4-rasm. Ko'krak qafasi: 1-7- haqiqiy (chin) qovurg'alar; 8-10- soxta qovurg'alar; 11-12¬yetim qovurg'alar; 13- lo'sh suyagining qiIichsimon o'simtasi.
Umurtqa pog`anasi – alohida umurtqa suyaklaridan va umurtqalararo tog`aylardan tashkil topgan. Umurtqa pog`anasi skeletining o’qi va tayanchini hosil qiladi va orqa miyani turli tashqi ta'sirdan saqlaydi. Umurtqa kanali yuqoridan miya fisi bo`shlig`iga, pastdan dumg`aza suyagining teshigi bilan tugaydi. Umurtqa pog`anasining yonida umurtqalararo teshik bo`lib, bu teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va limfa tomirlari kiradi va chiqadi. Umurtqa pog`anasi 33 – 34 umurtqalardan tashkil topgan bo`lib, bulardan 7 tasi bo’yin, 12 ta ko`krak, 5 ta bel, 5ta dumg`aza va 4 – 5 ta dum umurqalaridir. Katta odam umurtqa pog`anasi 4 ta egrilikdan iborat. 1. Egrilik bo`yin qismida oldinga qarab bo`rtib chiqqan. 2. Egrilik ko`krak qismida orqaga qarab. 3. Egrilik bel qismida oldinga qarab. 4. Dum va dumg`aza qismida orqaga qarab bo`rtib chiqqan. Bolalarning o`quv va mehnat faoliyatini tashkil etishda o`quv va mehnat sharoitlarining gigiyenaga to`g`ri kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo`lmasligi, portfelini doim bir qo`lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o`rnini gigiyenik jihatdan to`g`ri kelmasligi, o`rin-ko`rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo`lishi umurtqa pog`anasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch harakat apparatining noto`g`ri o`sib - rivojlanishiga olib keladi. Tayanch harakat apparatining gigiyenik qonunlariga rioya qilmaslik umurtqa pog`anasining rivojlanishiga ya'ni qad-qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-qomat deyiladi. Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi.
Kifotik qad – qomatli bolalarda ko`raklar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi. Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko`krak qafasi yassi, qorin oldinga chiqqan bo`ladi, umurtqa pog`anasining bel qismi normadan ko`proq oldinga bukilishi kuzatiladi.
Qo'l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyaklari va qo'lning erkin suyaklariga bo'linadi. Yelka kamari suyaklariga kurak va o'mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo'lib, ichki botiq yuzasi bilan ko'krak qafasining 2-7- qovurg'alari ustiga yopishgan bo'ladi. urakning tashqi burchagida bo'g'im yuzasi bo'lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan. O'mrov suyagi ichki tomondan to'sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U yelka bo'g'imining harakatlarida muhim ahamiyatga ega.Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi. Yelka suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak - tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi.
Suyaklar murakkab tuzilgan bo'lib, ular tarkibiga bareha epiteliy, biriktiruvehi, muskul va nerv to'qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (osteoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning organik qismi bo'lgan osseinni (oraliq oqsil modda) sintez qiladi va uning mineral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi. Suyaklar ikki qavatdan iborat bo'lib, ustki qavati qattiq, zich plastinkasimon, ichki qavati g'ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko'plab ingiehka kanalchalar bo'lib, ularda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyak usfi pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvehi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo'ladi. Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o'sishi, rivojlanishida, qad-qomatning shakllanishida muhim rol o'ynaydi.
Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish natijasida muskul to'qimasida moddalar almashi¬nuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko'payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, jismoniy mashq bilan shug'ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko'p bo'ladi. Bunday odamlarmuskullarining, qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo'lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko'payadi. Bu esa muskul tolalarining yo'g'onlashuviga va ular mustahkam bo'lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning turlari. Ya'ni ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan ko'ndalang yo'lli yurak muskullari va ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari. Mazkur mavzuda tayanch-harakatlanish sistemasining tarkibiy qismi bo'lgan ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari va ularning funksiyasi haqida tushuncha beriladi. Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l-oyoqlari ma'lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo). Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta miya qismlarida joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya'ni aksonlari tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog'langan. Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o'simtasining mayda tolalari bilan tutashgan yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta'minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarining funksiyasi bosh miya yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazla¬rining ishi buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l-oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda ulaming tonusi pasayib, shol bo'lgan qo'l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib, ular tana massasining o'rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tan a massasining 50% ini va undan ko'prog'ini tashbl etadi. Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon, patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo'ladi. Uzun muskullar asosan qo'l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo'ladi. Odam tanasining harakatlari ma'lum muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keItiruvchi nerv hujayralari, ya'ni motoneyronlarning har biri o'z tolalari orqali o'nIab va yuzlab rnuskul tolalari bilan tutashadi. Nerv tolasi muskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat maxsus plastinkalar bo'lib, ular sinaps deb ataladi. Motoneyron, uning tolasi va u tutashgan muskul tolasi birgalikda muskul-nerv harakat birligini hosil qiladi. Motoneyron qo'zg'alganda uning tolasi uchidan kirnyoviy rnoddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo'shlig'iga o'tadi. Ular rnuskul tolasiga ta' sir etib, uni qo'zg'atadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet muskullarining ishi ikki xii bo'ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odarn tanasi va uning ayrim qismlari ma'lum vaqt davomida zarur bo'lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo'lni. oldinga yoki yuqoriga ko'tarib turish, start oldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida ko'rsatilgan zarur vaziyatlarda ma'lum vaqt saqlanishini ta'minlaydi.
Ko‘ndalang-targ‘il mushaklar. Bu mushaklar 3 asosiy xossaga: 1) qo‘zg‘aluvchanlikka, ya’ni membranani ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, ta’sirotga harakat poten-sialini vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyatiga; 2) o‘tkazuvchanlikka, ya’ni harakat potensialini tola bo‘ylab tarqatish qobiliyatiga va 3) qisqaruvchanlikka, ya’ni qo‘zg‘alish natijasida kaltalanish yoki o‘z tarangligini o‘zgartirish kabi hossalarga ega.
Mushak tolalarining qo‘zg‘aluvchanligini asab tola-larinikiga nisbatan ancha past. Bu mushak tolasi membranasi tinchlik potensialining miqdori asab tolasi-nikidan ko‘proq bo‘lishiga bog‘liq (mushakda - 90mV). Ammo ikkala membrananing depolyarizatsiyalanish kritik darajasi bir xilda - 50mV. Demak, asab tolasini qo‘zg‘atish uchun uning membranasini 20mV ga depolyarizatsiyalash kifoya qilsa, mushak tolasida harakat potensialini paydo qilish uchun uning membranasini 40mV ga depolyarizatsiyalash kerak. Shuning uchun mushak tolasini qo‘zg‘atadigan elektr tokining bo‘sag‘a kuchi, asab tolasini qo‘zg‘atadigan bo‘sag‘adan ko‘p. Mushak tolalarida harakat potensialining amplitudasi 120 - 130mV ni tashkil qiladi. Uning davomi tez mushak-larda taxminan 2ms ga, sekin mushaklarda - 2 - 3ms larga teng. Boshlangan nuqtadan bu potensial tola bo‘ylab ikki tomonga 3 - 5 ms tezlikda o‘tkaziladi.
Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning bir qancha turlari
mavjud. Ko‘krak sohasiga butsimon yoki spiral (aylanma) shaklidagi bog‘lamlar qo‘yiladi. Spiral bog‘lam qo‘yish uchun bintning uch tomonidan taxminan 1,5 m chamasi uzunlikda kesib olinib, sog‘lom kift, yelkaga solinadi va ko‘krak ustiga qiyshaytirib osib qo‘yiladi. Keyin bintni spiral (aylanma) holatida asta-sekin yurgizib, ko‘krak qafasi orqa tomonining pastidan yuqori tomon aylantirib o‘rab chiqiladi, bintning uchi mustahkamlanadi. Ko‘krak sohasiga butsimon bog‘lam qo‘yish avvalo bintni mahkam ushlab turadigan qilib, ko‘krakni 2-3 marta gir aylantirib o‘rash bilan pastdan yuqori tomon amalga oshiriladi, so‘ngra yelkaning o‘ng tomonidan chap kiftga o‘tkaziladi, keyin esa, bintni ushlab turadigan qilib aylantirib o‘raladi, pastdan o‘ng kift osha yana ko‘krak qafas aylantirib o‘raladi va nihoyat, bint o‘ramining uchi to‘g‘nog‘ich bilan mustahkamlanadi. Ko‘krak qafasi sohasida teshib o‘tgan jarohat (pnevmotoraks) bo‘lgan paytlarda jarohat yuzasi, ayniqsa uning teshigini individual bog‘lam paketining rezinali g‘ilofidagi steril ichki yuzasi bilan berkitish, uning ustidan esa steril yostiqchalarni bostirib, mustahkam qilib bog‘lash nihoyatda muhimdir. Mabodo maxsus g‘ilof qo‘l ostida bo‘lmaganida jarohat yuzasi, ayniqsa uning teshigini yopish va havo o‘tkazmaydigan qilib berkitish uchun yopishqoq plastirdan mohirona foydalansa ham bo‘ladi. Buning uchun jarohat yuzasi yopishqoq plastir bilan yopilgach, uning ustidan 3-4 qavat bint yoki salfetka, bir qavat paxta qo‘yilib, mahkam bog‘lanishi lozim. Pnevmotoraksga sabab bo‘lgan, buning ustiga qonab turgan jarohatlar mavjud bo‘lgan hollarda yopishqoq plastir yordamida germetik bog‘lam qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday hollarda jarohat ustiga havo o‘tkazmaydigan materiallar (klyonka, selofan) qo‘yib, ustini paxta yoki doka bilan qattiq bog‘lab qo‘yish, shikastlangan odamni zambilga solib, yarim o‘tirgan holatda zudlik bilan yaqin atrofdagi tibbiy muassasaga yuborish joiz. Qo‘l panjasining kaft yoki orqa tomoni shikastlanganida butsimon bog‘lam kaft ustida ushlab turadigan o‘ram bilan boshlanadi, so‘ngra bint ko‘rsatilganidek, qo‘l panjasining orqasidan kaftiga o‘tkaziladi. Yelka va bilakka spiralsimon bog‘lam solinadi, bunda bintni dam-badam
qayriltirib, pastdan yuqoriga o‘raladi. Tirsak bo‘g‘imi shikastlanganida bint
spiralsimon shaklda o‘raladi, bunda bint o‘ramlari tirsak chuqurchasidan kesishtirilib, yelkaga solib o‘raladi. Yelka bo‘g‘imini bog‘lashda bintni avval sog‘lom tomondagi qo‘ltiq osti chuqurchasidan ko‘krak va shikastlangan yelkaning tashqi yuzasi orqadan sog‘lom qo‘ltiq osti chuqurchasi osha ko‘krakka o‘tkaziladi va bo‘g‘imning hammasi bekilmaguncha bint o‘ramlari qaytalanaveradi, keyin bint uchi tug‘nog‘ich bilan ko‘krakka ilib qo‘yiladi.
|
Foydalanilgan adabiyotlar
N.R. Ochilova, G. S. Muratova, D.R Karshieva.The Importance of Water Quality and Quantity in Strengthening the Health and Living Conditions of the Population. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES 2 (5), 399-402. 2021.
A.N Asadulloev, N.R Ochilova, O.G Jabbarova. Healthy lifestyle ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11 (1), 1835. 2021.
O.Mavlonov, T.Tilavov, B.Aminov “Odam va uning salomatligi”.
O’quv uslubiy qo’llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |