Mavzu: Tavsiyanoma rasmiy hujjat sifatinda Reja: Tavsiyanomalarning yozilish uslubi Tavsifnomalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 19.43 Kb.
bet4/4
Sana13.04.2023
Hajmi19.43 Kb.
#1355632
1   2   3   4
Bog'liq
Tavsiyanoma rasmiy hujjat sifatinda

TAVSIYANOMA
Sohibova Gulchehra filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan paytdan (2017-yil) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men G.Sohibovani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o‘zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o‘zbek tilshunosligining dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O‘tgan shu qisqa davr ichida u o‘zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko‘rsatdi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi G.Sohibovaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o‘qishga tavsiya etaman.
Fakultet guruh murabbiyi: MARDONOV B.M.
2018.16.05.
Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling