Mavzu: texnologiya fanining maktabdagi fanlar tizimida o'rnini aniqlash dars ishlanma tayyorlash. Reja
Download 39.01 Kb.
|
TEXNOLOGIYA FANINING MAKTABDAGI FANLAR TIZIMIDA O\'RNINI ANIQLASH DARS ISHLANMA TAYYORLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Servis xizmati yo’nalishi
Texnologiya va dizayn. Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar turli materiallar (yog’och, metall, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar: ularni rejalash, arralash, teshish, yo’nish, pardozlash ishlari va ularda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizasiyalashtirilgan jihozlar, mashinashunoslik elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, elektronika, avtomatlashtirish, texnologik xaritalar, ularni tuzish, elektrotexnika ishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to’g’risida nazariy bilimlarga ega bo’ladilar. Metall va metallmas buyumlar bilash ishlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli asboblar bilan ishlash, amaliy ko’nikmalarni, texnologik xaritalar bilan ishlash, ro’zg’orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarishni o’rganish bo’yicha asosiy tushuncha, texnikaviy andozalar (shablonlar) hamda boshqa turdagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar.
Servis xizmati yo’nalishi. Ushbu yo’nalish bo’yicha quyidagilarga ega bo’lish talab etiladi: - oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish oshpazchilik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayotidagi roli, xususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish me’yorlari va tartibi; taomlar turlari, milliy taomlar, oshxonalarning jihozlanishi, oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena talablari hamda mehnat xavfsizligi qoidalari; - tikuvchilik asoslari, gazlamalarga ishlov berish, kiyimlar turlari va ahamiyati, bichish-tikish, to’qish, buyumlarni ta’mirlash, dizaynerlik ishlari, tikuv mashinalari, yigiruv-tikuv mashinalarining turlari, umumiy tuzilishi va ishlashi; - uy-ro’zg’or yuritish asoslari, uy-ro’zg’or jihozlari kabi qismlardan iborat bo’lib, quyidagi nazariy bilimlarni o’rgatishni nazarda tutadi: oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida keng tarkalgan kasblar, ularning tavsiflari, oila jamg’armasi hamda ularni sarflash, qizlar bolalar gigiyenasi. O’quvchilar quyidagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar: oziq-ovqat mahsulotlarini yig’ish, tashish, saqlash hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish; turli uy-ro’zg’or asboblarini ishlatish; turli taomlar tayyorlash; zamonaviy maishiy uy ro’zg’or texnika vositalarini ishlatish; kiyimlarni bichish, tikish, tuzatish, ta’mirlash. Download 39.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling