Mavzu: Temuriylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari Reja


XV asrning ikkinchi yarmi-«Temuriylar davri haqiqatan ham ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq uyg‘onish davri edi


Download 81.02 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi81.02 Kb.
#1599035
1   2   3
Bog'liq
Temuriylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari

XV asrning ikkinchi yarmi-«Temuriylar davri haqiqatan ham ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq uyg‘onish davri edi.
Islom Karimov
Mazkur davr ma’naviy hayotida boshqacha hol ko‘zga tashlanadi. Naqshbandiyaning mohiyatini ifoda etuvchi «dil ba yoru dast ba kor» (ko‘ngilda yoru qo‘l ishda) iborasi insonning o‘zligini idrok etishi, qobiliyatini namoyon etishiga yo‘naltirilgan edi. Xuddi shuning uchun mazkur davrdagi ilmiy, madaniy va adabiy hayotda erkin fikrlilik, dunyoqarash ko‘lamining kengligi, san’atning turli sohalari, jumladan, rassomlikda (masalan, Kamoliddin Behzod (1455-1535)) – yangi tamoyillar - tarixiy shaxslar – Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Shayboniyxon, Abdullo Hotifiy va boshqalar portretlarining yaratilgani va Sharq rassomchiligi – miniaturasida portret janrining rivojlangani (xuddi shuning uchun shved san’atshunos olimi Martin Behzodni «Sharq Rafaeli» deb ulug‘lagan edi), mehnat jarayonining aks ettirilishi (madrasa qurilishi manzarasi) kabilar maydonga keldi.
Bunday holni musiqa (Xoja Kamoliddin Udiy, ustod Qulmuhammad Udiy, G‘ijjakiy, Qo‘buziy; Xoja Abdulloh Sadr Qonuniy), xattotlik (Sulton Ali Mashhadiy, mavlono Sulton Ali Qoiniy), hunarmandchilikning boshqa sohalarida ham (masalan, amaliy san’at – Hoji Muhammad Naqqosh yaratgan sandiq soat) kuzatish mumkin.
Ilm va san’atning turli sohalari bilan chambarchas aloqada bo‘lgan adabiy muhitda ham ana shunday rivojlanish ko‘zga tashlanadi.
Bu davr ilmiy-adabiy muhitini quyidagi manbalarda o’z aksini topgan:
«Ravzat us-safo» - (pokizalik bog‘i) tarzida mashhur bo‘lgan bu asarning to‘liq nomi «Ravzat us-safo fi siyar ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo» (Payg‘ambarlar, xalifalar va shohlarning tarjimai holidagi pokizalik bog‘i) bo‘lib, etti jilddan iborat bu asarning mualliflari Muhammad ibn Xovandshoh Mirxond (1-6-jildlar) va uning nevarasi G‘iyosiddin Xondamir (7 – jild)dir.
«Boburnoma». Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub bo‘lgan bu jahonshumul asarda mazkur davr adabiy muhitining ko‘pgina namoyandalari – Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro Husayniy, Abdurahmon Jomiy, Badriddin Hiloliy, Kamoliddin Binoiy, Sulton Ali Mashhadiy, Shayhimbek Suhayliy va boshqalar haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud.

Download 81.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling