Mavzu: tezkorlik va uning turlarini rivojlantirish


Download 269.27 Kb.
bet5/10
Sana31.01.2023
Hajmi269.27 Kb.
#1145107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEZKORLIK QOBILIYATI

Musobaqa metodi

Ushbu metod turli xil mashg’ulot bellashuvlari (estafetalar, gandikaplar – tenglashtiruvchi musobaqalar) va final musobaqalar shaklida qo’llaniladi. Ushbu metodning samaradorligi juda ham yuqori bo’ladi, chunki, har xil tayyorgarlikka ega bo’lgan sportchilarga bir-birlari bilan teng, ko’tarinki kayfiyat va maksimal
irodaviy tirishishlar tarzda bellashish imkonini beradi.

O’yin metodi

Ushbu metod turli-tuman mashqlarni maksimal imkondagi tezlik orqali, harakatli va sport o’yinlari sharoitida bajarishni ko’zda tutadi. Bunday tashqari mashqlar ko’tarinki kayfiyatda, ortiqcha zo’riqishsiz bajariladi. Bundan tashqari ushbu metod harakatlarning keng turdagi variativligini ta’minlab, ”tezkorlik
to’sig’i”ning paydo bo’lishi oldini oladi.

Sodda reaktsiya “ko’chish” (o’tish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-birholatda signalga tez reaktsiya qilsa, boshqalarigahamhuddi shunga o’xshagan sharoitda tez reaktsiya qilishi mumkin. Qiyin reaktsiyalar xususiyligi
bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaktsiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reaktsiya qiladi, deyishimiz noto’g’ri bo’ladi. Harakat tezligi reaktsiyasini sekundlar va millisekundlar bilan o’lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reaktsiyasi tezlik talab qiladigan turli harakatlarni bajarish davomida rivojlanaveradi. Bunda harakat reaktsiyasini “ko’chish” i (tezlikning ko’chishi) kuzatilmaydi, ya’ni tezlik reatsiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin. Harakat reaktsiyasini rivojlantirishda turli- tuman harakatli, sport o’yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida etakchisidir.


Download 269.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling