Mavzu. Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o‘tkazish
Dars jarayonida o‘qituvchining vazifasi
Download 53 Kb.
|
6-Maruza
3. Dars jarayonida o‘qituvchining vazifasi
O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida texnologiya ta’limi o‘qituvchisiga ham taalluqlidir. Texnologiya ta’limida vaqtning asosiy qismini o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki, hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish; - tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; - ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash; - o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak ashg‘ulotlarini tashkil qilish: - o‘quvchilarning bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish; - o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash; - o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash; - o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizavn talablari darajasida jihozlashda qatnashish; - ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qoilash; - muntazam ravishda malakasini oshirish. Texnologiya fani o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlari. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilish bilan birga, mustahkam mehnat va kasb ko‘nikmalari va malakalarini egallagan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olishi kerak. Shu munosabat bilan o‘z sohasida yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o’z ishini egallashda yordam bera oladigan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘zining metodika, pedagogika fani, texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi eng yangi yutuqlardan xabardor bo‘libgina qolmasdan, balki ilg‘or mehnat usullarini ham bilishi zarur. Shu maqsadda mehnat ta’limi o‘qituvchisi mehnat t’‘limi va tarbiya masalalari, kasbga yo‘llash yuzasidan chiqarilgan psixologik, pedagogik va metodik adabiyot yangiliklarini, o‘z ixtisosligi bo‘yicha hozirgi zamon texnikaviy adabiyotini, ishlab chiqarish ilg‘orlari, ixtirochilarning tajribasini o‘rganadi, mehnat mashg‘ulotlarining metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. 4. Xavfsizlik texnikasi qoidalari Texnologiya ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo’ladi. Ular ta‘lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi. O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me‘yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-160 S, yoz davrida esa 200 S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’yektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o’rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi. Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo’llari belgilangan me’yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigiyenik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak. Nazorat uchun savollar: 1. Texnologik ta’limda amaliy mashg‘ulotlar qanday tarzda tshkil qilinadi? 2. Joriy, oraliq va jakuniy yo‘riqnomalarning o‘tkazilish tartibini tushuntiring. 3. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining darsga tayyorgarlik bosqichlarini ayting. 4. O‘quv ustaxonasida qanday xavfsizlik-texnikasi qoidalariga amal qilish zarur Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling