Mavzu: Temuriylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari Reja


Download 81.02 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi81.02 Kb.
#1599035
  1   2   3
Bog'liq
Temuriylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari


Mavzu: Temuriylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari

Reja:

1. Temuriylar davri adabiyoti


2. XV asrning II yarmi va XVI asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot.
3. Davr madaniy va adabiy muhitining asosiy manbalari.
4. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti
Sayfi Saroyi
Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
Lutfiy
15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Xorazmiy
Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
Husayniy(Husayn Boyqaro)
Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
Alisher Navoiy
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Atoyi
Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
Sakkokiy
15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.
Gadoiy
Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.
XV asrning ikkinchi yarmi Movarounnahr va Xurosonda temuriylar saltanatining yakuniy davridir. Bu davrda Movarounnahrda temuriyzoda Sulton Abusaid mirzo (vaf.1468), uning o‘g‘illari Sulton Ahmad mirzo (vaf.1494), Umarshayx mirzo (vaf.1494), Sulton Mahmud mirzo, Boysunqur mirzo, Sulton Ali mirzolar saltanati davom etgan bo‘lsa, Hirot markazligidagi Xurosonda esa Abulqosim Bobur mirzo (vaf.1457), Abusaid mirzo (vaf.1468)lardan so‘ng 1469 yildan 1506 yilgacha Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik qildi.
Samarqand markazligidagi Movarounnahrda Sulton Ahmad mirzo hukmronligi davrida (1458-1494) naqshbandiya sulukining murshidi-rahnamosi Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Valining (1404-1490) faoliyati tufayli nisbatan tinchlik va osoyishtalik davom etgan edi. Bu holni Zahiriddin Muhammad Bobur ham alohida ta’kidlab, shunday yozadi:
«Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat va farog‘at (osoyishtalik va rohat) bilan o‘tkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja (Ahrori Vali) jihatidin adl va shar’ tariqi bila edi». Shuning natijasida unda ilmiy-adabiy muhit ham, madrasalarda ta’lim ham, hunarmandchilik va me’morchilik sohasidagi faoliyat ham davom etardi. Bu davrda turli fanning allomalari, jumladan, Ali Qushchi (1470 yilgacha), Fazlulloh Abulaysiy; shoirlardan Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mavlono Riyoziy, Mirzobek va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan edilar. Me’morchilik va hunarmandchilikning eng yaxshi namunasi bo‘lmish Ishratxona oromgohi ham shu davrda yashagan mohir me’mor va san’atkorlar ijodiy mehnati natijasidir.
Hirot markazligidagi Xurosonda Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik davrining ko‘pchilik qismi ham uning do‘sti Alisher Navoiy, ustozi Abdurahmon Jomiy, amir Shayximbek Suhayliy, Pahlavon Muhammad va boshqalar ko‘magida samarali tarzda davom etdi.
Sulton Husayn Boyqaro davridagi Xuroson, xususan, Hirotning holati Alisher Navoiyning turli asarlarida Mirxond va Xondamir «Ravzat us-safo»sining ettinchi jildida, Bobur «Boburnoma» sida, Sulton Husayn Boyqaroning o‘zi yozgan «Risola»sida, Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’» yodnomasi va boshqa asarlarda batafsil bayon qilingan.
XV asrning oxirlarida Movarounnahr va Xurosonda ham notinchlik yuzaga kela boshlaydi. Buning sababi, bir tomondan, amiru amaldorlarning o‘zaro nizolari, shohzodalarning esa toju taxt uchun kurashlari sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Movarounnahr shimolida Dashti Qipchoq va Turkistonda Shayboniyxon (1451-1510) boshliq guruhlar xuruji, Movarounnahrga hujumlarining kuchayishi; Xuroson g‘arbida esa Tabriz markazligidagi safaviylar davlatining mustahkamlanib borishi temuriyzodalar hukmronlik qilayotgan hududlardagi barqarorlikka tahdid sola boshladi. Bularning natijasida Shayboniyxonning Movarounnahrni qo‘lga kiritishi va 1507 yilda Xuroson poytaxti Hirotni bosib olishiga sabab bo‘lgan edi. 1510 yilda Ismoil Safaviyning (1486-1524) Shayboniyxon ustidan g‘alabasi Movarounnahrda Shayboniylar, Xurosonning ko‘pchilik qismida esa safaviylar xonadonlarining hukmronliklarini yuzaga keltirdi. Faqat Kobul markazligida Xurosonning sharqiy hududida temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning saltanati saqlanib qolib, keyinchalik u Shimoliy Hindistonda boburiylar saltanatini maydonga keltirdi.


Download 81.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling