Mavzu: tezkorlik va uning turlarini rivojlantirish
BOB. Tezkorlik qobilyatining turlari va reaksiyasi
Download 269.27 Kb.
|
TEZKORLIK QOBILIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Старт пистолети
BOB. Tezkorlik qobilyatining turlari va reaksiyasi.Tezkorlik klassifikatsiyasi jadval Старт пистолети овози, стартёр овози, байроқ ёки бошқа сигналга реакция Футболдаги, волейболдаг и, қўл тўпидаги зарбалар Сузиш, гимнастика машқлари, жиҳозлардаг и комбинация лар ва Юриш, югуриш, эшкак эшиш, велосипед педалини тез Organizmning kuch va boshqa harakat sifatlaridan unumli foydalanish uchun bajarayotgan mashqlarni kuch talab qiluvchimi, tezlik va boshqa harakat sifatini rivojlantiruvchi ekanligini farqlashning ahamiyati katta. Tezlik harakat sifati esa mushaklarimizning o‘zaro muvofiq ravishda harakatlanishi, mushak tolalariga kelayotgan buyruqni bajarish uchun uni tez qisqara olish tezligi, qisqarish uchun “buyruq”, “signalni” bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘idagi marka zlardan yetib kelishi va uning mushak tolalariga ko‘chish tezligi bilan bog‘liq. Qisqa masofalarga yugurish, vaqt birligi ichida harakatlarimizni tez takrorlash, harakatlarni bajarishda tezlik namoyon qilish, tashqi muhit, iqlim, mashq qilish shug‘ullanuvchidan nazariy bilim va amaliy malakalar haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Odatda, maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakat-larda ikki xil fazasi farqlanadi: tezlikni oshira boshlash (tezlanish, olish) fazasi; tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish). Tezlikni oshira boshlash qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati – tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog‘liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib, masofada tez yugura olmaslik yoki uning aksicha ham bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lishiga qaramay, harakat chastotasi sekin yoki past bo‘lishi ham kuzatiladi. Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmaslik holatiga amalda guvohimiz. Yugurish tezligi harakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog‘liq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishi yuguruvchining qadamini, uning oyog‘ining uzunligiga hamda oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga bog‘liq. Shuning uchun harakat reaksiyasi vaqt davomida o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilib bo‘lmaydi. Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chishi”(perenos) qoidada kuzatilmagan. Ko‘chish mashqlarining bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqinligi, o‘xshashligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan. Lekin individning mashqlanganligi (shug‘ullanganligi) qanchalar yuqori bo‘lsa, ko‘chish shunchalik past darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan (N.G.Ozolin, 1949; V.M.Zatsiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati xaqida so‘z ketganda, qayd qilingan sifatni tarbiyalash haqida emas, insonning harakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim. Yakka harakat tezkorligi haqida so‘z ketganda, uni chegaralab harakat aktini biomexanik bo‘laklarga (qismlarga) ajratib, alohida tavsiflashga to‘g‘ri keladi. Masalan, depsinish tezligini aniqlashda, shug‘ullanuvchining sonini (tizzasini) tez ko‘tarib tushira olishiga qarab aniqlaymiz. Ayrim mashqlar, sport turlarida (masalan: uloqti rishlarda) harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bo‘lishi bilan qo‘shilib, umumiylashib tezkorlikning kompleksli xususiyati - keskin harakat(rezkost) vujudga keladi. Shuning uchun “tezkorlik – kuch”ini talab qiladigan sport turlari bilan shug‘ul lanishda harakat tezligini rivojlantirish uchun tashqi qarshiligi yuqori bo‘lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Faqat tezlik bilan bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin. Tadqiqotlar tezlikni rivojlantirishda kuch talab qiladigan mashqlardan foydalanish orqaligina muskul qo‘zg‘alishi tezligining oshishirilishi mumkinligini isbotlamoqda. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda sodda hal qilinadi. Kuchni rivojlantirish harakatlarni tez bajarish sharoitida ham o‘tishi mumkin. Lekin faqat dinamik zo‘riqish uslubidan foydalanib maksimal kuch bilan zo‘riqish hara-katni to‘la amplitudada, eng yuqori tezlikda, shug‘ullanuvchi uchun me’yo ridan oz vazminlikdagi jismoniy yuk bilan mashq qilinishi lozim. Siklik harakatlar tezligi harakat chastotasi orqali namoyon bo‘ladi. Qo‘llarning maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori, oyoq, qo‘l bo‘g‘inlarining harakati chastotasi tananing boshqa a’zolari va boshqa bo‘laklaridan yuqori darajada bo‘lishi qonuniyatdir. Harakat chastotasini o‘lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint masofasidagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlar sonini, qadamlar chastotasini sanash orqali aniqlanadi. Siklli harakatlar tezligini rivojlantirish, maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasi-ning boshlarida tor yo‘nalishdagi faqat tezlik bilan bajariladigan mashqlar bilan tezlikni rivojlantirishni mashq qilish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu uslubni qo‘llash orqali erishilgan natija sprintda 1-1,5 sekundgagina yaxshilanganligi kuzatilgan xolos. Umumjismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun mashg‘ulot-larni boshida organizmda charchash alomatlari sezilmay turib tor yo‘nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish mashqlarini qo‘llash ijobiy natija berishi amalda isbotlangan. Yuqorida qayd qilinganlar qoida bo‘lib, faqat unga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo‘nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar “tezlik to‘sig‘i”ning (skorostnoy bar’erni) paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mukin. Tezlik to‘sig‘i shaklla- nadigan tezlikka organizmda yuzaga keladigan refleks bo‘lib, mashqni bajarish boshlangandan so‘ng yuguruvchi faqat oldin erishilgan tezlikni namoyon qilish bilan cheklanadi. O‘tkazi- ladigan trenirovkalar naf bermaydi, tezlikning stabillashuvi sodir bo‘ladi. Harakat tezligini rivojlantirish uchun hozirgi kun amaliyotida harakat chastotasini oshirishni mashq qilish, uni ko‘p marotabalab takrorlash, sonini oshirib borish va o‘zgaruvchan tezlikda mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarning samaradorligi tanlangan masofaga bog‘liq. Masofa shunday tanlanishi lozimki mashqlanuvchining takroriy urinish laridagi tezligi (boshlang‘ich tezlik) trenirovkaning oxiridagi urinishlarda ham pasaymasligi va o‘sha tezlikda masofa bosib o‘tilishi mashq qilinishi lozim. Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharo itda o‘tadi, shuning uchun dam olish intervali urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o‘rnatilishi) lozim. Ularning oralig‘ini yengil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to‘ldirish zarur. Emotsionallik va qo‘zg‘alishning yuqori darajasi tezkor-lik imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Bunda o‘yin va musobaqa metodlaridan(jismoniy tarbiya metodlari mavzusida tanishamiz) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shug‘ullanish jarayonida charchash holati ko‘zga tashlansa, mashqlanish maksimal tezkorlikni emas, “tezkorlik chidam- liligi”ning rivojlanishi tomon yuz tutishini unitmasligimiz lozim. Shug‘ullanuvchining yoshini ma’lum davrlari va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoni yatlariga ta’sir o‘tkazadi. Bu sifatni rivojlantirish uchun qizlarda 11-12, o‘g‘il bolalarda esa 12-13 yosh qulay hisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda, o‘zgartirmay takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning to‘sig‘ini” vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yozdik. Kichik maktab yoshidagilarda harakatli o‘yinlar, o‘rta va katta maktab yoshidagilarda sport o‘yinlari orqali yoki standart yugurish masofa tanlab, uni bosib o‘tishni mashq qilish mashg‘ulotlaridan foydalanish ahamiyatliroqdir. Download 269.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling