Mavzu: Tayanch harakat apparatining gigiyenasi. Reja


Download 110.71 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2023
Hajmi110.71 Kb.
#1099321
  1   2   3
Bog'liq
tayanch harakat (1)



Mavzu: Tayanch harakat apparatining gigiyenasi.


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Tayanch – harakatlanish sistemasining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati.

  2. Suyaklarning tuzilishi va o’sishi.

  3. Muskullar. Muskullarning rivojlanishi.

  4. Suyaklar shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Tayanch – harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar va boylam – bo`g`imlar passiv harakat organlari bo`ladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.


Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo`lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.

Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bo`lib, muskullar qisqarganda bo`g`imlarda harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari orqali markazdan qoluvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga keladi, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta'minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari nerv sistemasi va ichki organlarni turli ta'surotlardan himoya qiladi. Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga bog`langandir. Bu bog`liqlikni quyidagi misolda ko`rish mumkin. Muskullar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish nerv sistemasida o`zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo. Nerv sistemasining taraqqiy etishida skelet muskullarining qisqarishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki muskullarning qisqarishi tashqi muhit ta'sirlari va sezuv organlariga ta'sir etishi bilan impulslar orqa, bosh miyaga borishi tufayli bo`ladi. Bu esa nerv sistemasini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi nerv sistemasining ayniqsa nerv tolalarining miyelenlashuvi bilan bog`liqdir. Yangi tug`ilgan bolada harakatlarni tartibsiz bo`lishi, ko`pchilik efferent harakat nerv tolalarini miyelin qavatini yo`qligi bilan bog`liqdir. Shunday qilib, tayanch harakat apparati bolaning nerv sistemasi va boshqa funktsiyalarining rivojlanishi organizmning normal o`sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Bosh skeleti 2 qismga ajratiladi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bolalarda bosh skeletining yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq, bolaning yoshi ortishi bilan bu farq yo’qolib boradi. Bosh skeleti bolaning 2 yoshgacha bir tekis o`sadi. Bolaning 1,5 yoshida kalla suyaklaridagi likildoqlar to`liq suyaklashadi. 4 yoshida miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Kalla suyaklari 3 – 4 yoshda, 6 – 8 yoshda, 11 – 15 yoshgacha tez o`sadi. Bu o`sish 20 – 30 yoshgacha davom etadi.
Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog'i iehida, orqa miya umurtqa pog'onasi¬ning kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to'planadigan joyi) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi. Naysimon suyaklar - bular o'z navbatida ikki xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G'ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovaksimon (umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar.





2-rasm. Bosh suyagi.
1- peshona suyagi; 2- tepa suyagi; 3¬ensa suyagi; 4- chakka suyagi; 5- pastki jag' suyagi; 6- yuqori jag' suyag'i: 7¬yonoq suyagi; 8- ko'z yosh suyagi: 9¬
burnn suyagi.



Download 110.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling