Mavzu. Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o‘tkazish


Download 53 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi53 Kb.
#1441655
  1   2   3
Bog'liq
6-Maruza


Mavzu. Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o‘tkazish

Reja:
1. Amaliy darsga tayyorgarlik


2. Joriy, oraliq va jakuniy nazoratlarni o‘tkazish tartibi
3. Dars jarayonida o‘qituvchining vazifasi


Tayanch so‘zlar: amaliy mashg‘ulot, darsni rejalashtirish, joriy yo‘riqnoma, oraliq yoriqnoma, yakuniy yo‘riqnoma, o‘qituvchining vazifasi, xavfsizlik-texnikasi qoidalari.
1. Amaliy darsga tayyorgarlik
Amaliy mashg‘ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi. Amaliy mashg‘ulot mehnat ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv poligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Texnologiya ta’limi tizimining xususiyati shuki, nazariya va amaliyot bir biridan alohida, ya’ni nazariy ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliy mashg‘ulotlar ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta’minlanishi kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi ish o‘rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta‘lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv-didaktik vositalar tayyorlash. Barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgarishlar bo‘lmasligiga harakat qilish kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir. Texnologiya fani o‘qituvchisining amaliy darsga tayyorgarligi O‘qituvchi navbatdagi mavzu bo‘yicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarish protsessida o‘quvchilar mehnatini rejalashtirish va uyushtirish shuningdek mehnat jarayonini borishini kuzatish, unga tuzatishlar kiritish hamda ro‘y beradigan xatolarni bartaraf qilishga jalb etiladi. O‘quvchilarni aqliy faoliyatida amaliy darslarda ishtirok etish alohida ahamiyatga loyiqdir. O‘quvchilar ustaxonalarida amaliy darslarda hal qilinadigan texnik masalalarni ikki tipga: konstruktorlik va texnologik masalalarga ajratish mumkin. Konstruktorlik masalalarini turlarini ko‘rib chiqamiz. Texnologiya ta’limi, o‘qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv rejasini, texnologiya ta’limi va fanining o‘quv dasturini va taqvimiy mavzuli rejani o‘rganishdan boshlanadi. texnologiya ta’limi va o‘qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf o‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini qaysi mehnat turlari bo‘yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob-uskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, o‘quvchilar texnologiya dasturi talablarini to‘liq bajarish uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi. Texnologiya o‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va texnologiya ta’limi dasturidan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy mavzuli rejani va o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxatini tuzib chiqadi. Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi sifatida xizmat qiladi. O‘quvchilar foydalanishi uchun rejalashtirilgan buyumlarga texnologiya ta’limi o‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, asbob-uskunalarning, o‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, shuningdek, o‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi jihozlarningxavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigivena talablariga muvofiq kelishini tekshirib chiqadi. Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg'ulotning mazmuni va natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini tanlashi va o‘ylab chiqishi kerak. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarni tayinlash, o‘quvchilarga asbob va materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib-intizomning qat‘iy saqlanishiga, ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak. Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi. Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanish jarayonida quyidagilarni hisobga olishi zarur: Darsning maqsadi: a) darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda yangi atamalarga oid tushunchalarni shakllantirish; b) darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; d) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, o‘quv jarayonida ko‘nikma, o‘quv malakalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish; e) dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining amaliyot bilan va oldingi o‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini aniqlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini tayyorlash, qo‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash; f) darsning didaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning ketma-ketligini aniqlash; g) o‘qitish usullarining optimal variantlarni tanlash; h) darsning tuzi1ishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligini ta’minlashdan iborat.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling