Mavzu: texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism


O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari


Download 1.46 Mb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1613207
1   2   3   4   5   6   7
O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo‘lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o‘ziga xos, ilgari mavjud bo‘lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g‘oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g‘oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.
Keltirilgan tamoyillar har biri o‘z o‘rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g‘oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tatbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini ta’kidlaydi. Shu sababli mazkur tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi:
1. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2. Tashqi muhit, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy ta’sirlarni baholashda ular umumiy yig‘indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Baholash har bir salbiy ta’sirning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng yuqori natija asosida olib boriladi.
4. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan ko‘rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy holatlar yig‘indisiga nisbatan o‘rganiladi.
5. Ijodkorlik g‘oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko‘rsatgichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi, ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o‘rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko‘rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6. Yaratilayotgan ijodkorlik g‘oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tatbiq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi.
7. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy ta’sirlarning eng og‘ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig‘indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab chiqilgan ijodkorlik g‘oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o‘rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda yaratiladigan ijodkorlik g‘oyalarining ekologiyaga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo‘lishi ta’minlanadi.
Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligining eng maqbul ko‘rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligi ko‘rsatkichlari bilan uni amalga oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar topiladi.
2. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4. 1,2,3 ko‘rsatgichlarning o‘zaro aloqadorligi aniqlanadi.
5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashda eng maqbul hisoblanadi.


  • Yangi ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Ekologik samaradorlikning ikkinchi shakli mavjud ishlab chiqarish vositalari yoki usullarining keltirayotgan zararini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Har ikkala shakldagi ijodkorlik yechimlarini joriy qilishda uning ekologik zahirasi degan baholash mezoniga asoslanadi. Ekologik zahira ijodkorlik texnik yechimini tatbiq qilishda erishish mumkin bo‘lgan eng oliy ekologik samara bilan amalda erishilgan ekologik samaradorlik o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Mazkur ekologik zahira ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti uchun asos vazifasini o‘taydi. Ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti texnik yechimlar muqobil variantlarini ularning ekologik jihatdan nomukammalligini baholashda aniq mezonga tayanib ish ko‘rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligini aniqlash uning ijtimoiy bahosini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

  • I jodkorlik g‘oyasi amalda qo‘llanilishining ekologik pasporti uni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ekologik jihatdan zararli hodisalarning mos ravishdagi shartli chegaraviy texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlarning qiymatlariga asoslanadi. U turli maqsadlarda foydalaniladigan ijodkorlik g‘oyalari turli ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishda, ekologik xavfsizlik mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadi. Ijodkorlik g‘oyasini qo‘llashning shartli ekologik pasporti sifatida amalda eng yaxshi texnik yechimlarga erishgan ekologik natijalari olinishi mumkin.


  • Ijodkorlik yechimining ekologik pasportini ishlab chiqishda organoleptik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, texnologiyaning chegaraviy samaradorlik ko‘rsatgichini hisoblash kabi uslublardan keng foydalaniladi. Har bir uslubni qo‘llashning tor ixtisoslikdagi holatlari ham mavjud, biroq umumiy holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo‘llaniladi.

  • Shunday qilib, ijodkorlik g‘oyalarining xavfsizlik mezonlari ham uning asosida ijodkorlik g‘oyasi ekologik pasportini ishlab chiqilishi mazmunining tahlili natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

  • - ekologik muammolarni hal qilishda ijodkorlik g‘oyalari asosida yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi;

  • ishlab chiqilayotgan ijodkorlik g‘oyalari baholash mezonlari ularning ekologik jihatdan keng qamrovli tahlil qilinishini, bunda uning nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlarga ham ko‘rsatadigan ta’sirlari o‘rganilishini texnik yechimlarning zararli ta’sirlarini tamoman bartaraf etadi;

  • ijodkorlik g‘oyalarining ekologik xavfsizligini ta’minlash mezonlari haqqoniy baholash ko‘rsatkichlariga asoslanganligi va kishilik jamiyatining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli ularni barcha texnik-texnologik jarayonlar ekologik ko‘rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi.




5. O‘quvchilar texnik ijodkorligining metodologik asoslari
Texnik ijodkorlik masalalari maqsadi va vazifalaring to‘liq muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan bilish nazariyasi va metodologiyasiga, ijodkorlik jarayonidagi o‘zlashtirishlar psixologiyasiga, faoliyatning didaktik tamoyillariga va ijodkor shaxsni shakllantirish hamda tarbiyalashning pedagogik asoslariga tayanadi. Chunki, nazariya va metodologiya tushuncha, g‘oya, qarashlar xilma xilligi, tasavvurlar, shakl, usul va tamoyillarni tekshirib oydinlashtiradi.
Bu esa, ijodkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Texnik ijodkorlik tushunchasini talqin etishdan oldin, uning asosiy tashkil etuvchisi– «faoliyati» ning mohiyatini oydinlashtirib olamiz. Faoliyat – bu o‘rab turgan tashqi dunyoni maqsadga muvofiq o‘zgartirish va qayta qurishga yo‘g‘rilgan insonlarning o‘ziga xos faol munosabatlari shakli. O‘quvchilar texnik ijodkorligi odatda amaliy faoliyat sifatida namoyon bo‘lsada, aslida u nazariya bilan asta–sekin boyib boradi, bu esa texnik ijodkorlikni ham nazariy va ham amaliy faoliyatlar majmuasi deb qarashni taqozo etadi . Texnik ijodkorlikning amaliy ishlar va nazariyalar bilan birligi tushunchasi uni quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
Texnik ijodkorlik – bu o‘quvchilarni mehnat, o‘qish, yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, o‘zini–o‘zi takomillashtirish va shaxsiy moyilligi (layoqatini) ro‘yobga chiqarishga tayyorlash, tanlagan kasbi va mutaxassisligiga oid qobiliyat va olg‘a intilishlari bo‘yicha ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatdir. O‘quvchilar texnik ijodkorligiga qay yo‘sinda ta’rif berilmasin, shu narsa aniqki, ularning barchasi ularning texnik fikrlashini rivojlantirish va tarbiyalash bilan bog‘liq faoliyatni o‘zida ifodalaydi va fanlararo nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga qo‘llashga qaratilgan. Bu faoliyatda nazariya eng muhim hisoblanadi, chunki aynan nazariy g‘oyalar avval tug‘iladi, so‘ngra ular amalda sinab ko‘riladi. Odatda, nazariya faoliyat bilan birga foydalanilmaydi, ba’zan nazariyaning rivojlanishi va shakllanishi amalga oshishi uchun bir necha yillik kuzatish, tadqiqot va tajribalar o‘tkazishni talab qiladi. Shundan so‘nggina ya’ni nazariya o‘zini amalda oqlagandan so‘ng texnik ijodkorlikda qo‘llaniladi .
Texnik ijodkorlikda qo‘yilgan masalaning yechimini topishning ikkita yo‘li mavjud bo‘lib, ular fikriy tasavvur harakatining xuddi jo‘natish punktidan chiqayotgan transport singari alohidalikdan, maxsuslikka va undan umumiylik tomon borish va aksincha, umumiylikdan chiqib, maxsuslikka va undan alohidalik tomon kelish yo‘llaridir. Bundan, ilmiy fikrlash (tafakkur)da ikkita o‘zaro bir-biridan farq qiluvchi yo‘nalish mavjudligi kelib chiqadi: birinchisi-tafakkurning kashfiyot, haqiqatni bilish tomon harakatlanishi; ikkinchisi-ijodkorning aniqlangan haqiqat haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi, ya’ni kashfiyot (yoki umuman olganda biror yangi bilimlar) haqidagi fikrni izohlovchi axborotlarni boshqa kishilar ongiga singdirish, ularning bu fikrlarni tasavvur qilishga erishishga qaratilgan yo‘nalish. Mazkur ijodkorlik faoliyat-yo‘llarini o‘zaro qiyoslab ko‘rib, ikkinchi yo‘l birinchi yo‘lga qarama-qarshi bo‘lishi ham mumkin degan xulosaga kelinadi. Aynan ana shu vaziyat, ya’ni, o‘quvchilar texnik ijodkorligi qanday yo‘l bilan sodir bo‘ladi va ular to‘g‘risidagi axborotlar qay tarzda to‘planib bayon qilinadi degan muammo haqidagi masalalarni to‘g‘ri hal qilish, o‘quvchilar texnika ijodkorligida tafakkur harakati umumiy nazariyasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Aytish mumkinki, o‘quvchi ijodkorlik ishi bilan shug‘ullanishi jarayonida birinchi yo‘l ya’ni alohidalikdan, maxsuslik va undan umumiylikka o‘tish (oddiy referat yozishdan boshlab uni diplom ishi yoki ixtiro, ishlab chiqarishda qo‘llashga tavsiyanoma, ishlanma va xakazolar bilan yakunlashgacha) muhim hisoblanadi va u o‘quvchilarning har xil ilmiy fikrlash turlarini, ishining yakunida ba’zi ma’lumotlarning keraksizligi uchun, ularni tashlab yuborishi kabi murakkab vaziyatlarni boshidan kechirishi bilan psixologik jihatdan asoslanganganligi tufayli o‘zining o‘z amalda isbotini topib kelmoqda. Ijodiy tafakkur harakatining falsafiy asoslariga ko‘ra ilmiy fikrlashalohidalikdan maxsuslikka va undan umumiylik tomon haqiqatni bilish sari harakatlanadi. Aynan mana shu sxema mantiqning predmetini tashkil qiladi. Bu mantiq predmeti, haqiqatni bilish yo‘lidagi adashishlar, unga borishning egribugri yo‘llari yoki to‘g‘ri yo‘ldan borishi, mumkinligi, shuningdek undagi «fikriy to‘siqlar» va undan o‘tishga ko‘maklashuvchi «ko‘prik» (zinapoya) larga e’tiborni qaratmaydi, yoki boshqacha aytganda yuqoridagi ilmiy bilish yo‘lidagi har xil qarama-qarshiliklar uni qiziqtirmaydi.
Mantiq eng so‘ngi natijahaqiqatning sof holda bo‘lishini, ya’ni bilishga qaratilgan tafakkur harakatini tan oladi . Psixologiyada esa uning aksicha bo‘lib, ya’ni uning predmeti haqiqatni bilishga eltuvchi texnika fikrlash harakati yo‘lining egri-bugriligi va uning sababi, bu yo‘ldagi to‘siqlarning qanday paydo bo‘lishi va uni yengib o‘tishni o‘rganish, qisqa va oson yo‘llar bilan ilmiy haqiqatga erishish uning asosini tashkil qiladi . Yuqorida aytilgan mantiq va psixologiya o‘rtasidagi munosabatlar mohiyati texnik ijodkorlik masalalarini yechishda har tomonlama chuqur tahlil qilish va o‘rganishni taqozo etadi. Har qanday haqiqiy bilish, zaruriy kuzatuvlar olib borish, hisob-kitob va tajribalar qilish, faktlarga ajratish, faktlarni to‘g‘ri hisobga olish, sinflarga ajratish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish, isbotlash, xulosa chiqarish va tekshirib ko‘rishlardan iborat .



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling