Mavzu. Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o‘tkazish


Joriy, oraliq va jakuniy yo‘riqnomalarni o‘tkazish tartibi


Download 53 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi53 Kb.
#1441655
1   2   3
Bog'liq
6-Maruza

2. Joriy, oraliq va jakuniy yo‘riqnomalarni o‘tkazish tartibi
Yo‘llanma - mehnat faoliyati usullarini tushuntirish va ko‘rsatish hamda mehnat faoliyatlarini to‘g‘ri va xavfsiz bajarish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratiladi. Yo‘llanma darsning qismi (elementi)dir. Yo‘llanma (instruktaj)ga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi: Yo‘llanma jarayonida ta’limning har xil metodlaridan foydalanish. Yo‘llanma mazmunini o‘qituvchi asoslashi. Agar o‘qituvchining o‘quvchilar oldiga qo‘ygan topshirig‘i ularga tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchilar uni bajarish shartini ko‘pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar. Shuning uchun o‘qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak. Yo‘llanmaning to‘laligi va yo‘llanmani elementlarga ajratish. Mehnat topshirig‘ining qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo‘llanma butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin. Yo‘llanmada shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchi ular yordamida o‘z faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak. Kirish, joriy va yakuniy yo‘llanmalar bir-biridan farq qiladi. Yangi operatsiyani o‘rganish bo‘yicha kirish yo‘llanmasi operatsiya xarakteristikasini; mehnat usullarini me’yoriy va sekinlashtirilgan sur’atlarda bajarish qoidalarini namoyish qilishni; o‘z-o‘zini nazorat qilish belgilarini; aniq mehnat vazifasini o‘z ichiga oladi. Joriy yo‘llanma: o‘quvchilar ishini to‘xtatish - xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining ishiga e’tibor berish, undan noto‘g‘ri ishlanganligining sababini tushuntirib berishini talab qilish, shu asnoda hamma o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish, o‘qituvchining xulosasi: o‘qituvchining to‘g‘ri usullarni ko‘rsatishi, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining usullarini xotirada tiklashi, guruhga ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iboratdir. Yakuniy yo‘llanma sifatli bajarilgan va noto‘g‘ri qilingan buyumlarni namoyish qilishni, o‘quvchilar ishining umumiy xarakteristikasini, o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar tahlilini, o‘quvchilar ishini baholashni o‘z ichiga oladi. Kirish instruktajlari ishlab chiqarish ta‘limi dasturining mavzusi, mavzuchasi yoki bo‘limini o‘rganishdan oldin beriladi. Bularning vazifasi o‘quvchilarni o‘quvishlab chiqarish ishlarini ongli ravishda eng samarali usullar bilan bajarishga tayyorlash, brak va xatolarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishiga erishishdir.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling