash ehtimoli bo'lsa, vaziyat darrov o'zgaradi. Agar chuqurligi bir metrli ariqdan emas, balki chuqurligi yuz metrli jarlikdan sakrash to'g'ri kelsachi, u holda tavakkalchilik nuqtai nazaridan muammo yana o'zgaradi. Yana albatta tavakkalchilik tarifi nuqtai nazaridan shuni e’tiborga olish muhim-ki maqsadga erishish qanday mukofot bilan rag'batlantiriladi. Bizning kundalik tavakkalchilikni baholashimiz hamma vaqt sodir bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlami sodir bo'lish holatlarini noqulay vaziyatlarda ko'rishimiz mumkin bo'lgan zararlami taqqoslashga asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimova V.A., Zaynutdinova M.B., Nazirova E.Sh., Sadыkova Sh.Sh. Tizimli tahlil asoslari. Toshkent. – “Shark”
2. Otamuradov S. Globallashuv va milliy – ma'naviy xavfsizlik. T.»O'zbekiston»
3. Peregudov L.V.Saidov M.X. Ilmiy ijod metodologiyasi
4. O,Коннор Дж.Макдермотт И. Искусство системного мышления необходимое знания о системах и творческом подходе к решение проблем.
5.Саркисян Р.Е системные анализ и принятие решение.Часть
1.Вопросы методологи.детерминование методы и модели линейного и нелинейного программирования.Учебное пособие для специальности.
6 хоффер Дж.А Джорж Ж.Ф Валачич. Современние системные анализ и проектирование
Internet saytlari:
www.fayllar.org
www.elib.buxdu.uz
www.arxiv.uz
www.azkurs.org
www.mbaza.uz

1www.elib.buxdu.uz

2www.azkurs.org

Download 90.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling