Mavzu: Texnologiya darslarida interfaol ta`lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali jihatlari
Download 29.81 Kb.
|
маруза 4
Mavzu: Texnologiya darslarida interfaol ta`lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali jihatlari Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya ta`lim berishning texnik vositalari yoki komp`yuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta`limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo`li orqali, yo`l va materiallarni tuzish hamda qo`llash, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash orqali ta`lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo`llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”. Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirgan, bu axborotlarni o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada kasb-hunar ta`limida innovatsion texnologiya larning boshqarish jarayonidagi o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Umumiy o`rta ta`limga oid ishlarni boshqarish quyidan yuqorigacha oldindan rejalashtirilib, ta`limining barcha sohalaridagi ish jarayoni bilan uyg`unlashib, barcha o`quv-tarbiya muassasalarining ish mazmuni belgilanadi. Boshqarish jarayonida turli innovatsion usullardan keng foydalaniladi. O`quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyanining to`g`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabalardan ko`proq mustaqillikni, ijodiy va irodaviy sifatlarini shakllanishini, o`tkazilgan mashg`ulotlar esa yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishga imkon yaratib, ularning mustaqil fikrlashlarini talab etadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon, hamda o`qituvchi va talaba o`rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o`zgartishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi, chunki ta`limda boshqaruv rolini o`qituvchi bajaradi. Hozirgi zamon darsiga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo`lishidir, ya`ni darsdan ko`zlangan maqsad hamda o`quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o`tiladigan mavzu bilan bog`lash o`kuvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma- ketligini aniklash, darsda kerak bo`ladigan jihozlarni belgilash va ko`rgazmali qurollar bilan boyitish, qo`shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir. Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan biri -ta`lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog`lab olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan yana biri-barcha didaktik vazifalar darsning o`zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o`quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo`lishi kerak. Dars davomida o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O`tilgan har bir darsning o`quvchilar bilan birga tahlil kilib borilishi ham yaxshi natija beradi. Eng asosiysi o`quvchi dars o`tishi innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofik bo`ladi [1]. Interfaol ta`lim texnologiyalarini amalga oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: individual, juftlik, guruh va jamoa bilan ishlash. O`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim texnologiyalari yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin. Eng muhimi, interfaol ta`lim texnologiyalarini qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonidagi aniq maqsadga erishish yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi [2]. Shuningdek, o`quvchilarni muayyan bilimlar sohasini egallashga yo`naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali ularning bilim va ko`nikmalarini xolis baholash imkonini beradi. Shu bois interfaol ta`lim texnologiyalaridan o`qitish jarayonida qo`llash natijasida [3-30]: ▪ o`quvchilarda bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishni uyg`otadi; ▪ ta`lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag`batlantiradi; ▪ har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi; ▪ o`quv materialining samarali o`zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi; ▪ talabalarga ko`p tomonlama ta`sir ko`rsatadi; ▪ talabalarda o`rganilayotgan mavzular bo`yicha fikr hamda munosabatni uyg`otadi; ▪ o`quvchilarda hayotiy zarur ko`nikma, malakalarni shakllantiradi; ▪ o`quvchilarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o`zgartirilishini ta`minlaydi. Shu o`rinda texnologiya fani o`quv mashg`ulotlarini interfaol usullardan foydalanib o`qitish o`quvchilarning kasbiy, ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Texnologiya darslarida “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda o`quvchilarning diqqatini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan ularda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O`quvchilar o`z fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o`quvchilarda turli g`oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi. «Aqliy hujum» metodi o`qituvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. O`quvchilarning boshlang`ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog`lash maqsad qilib qo`yilganda - yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi. 3. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda - mavzudan so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. «Aqliy hujum» metodi qo`llanilganda quyidagi bosqichlar, uzviy bog`langan holda - ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ya`ni, «Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi ✓ o`quvchilarga mavzuga oid savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so`raladi; ✓ o`quvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi; ✓ o`quvchilarning fikr-g`oyalari (audio va video ko`rnishida yozib olish, rangli qog`ozlarga yoki doskaga ) to`planadi; ✓ fikr-g`oyalar ma`lum belgilar bo`yicha guruhlanadi; ✓ Yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi. Mashg`ulotlar davomida o`quvchilar bilan ishlashda o`ziga xos qulaylik va avfzalliklarga ega. Jumladan, “Aqliy hujum” metodini qo`llash jarayonida natijalar baholanmasligi o`quvchilarning turli fikr-g`oyalarni erkin bayon etishiga olib keladi hamda ularning barchasi ishtirok etadi. Shuningdek, o`quvchilarning fikr va g`oyalar vizuallashtirilib, boshlang`ich bilimlarini tekshirib ko`rish imkoniyati mavjud bo`ladi va o`quvchilarda mavzuga bo`lgan qiziqishlarni shakllantirish uyg`otish mumkin. “Aqliy hujum” metodini qo`llashning avfzalliklari bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Chunonchi, o`qituvchi tomonidan savolni to`g`ri qo`yilmaslik holati, baholash mezonlarining yo`qligi va talabalar fikrini yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi va boshqa sabablar bo`lishi mumkin. Rolli o`yinlar. O`kitishning bu usulida o`kuvchilar amaliy mashg`ulotlarni «real xayot» holatlarini kayta jonlantiradilar. Bu ularga o`z amaliy ish faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko`rish va tekshirish imkonini beradi. Qo`llanilishi: - Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko`rsatishda; - o`quvchilarni nazariyani amaliyotda qo`llab ko`rishga o`rgatishda; - o`quvchilar faolligini yanada oshirishda. Afzalligi: - «real xayot» ning qayta tiklanishi; - o`quvchilarning mashg`ulotlarga chuqurrok jalb kilinishi; - o`quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko`rish imkonini berish. Texnologiya darslarida turli boshqotirmalardan foydalanish. O`qituvchi tomonidan doskaga boshqotirma jadvali chiziladi va qatorlar raqamlanadi. Qatordagi so`zlarni topish uchun savollar tuziladi. Javoblar jadvalning bo`yiga va eniga ko`ra yozilishi aytiladi. Savollar bilan o`quvchilarga murojaat qilinadi. O`quvchi javoblarni doskaga yozadi. Dars davomida o`quvchilarga turli ko`rinishdagi boshqotirmalar tayyorlashni vazifa qilib berish mumkin. Bu darsni ham musobaqa shaklida tashkil qilish mumkin. Test so`rovi usulidan foydalanish. O`qituvchi o`quvchilarga ikki xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bir hil variantdagi o`quvchilarni joylashuvi va munosabatlari dars davomida e`tiborga olinadi. Testlarni echishda o`quvchilarni nazorat qilishni ikkita a`lochi o`quvchiga topshiriladi. O`z-o`zini nazorat qilish orqali test savollari echiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar ikki o`quvchi tomonidan o`qib beriladi. O`quvchilar esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o`z-o`zini boshqarish va natijalarini baholash qismiga 10-15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilarni 100% baholashga erishiladi. Debatlar usuli. O`z nuktai nazarini asoslashda sinfdagi barcha o`kuvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta`minlovchi ukitish uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tankidiy tafakkurni rivojlantiradi. Ukuvchi uz nuktai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o`qituvchi sinfni ikki guruhga bo`lgan holda munozarani atayin avj oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuktai-nazarlarni aytadi, bahsli topshiriklar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo`ladi. Qo`llanilishi: - bahsda o`kuvchilarning faol ishtiroki ta`minlanganda; - muammoni hal kilishda mohirlikka o`rgatishda; - fikrni anik va qisqa ifodalashga imkon berilganda. Afzalligi: - o`quvchilarni bahslashishga o`rgatadi; - munozara madaniyatiga o`rgatadi; - asoslab berish malakasini oshiradi. Demak, yuqoridagilarni tajribada qo`llab, o`rganib, o`quvchilarning ko`nikma, malaka me`yorini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Nimani o`qidim? (o`qiganda) 10 % 2. Nimani eshitdim? (eshitganda) 20 % 3. Nimani ko`rdim? (ko`rganda) 30 % 4. Nimani eshitdim va ko`rdim? 50 % 5. Muhokama, bahs-munozara. 70 % 6. Shaxsan o`zim bajardim. 80 % 7. Ustoz bilan birga bajardim. 90 % Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion usullarni ko`llab dars o`tilganda sinfda, o`zlashtirmaydigan o`quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o`quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga kizikishlari ortadi. O`quvchilarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o`rganishlariga imkon yaratiladi. Shunga ko`ra interfaol o`qitish “ta`lim jarayonining asosiy ishtirokchilari o`qituvchi, o`quvchi va o`quvchilar guruhi o`rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg`in bahs-munozalar, o`zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o`quv materiallarini o`zlashtirishda o`quvchilarning o`zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o`qituvchi - o`quvchi - o`quvchilar guruhi”ning o`zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo`llab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo`lishlari, ruxiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. O`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim yordamida o`quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat, o`z-o`zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tankidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tolipov U.D., Usmonboeva M. (2003). Pedagogik texnologiya asoslari. “Maktab va hayot” jurnaliga ilova. - Toshkent: UzPFITI, - 32 b. 2. Stupina S.B. (2009). Texnologii interaktivnogo obucheniya v vыsshey shkole. Uchebno-metod. posobie. - Saratov: Izdatel`skiy tsentr “Nauka”, - 52 s. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 365 Download 29.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling